jadval
Bevosita va portfel’ investitsiyalar o'rtasidagi farqlar
Belgilar
|
Bevosita investitsiyalar
|
Portfel’ investitsiyalar
|
Kapital chiqarishdan asosiy maqsad
|
Xorijiy firma ustidan nazorat urnatish
|
YUkori foyda olish
|
Maqsadga erishish yullari
|
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish
|
Xorijiy qimmatbaxo qog'ozlarini sotib olish
|
Maqsadga erishish usullari
|
xorijiy firmaga tulik egalik kilish
aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVJ nizomiga binoan kompaniya aktsioner kapitalining 25%dan kam bulmasligi kerak)
|
Xorijiy firma aktsioner kapitalining 25%dan (AKSH, YAponiya, Germaniyada 10%dan) kamini sotib olish
|
Daromad shakllari
|
Tadbirkorlik faoliyati foydasi, dividendlar
|
Dividendlar, foizlar
|
Manba: Akopova E.S., Voronkova O.N. i dr. Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya. Rostov-na-Donu: «Feniks», 2000.- S. 278 (416 s).
mavzu. GLOBALLASHUV HAMDA IQTISODIY INTEGRATSIYALLASHUVNING
KUCHAYIB BORISHIDA INVESTITSIYA JARAYONLARI
Reja:
Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o'rni.
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini
tayyorlash va amalga oshirish.
O'zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.
Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi.
O'zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O'zbekistonda xorijiy investorlarni jalb kilish uchun barcha ishlar qilib bo'lindi, degani emas. endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki strategik investorlar ko'p miqdordagi mablag'larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o'z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yunaltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina quyilgan mablag'lar saqlanishiga va barkaror foyda olishga muljal kilsa buladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
MDX davlatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo buldi. SHuni aytish kerakki xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni bulsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDX) davlatlari uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini qabul kilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb karash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi, uni olga siljituvchi kuch.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma'lumki, xar qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chukur iqtisodiy islohatlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Globallashuv jarayoniga qo'shilish bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo'lish, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o'zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsiya faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi xam unga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
SHuningdek, globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnika tarakkiyotining tezlashishi, rakobatning kuchayishi va boshka bir kator omillar xam xosdir.
«CHet el investitsiyalari» tug'risida O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel’ Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun xujjatlarida taqiqlangan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday
о
daromad O'zbekiston respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi». Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AKSHda chop etilgan tashqi savdo lug'atining 2- nashrida kuyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar - bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»4 5
Bizningcha chet el investitsiyalari - chet mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy (nau-xau) ko'rinishidagi muddatli qo'yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bulishi mumkin: qo'shma korxonalarni tashkil qilishda o'z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to'la tegishli bo'lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog'ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Ma'lumki xorijiy investitsiyalar iqtisodiy rivojlanish garovi. Xorijiy investitsiyalar iqtisodni xarakatga keltiruvchi kuch. endi yuqoridagi savollarga Prezident I.A.Karimov ta'biri bilan javob berganda «...kecha faqat xom ashyo maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O'zbekiston bugun dunyo xaritasida o'zining munosib o'rnini egallashga, boshqa taraqqiy topgan mamlakatlar avvalombor, AQSH, G'arbdagi demokratik davlatlar, sharqdagti YAponiya, Koreya, Malayziya yoki shunga o'xshash davlatlarga teng bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yar ekan, bunda birinchi galdagi chet el sarmoyalari, chet el investitsiyasi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davlatlarning tarixi shuni ko'rsatadiki, agar bu xorijiy malakatlarga sarmoya kelmasa, investitsiya kelmasa, hech qachon bu davlatlar bugungi rivojlanish darajasiga ko'tarila olmas edi».
O'zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yunaltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. O'zbekiston jahon xamjamiyati oldida uzining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dune xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zahirasi, xukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshkalar bilan muxim rol uynaydi.
2007 yil davomidv iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalar umumiy xajmi 23 foizga ortdi va 4,3 millard dollardan ziyod miqdordagi mablag'ni tashkil etdi. Bu esa o'tgan yillar mobaynida erishilgan eng yuqori ko'rsatkichdir.SHunisi diqqatga sazovorki, jami investitsiyalarning 70 foizdan ortig'i ishlab chiqarish ob'ektlari qurilishiga, jumladan salakam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yunaltirildi.O'zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar xajmi 58 foizga ortib, bir millard dollarni tashkil etgan bulsa, ularning 76 foizi tugridan-tugri kiritilgan investitsiyalar ekanini ta'kidlash lozim.
Hozirgi kunda respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar xissasiga tugri kelmokda va ularning eksport xajmidagi ulushi utgan yili 60 foizni tashkil etdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan xamkorligimiz faol rivojlanmokda. Ta'lim, sog'likni saqlash, qishloq va suv xo'jaligi hamda moliyaviy resurslarni boshqarish sohalarida strategik loyihalarni amalga oshirish uchun o'tgan yili qariyib 330 million dollar mikdorida imtiyozli kreditlar va 46 million dollarlik grantlar jalb etildi.Investitsiya va sarmoyalar haqida gap borganda, bir muhim masalaga aloxida tuxtalib utishni zarur.Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan jixozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya kilish xorijiy sarmoyalarni jalb kilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat kursatish soxasi va kasanachilikni rivojlantirish nechoglik katta, xal kiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot kilib berishga xojat yuk. Bu avvalambor, axolii bandligi, uning ish xaki va daromadini oshirish, bu oxir-okibatda respublikamiz hududlari, jaxar va tumanlarimizdagi eng muxim ijtimoiy muamolarni echish demakdir.6
Bu esa uz navbatida xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun kulay investstsion muxit barpo etish shartlarining ayrimlarini uz ichiga oladi.Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar xisoblanib, jahon bozori bilan uzaro yakin va tulik bog'liqlikda buladi.SHu nuktai-nazardan u kupgina iqtisodiy jarayonlarni uzida kamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar bozor munosabatlariga utayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy kayta qurish sur'atlarini tezlashtirish imkonini beradi. eng muhim yunalish sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni o'z ichiga olgan investitsiya faoliyatining jadallashuvi bugungi kunda o'tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ayni muddao. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy - iqtisodiy islohatlarga bog'liq.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarishda zamonaviy raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boriladi. Bu esa o'z navbatida yangi ish o'rinlarining ochilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarining hal bo'lishiga olib keladi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o'rni, salmog'i mazkur davlatdagi investitsion muxitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko'p jixatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishining xususiyatlari bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |