CHeklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat.
Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy-texnik loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo'lmaydi.
YAngilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan ozgartirish va yangiliklar kiritishga yo'naltirilgan strategiya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo'lgan biznes bilan shug'ullanuvchi firmalarni kpincha «ilk qaldirg'ochlar» deb atashadi.
Differentsiatsiya nish — kompaniyalarning bozorda egallagan o rinlarini ajratib (chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar bitta o'rinni egallamaslikka harakat qiladilar. Ularning har biri raqobatchilar tovarlaridan bir oz farq qiluvchi tovarlar ishlab chiqaradi va bozorda o'z segmentini egallaydi. Nima sababdan xaridor aynan shu mahsulotni tanlab oladiq Bunda u qaysi mezonlarga amal qiladiq Uni malum bir tovar yoki xizmatni tanlashga qanday qilib ko'ndirish mumkinq
SHu va shu kabi savollar har bir firmaning tijorat faoliyatida asosiy rol’ o'ynaydi. Butun bozor iqtisodiyoti uchun esa bu savollar ushbu mamlakatda qaysi tovarlar ishlab chiqariladi degan savol bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bu savollarning javoblari raqobatbardoshlik tushunchasi bilan bog'liq.
Xalqaro marketing kontseptsiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayoni bir qator ketma- ket bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Xalqaro marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni:
Dastlabki bosqich - dastlabki malumotlarni to plash va muhim bo lishi kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustivorlarini tanlab olish uchun taxminiy tahlilni amalga oshirish.
1-2-bosqich - Har bir ustivor mamlakat uchun to liq (to'laroq) ma lumotlarni yig'ish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda korxonalarning har bir ustivor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash.
3-4-bosqich - korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar, bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish.
6-bosqich - muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo'yicha baholash. Har bir ustivor mamlakat bo'yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati bo'yicha umuiy strategiyani optimallashtirish.
7-8-bosqich - marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va qabul qilishdan so'ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish.
bosqich - kontseptsiyani aniqlash va unga o'zgartirish kiritish.
Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo'nalganlik, marketing faoliyati va boshqa tudagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo'naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |