Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti



Download 256,39 Kb.
bet1/8
Sana30.06.2022
Hajmi256,39 Kb.
#718785
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5310153318297764556






О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY TARBIYA FAKULTETI
Sport faoliyati yo’nalishi
2-kurs 206- guruh talabasi
Ismoilova Muniraning
Jismoniy tarbiya va sport pedagogika fanidan
MUSTAQIL
ISHI
Topshirdi: M.Ismoilova
Qabul qildi: ____________________

Reja



  1. Sport maktabi faoliyatini tashkil etish

II. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
III.Tibbiy nazorat


  1. Sport maktabi faoliyatini tashkil etish

Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish, sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, trenerlar va mutaxassislar mehnatini ularning tarbiyalanuvchilari yuqori sport natijalarga erishganligi uchun rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasidagi sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, jamoat tashkilotlari va sport federatsiyalarining respublikaning har bir tumanida (shahrida) tegishli moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan, sport turlari bo‘yicha yuqori malakali trenerlar va mutaxassislar bilan butlangan kamida bitta sport maktabi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash haqidagi takliflari ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi quyidagilarni ta’minlasinlar:
2010-yil 1-noyabrgacha, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabdan tashqari barcha tipdagi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va tegishli trener kadrlar bilan butlanganligini xatlovdan o‘tkazish;
sportchilar tayyorlashni yanada samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida 2010-yil 1-dekabrgacha sport obyektlari va maktablarini qayta tashkil etish yo‘li bilan sport maktablari tarmog‘ini maqbullashtirish va faoliyatini tartibga solish;
sport maktablarini sport bo‘yicha tayyorgarlikning zamonaviy metodikalari va texnologiyalarini egallagan malakali trener kadrlar va mutaxassislar bilan bosqichma-bosqich butlash.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi 2010-yil 15-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni;
sport maktablari, birinchi navbatda, zarur moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lmagan qishloq tumanlaridagi sport maktablari uchun sport obyektlari va inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni keyingi yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining manzilli dasturlariga kiritishga doir takliflarni kiritsinlar.
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Nizom 2011-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda sport maktablarining namunaviy shtatlarini hamda Sport maktablarining o‘quvchi-sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
sport-ta’lim muassasalari xodimlarining malaka tavsiflarini va ularga qo‘yiladigan lavozim talablarini, shuningdek Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
sport-ta’lim muassasalarida sportchilar tayyorlash o‘quv dasturlarining namunaviy rejasini tasdiqlasinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari va o‘quv yurtlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 19-fevraldagi 65-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
2. Sport maktablari asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini tashkil etishga, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligi mutaxassislari o‘rtasida kasbiy tajribani almashishga yo‘naltirilgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi.
3. Sport maktablari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi.
4. Sport maktablari yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga, o‘z nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.
5. Sport maktablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil qilinadi.
6. Sport maktabi davlat muassasasi hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
7. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat sport maktabining muassislari bo‘lishi mumkin.
8. Sport maktabi quyidagi turlarda tashkil etilishi mumkin:
bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
oliy mahorat sport maktabi;
oliy sport mahorati maktabi;
Respublika oliy sport mahorati maktabi.
9. Davlat sport maktablarining ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilmagan boshqa turlarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Sport maktabi ham sportning faqat bitta turini, ham sportning bir necha har xil turlarini rivojlantirish uchun tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sport maktabida sport turlari bo‘yicha bo‘limlar soni uning muassisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
12. Sport maktablarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Sport maktabida o‘quvchi-sportchilar tayyorlash sifati yuzasidan davlat nazorati belgilangan tartibda attestatsiya o‘tkazish yo‘li bilan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)


Download 256,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish