Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet10/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik

Mavzu bo`yicha kataloglar. Davlat arxivlarida sistematik kataloglar 60yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzu buyicha kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy davlat arxivlarida - shahar, viloyat arxivlarida sistematik kataloglar tuzish imkoni bulmaganligi sababli mavzu buyicha kataloglar asosiy ma`lumotnomalardan biri hisoblanadi. Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bulinadi. Ular uz navbatida yana mayda bulaklarga bulinadi. Masalan, Turkiston generalgubernatorligida milliy ozodlik harakati mavzusi buyicha katalogda quyidagi mavzular bulishi mumkin: 1876 yilgi Pulatxon kuzg`oloni, 1898 yilgi Andijon quzgoloni, 1916 yilgi xalq quzg`oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda bulaklarga bulinishi mumkin.
Xronologik katalog. Bunday katalog turkumi tarxi davrlar, asrlar, yillar kabi bulaklarga bulinadi. Masalan, MDAda saqlanaetgan vaqfnomalar uchun xronologik katalog tuzilsa,. u asrlar buyicha bulishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Har bir asr katalogning bulimi hisoblanadi. Bulimlar bulinmalarga ellik, utgiz, yigirma, un yilliklarga bulinadi. Masalan, XVIII asr: 17011710, 17111720, 17211730, 17311740 va hokazo.
Alfavit buyicha tuziladigan kataloglar
Ismlar katalogi. Ismlar katalogida bulimlar familiyalardan iboratdir. Bulimlar ichida bulinmalar u eki bu shaxs faoliyatining u eki bu qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xujaev: Davlat faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati; kitoblar; broshyuralar; maholalar; ma`ruzalar; xatlar; u haqidagi maqolalar.
Bulimlarda familiyalar alfavit buyicha joylashtiriladi. Bulinmalar va bulinmaning bulakchalari alfavitlar buyicha emas, sistematik mantiqiy ravishda birin ketin joylashtiriladi.
Geografik katalogning turkum tarxi alfavit tartibida joylashgan geografik va topografik nomlardan: viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, daryolar, kullar, suv omborlari va boshqalardan iborat. Viloyatlar, shaharlar nomlari bulimlar hisoblanadi va alfavit buyicha joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahri quyidagi bulimlarga bulinada: tarixi, aholisining soni va tarkibi, oliy uquv yurtlari, texnikumlar, makgablar, sanoat korxonalari va hokazo,
Hozir barcha yirik davlat arxivlarida sistematik, ismlar, geografik kataloglar mavjud. Bu ma`lumotnomalar tadqiqotchiga u shplaetgan mavzu buyicha kerakli arxiv hujjatlarini tezda topish va foydalanish imkonini beradi.
Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayon qilish usuli
Arxivlardagi kataloglar tizimida ularning jamg`armalaridagi barcha ma`lumotlar uz aksini topishi kerak.Jamg`armalarni kataloglashtirishda birinchi navbatda muhim va kup foydalaniladigan jamg`armalar tanlab olinadi. Masalan, davlat hokimiyati va boshqarish idoralari (O`zSSR XKS, Oliy Sovet Prezidiumi) jamg`armalari, iqtisodiet, madaniyat sohasidagi vdora va tashkilotlar hujjatlari muhim jamg`armalar qatoriga kiradi. Davlat arxivlarida kataloglashtiriladigan jamg`armalar ruyxati tuziladi va rejalashtiriladi.
Kataloglashtirish uchun tanlab olingan jamg`arma materiallari urganilib, kerakli yig`ma jildlar tanlab olinadi; Dastlab ruyxatlardan idoraning, tashkilotning asosiy faoliyatini erituvchi bulimlari tanlab olinadi. Tashkilotning erdamchi, xujalik sohalari bulimlari buyicha jildlar olinmaydi.
Jamg`arma yig`ma jildlar tanlab olingandan keyin bu jildlar sinchiklab uqib, urganib chiqiladi. Hujjatlardagi eng muhim axborotlar, faktlar, voqealar, hodisalar umumlashtirilib, kartochkada baen qilinadi. Bunda hujjatlardagi ma`lumotlarning ahamiyatiga qarab har xil usullar qullaniladi. Varaqaga bir hujjat, bir yig`ma jild eki bir guruh yig`ma jildlar baen qilinishi mumkin. Masalan, Turkiston ASSR XKS qarorlarining har biri alohida baen qilinadi. Muhim arxiv jamg`armalari hujjatlarining kup qismi qimmatli, ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi. Bunday hujjatlarning har biri alohida baen qilinadi. Mayda idoralar jamgarmalarini kataloglashtirish hujjatlar buyicha emas, balki yig`ma jildlar guruhlapggirilgan jildlar buyicha baen qilinadi.
5.SHunday qilib, kataloglar arxivning ilmiy ma`lumotnoma apparati tarkibiga kiruvchi muhim ma`lumotnomadir. Ular tarixchi tadqiqotchilar ishlaetgan mavzu buyicha arxivdan kerakli hujjatlarni qisqa fursatda topishga erdamlashadi.
Arxiv hujjatlarining sharxlari
Arxiv sharhlari bu ayrim hujjatlar majmuasi tarkibi va mazmuni tug`risidagi tartibli axborotlarni uz ichiga olgan ma`lumotnomalardir. SHarhlar arxiv hujjatlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida bu hujjatlar haqida manfaatdor tashkilotlarni, ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tuziladi.
SHarhlar odatda ikki xil buladi: arxiv jamg`armalarining sharhlari va mavzular buyicha sharxdar.
Jamg`armalar sharhlari - bu sharh bitta jamg`armaning hujjatlari tarkibi va mazmuni, ulardagi muhim mavzu, masalalar tug`risida ketmaket va atroflicha axborot bergan arxiv ma`lumotnomasidir.
Mavzu buyicha sharhlar - bitta mavzuga oid bir necha jamg`armalarda saqlanaetgan hujjatlar tarkibi va mazmuni tug`risida axborot beruvchi arxiv ma`lumotnomalaridir.
SHarhlar muhim ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bulgan, dolzarbligi bilan boshqalardan ajralib turadigan arxiv hujjatlariga tuziladi. U eki bu arxiv jamg`armasiga sharh tuzishda jamg`armani tashkil qilgan idoraning, tashkilotning ahamiyati, davlat idoralari tizimida tutgan mavqei,. uning hujjatlarining dolzarbligi hisobga olinadi. SHarhlarni yirik va hujjatlari kam urganilgan jamg`armalarga nisbatan tuzish maqsadga muvofiqdir.
Bitta mavzuga oid bitta arxivda saqlanaetgan bir necha jamg`armalargagina emas, respublikaning barcha davlat arxivlarida saqlanaetgan hujjatlarga sharh tuzilsa, ayni muddao buladi.
SHarhlarni tuzish ham har xil buladi. SHarhlar jamg`armani tashkil qilgan tashkilot tuzilishi, bulimlari bo`yicha, tarmoqlar bo`yicha, mavzu buyicha va boshqa turkum tarxlar buyicha bulishy mumkin. Masalan, tarmoqlar buyicha guruxlash tarxi sharh uchun tanlangan bulsa, u quyidagicha buladi: 1) sanoat; 2) qishloq xujaligi; 3) madaniyat; 4) san`at; 5) sog`liqni saqlash; 6) savdo; 7) shahar eki tuman xo`jaliga va hokazo. Har bir bulim ichida sharh materialyaari masalalar buyicha joylashtiriladi.
SHarhlarda hujjatlarni bayon qilish usuli katalog, ruyxat va boshqa ma`lumotnomalarnikiga uxshash buladi. Hujjatlarning baeni dastlab kartochkalarga ezilib, jamg`arma eki bir necha jamgarmalar urganilib bulingandan keyin kartochkalar sharh tarxi buyicha guruhlashtiriladi, tahrir qilinib, sharh matni eziladi.
Hujjatlar haqidagi ma`lumotlar ezilaetganda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: hujjatlarning turlari kursatilishi, ularning mazmuni ochib berilishi, yillari, asl nusxa eki kuchirma ekanligi kursatilishi kerak. Muhim masalalar, voqealar, hodisalar, babn qilingan shu dalillarga doir hujjatlar, yigma jildlar soni kursatib utilsa, urinli buladi. SHuningdek, u eki bu masala bo`yicha hujjatlar tula eki kam saqlanganligini ham,aytib o`tish mumkin.
SHarh tuzishdagi yana bir muhim qoida shuki, baen etilaetgan hujjatlarning manzili, arxiv shifri kursatib boriladi. Jamg`arma sharhi bulsa, sharh matnida ruyxat va yigma jild tartib raqami qavs ichida ezib quyiladi. Mavzu buyicha sharhda bir necha jamg`armalardagi hujjatlar baen etilaetgan bulsa, jamgarma, ruyxat, yig`ma jild tartib raqamlari kursatiladi. Bu ma`lumotlar bulmasa, sharh qadrsizlanadi. Tadqiqotchi sharhda baen etilgan hujjatlarni topa olmaydi. Hujjatlar shifrlari aniq, xatosiz bulishi kerak.
Davlat arxivlari buyicha kursatkichlar
Davlat arxivlarining ilmiy axborot faoliyatida kursatkichlar (putevoditellar) muhim ahamiyat kasb etadi. Kursatkichlar - arxiv jamgarmalari tug`risida muntazam tartibda axborot beruvchi arxiv ma`lumotnomasidir. Tadqiqotchilar kursatkichga arxivda u eki bu jamg`armaning bor yuqligani aniqlash uchun murojaat qilishadi.
Kursatkichlar asosan ikki xil buladi. Birinchisida arxivdagi muhim jamg`armalarning barchasi ma`lum tartibda joylashtirilib, har biriga ta`rif beriladi. Ikkinchisi Davlat arxivining jamg`armalari buyicha qisqa ma`lumotnoma deb ataladi va bunda ham jamg`armalar ma`lum tartibda joylashtirilib, muhim jamg`armalarga qisqa ma`lumot eziladi. Boshqa jamg`armalarga qisqa ma`lumot ham ezilmay, ularning faqat ruyxati beriladi. Birinchi tur kursatkichlar respublikamiz markaziy davlat arxivlarida, ikkinchi turi viloyat arxivlarvda tuziladi.
Kursatkichlar odatda ishlab chiqarish tarmoq tarxi buyicha tuziladi. Bu jamg`armalar ta`riflari davlat faoliyati, xalq xujaligi, fan, madaniyat tarmoqlari buyicha guruhlapggiriladi. Masalan, O`zSSR MDAning sovet davri bulimi jamg`armalari buyicha ko`rsatkich tarxi quyidagi bulimlardan iborat:

  1. Turkiston ulkasida Muvaqqat hukumat tashkilotlari jamg`armalari.

  2. Oliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari jamgarmalari.

  3. Adliya va sud idoralari jamg`armalari.

  1. Xalq xo`jaligi tashkilotlari, korxonalar jamg`armalari.

  2. Madaniyat va turmush sohasidagi tashkilotlarjamg`armalari va hokazo.

SHuningdek, UzSSR Markaziy davlat tarix arxivi kursatkichi va viloyat. davlat arxivlari bo`yicha qisqacha ma`lumotnomalar ham tarmoqlar tarxi asosida tuzilgan.
Jamg`armalarga ta`rif berish, hujjatlarni baen qilish usuli jamg`armalar materiallari tarkibi va mazmuniga, ularning ahamiyatiga bog`liqdir. Muhim jamg`armalarning har biriga alohida ta`rif beriladi. Turdosh jamg`armalarning har bir guruhiga bitta ta`rif eziladi.
Arxiv jamg`armasining ta`rifi quyidagi qismlardan iborat:
1) arxiv jamg`armasining nomi; . 2) jamg`arma haqida ma`lumotlar;

  1. jamg`arma va jamg`armani tashkil qilgan idora
    tugrisida qisqacha tarixiy ma`lumot;

  2. arxiv jamgarmasi hujjatlarining annotatsiya
    si;

  1. bibliografik ma`lumot.

Kursatkichda jamg`armaning tula va qisqa nomi beriladi. Masalan, UzSSR Xalq Komissarlari Soveti (O`zSSR XKS). Jamg`arma haqida ma`lumotlar qismidan jamg`arma tartib raqami, uning hajmi, hujjatlarning boshlangan va tugagan sanasi, jamg`armaga oid ma`lumotnomalar haqida axborot ruyxatlar (opis’, sharh, kataloglar va boshqalar) kursatiladi.
Jamg`armani tashkil qilgan tashkilot va jamg`arma va jamgarma haqida qisqa tarixiy ma`lumotda o`sha tashkilot tarixi, asosiy faoliyati va jamg`arma
ning tarixi baen etiladi.
Jamg`arma tarxining muxim qismi jamg`arma hujjatlarining muxtasar baenidir. Bunda jamgarma hujjatlari juda qisqa shaklda, shu bilan birga jamg`arma mazmunining etarli darajada to`la aks ettirilishi talab qilinadi.
Jamg`arma ta`rifining so`nggi elemengi bibliografik ma`lumot hisoblanadi. Bunda jamg`arma va jamg`armani tashkil qilgan tashkilot to`g`risidagi adabietlar, jamg`arma hujjatlari e`lon qilingan to`plamlar ko`rsatiladi.
Kursatkichda arxivda saqlanaetgan barcha jamg`armalar haqida ma`lumot berilishi kerak. Lekin hamma jamg`armalarga ta`rif ezilishi shart emas. Kursatkich oxirida ta`rifi tuzilmagan jamg`armalar ruyxati beriladi. Bu ruyxatda jamg`armaning nomi bilan birga tartib raqami, yig`ma jildlar soni, jamg`arma hujjatlari boshlangan va tugagan yillar kursatiladi.
Arxiv jamg`armalari bo`yicha qisqacha ma`lumotnoma ham kursatkich tuzish qoidalari asosida tayerlanadi. Faqat bu ma`lumotnomada jamg`armalar haqidagi ma`lumotlar tula bulmaydi. Masalan, jamgarma hujjatlarining mazmuni ochib berilmaydi. Ayrim muhim jamgarmalargagina tula ta`rif beriladi. qisqa ma`lumotnomaning maqsadi asosan arxiv jamg`armalari tarkibini kursatishdir.
Kursatkich va sharhlarda ham boshqa ma`lumotnomalardagidek ilmiy ma`lumotnoma apparati buladi. Ular asosan kirish, qisqartiriltan suzlar ruyxati, ismlar, geografik predmet va boshqa ko`rsatkichlar, izohlar, atamalar lug`ati, bibliografik ma`lumotdan iboratdir.
Arxiv ma`lumotnomalarini nashrga tayerlash
Arxiv ma`lumotnomalarini z’lon qilishdan asosiy maqsad O`zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlari tug`risida keng ilmiy axborotni tashkil qilishdir. Bu vazifani amalga oshirish uchun arxivlar kursatkichlar, ruyxatlar, sharhlar, kataloglar va boshqa ma`lumotnomalarni nashr etadi. Ma`lumotnomalarni e`lon qilish tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik diqqatini DAJ hujjatlariga jalb qiladi va ulardan foydalanishning kengayishiga yordamlashadi.
YUqorida ko`rib o`tganimizdek, arxivda ma`lumotnomalar kup va xilmaxildir. Ularning hammasini nashr qilish imkoni yuq. SHuning uchun ularning eng muhimlari chop etiladi. Birinchi navbatda arxiv hujjatlari haqida umumiy ma`lumotnomalar ko`rsatkich va arxiv jamg`armalari bo`yicha qisqacha ma`lumotnomalar e`lon qilinadi. Keyin imkoniyat bo`lsa, muhim va keng foydalaniladigan jamg`armalar ro`yxatlari nashr qilinishi, sharhlar, kataloglar chiqarilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
E`lon qilinadigan arxiv ma`lumotnomasining tuzilishi, tarxi ilmiy asoslangan, babn qilish usullarining bir xil bulishi talab etiladi.
Nashr etilaetgan ma`lumotlarga qushimcha talablar qo`yiladi. Ular suratlar bilan bezatilgan, ilovalar bilan ta`minlangan va tahrir qilingan bo`lishi kerak.



Tayanch so`z va atamalar


1.Katalog.
2.So`zboshi.
3.Sistematik kataloglar.
4.Mantiqiy kataloglar.
5.Indekslashtirish.
6.Yo`lko`rsatkich.

Nazorat savollari


1.Katalogning vazifasi nimadan iborat?
2.So`zboshi qanday vazifani bajaradi?
3.Ruyxat nima maqsadda tuzilidi?
4.Arxiv shifri nima?

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
6.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
7.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish