Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Qo'qon  xonligida  qo'shin



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana30.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#94727
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Qo'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Qo'qon  xonligida  qo'shin.  Xonlik  qo'shinining asosiy  qis- 

mini otliq askarlar tashkil etgan. Bundan tashqari, piyoda askarlar 

bo'linmasi  mavjud  bo'lgan.  Vaqt  o'tishi  bilan  Qo'qon  xonligida 

miltiq,  ayniqsa,  to’plar  asosiy  o'rin  tuta  boshlagan.  Qo'qon 

xonligida  to'plar  XIX  asrning  30-yillarida  ham  mavjud  bo'lgan 

bo'lsa-da,  to'pchilar  bo'linmasi  ilk  marotaba  Xudoyorxonning 

birinchi  hukmronligi  yillarida  rasmiy  jihatdan  tashkil  topgan 

(1845).  To'p  va  to'pchilar,  odatda,  chegara  punktlaridagi 

qal'alarda  saqlangan.  Qo'shindagi  muhim  bo'linmalardan  biri 

merganlar bo'lib, unga jangchilar tanlov asosida yig'ib olingan.

Qo'qon  xonligida  harbiy  safarbarlikka  barcha  yaroqli 

erkaklar  jalb  qilingan.  Qaysi  hududdan  qancha  askar  safarbar 

qilinishi hukumat tomonidan belgilab qo'yilgan edi. Ushbu qoida 

muntazam  qo'shinga  ham  daxldor  bo'lgan.  Shuni  ta'kidlash

-

2 5

-



lozimki,  askarlikka,  ya'ni,  muntazam  qo'shin  tarkibiga,  XIX  asr 

rus  sayyohlari  va  zobitlari  qayd  etganidek,  fuqarolar  orasidan 

saralab  olingan.  Qo'qon  xonligida  muntazam  qo'shin  tarkibiga 

xizmatga  olish  ayrim  vaziyatlarda  merosiy bo'lib,  harbiy  xizmat 

qilish  otadan  o'g'ilga  o'tganligini  ko'rish  mumkin.  Agar  sarboz 

jang  vaqtida  halok  bo'lsa,  qurol-yarog'i  va  o'm i  uning  o'g'liga, 

agar o'g'li bo'lmasa, yaqin qarindoshlariga berilgan.

Xonlikdagi  harbiy  mansab  va  unvonlar  uch  toifaga  bo'lin-

gan:

1.  Oliy  darajadagi  mansablarga:  mingboshi,  amirilashkar, 



qushbegi,  botirboshi,  vali  (noib),  qal'abon,  qo'rboshi,  yovar, 

to'pchiboshi, to'qsoba, ponsodboshi kirgan.

2.  O'rta  darajali  harbiy  mansab  va  unvonlarga  yuzboshi, 

ellikboshi, dahboshi, qorovulbegi kiritilgan.

3.  Quyi  darajadagi  harbiy  mansab  va  unvonlarga  askar, 

sarboz, navkar, mergan, mahram, botur, jazoilchi, to'pchi, qo'rchi, 

qorovullar kiritilgan.

Harbiy mansab va unvonga tayinlanishda aksariyat hollarda 

tabaqa  va  millat  muhim  rol  o'ynamagan.  Eng  yuqori  harbiy 

mansab  mingboshi  -   ming  nafar  askaming  boshlig'i  bo'lgan 



(ma'muriy jihatdan ming nafar askar bera oladigan mulk hokimi). 

Qo'qon  xonligida  mingboshi  lavozimi  Olimxon  davrida  joriy 

qilingan bo'lib, xondan keyingi asosiy shaxs bo'lgan.  U oliy bosh 

qo'mondon  vazifasini  ham  bajarib,  harbiy  yurishlarda  unga 

amirilashkar  unvoni  berilgan.  Keyingi  mansab  qushbegi  -   vilo- 

yatlar  harbiy  kuchlariga  bosh  bo'lib  shu  hudud  muhofazasi  ham 

unga topshirilgan. Qo'qon xonligida ulaming soni 4 ta bo'lgan.

Botirboshi  besh  yuz  nafardan  ko'p  dasta  yoki  to'pga  bosh- 

chilik qilgan,  viloyatdagi  harbiy qo'shin ishlariga mas'ul bo'lgan. 

Xonlikda  noib  mansabi  ham  bo'lib,  poytaxtda  artilleriyaga javob 

bergan. U harakatdagi qo'shinning to'plari, ulaming saqlanishi va 

manzilga  yetkazilishiga  ma'sul  bo'lgan.  Qutvol  mansabidagi 

shaxs qal'abon bo'lib (komendant), qal'aga javobgar bo'lgan. Xon 

tomonidan  tayinlangan  qal'abonlaming  qo'lida  harbiy muhandis- 

sarxang  kabi  bir  necha  lavozimlar  bo'lgan.  Qo'rboshi  xonlik 

qo'shinidagi  qurol-aslaha  ishlab  chiqarish,  saqlash  va  kerakli

-  


2 6

-



joyga  yetkazish  ishlariga  ma'sul  bo'lgan.  Qurol-aslaha  ombori 

boshligi jibachi deb atalgan.

Qo'qon  xonligida  eng  muhim  harbiy  mansablardan  biri 

yovar  bo'lib,  u  xon  va  uning  oilasi  xavfsizligini  ta'minlovchi 

soqchilar,  xon  gvardiyasi  boshlig'i  hisoblangan.  Xos  soqchilar 

chet  ellik  elchilar  xavfsizligini  ham  ta'minlaganlar.  Shuning 

uchun yovar mansabiga eng ishonchli odamlar tayinlangan. Yovar 

qo'l  ostiga  to'plangan  xos  soqchilar  tanlab  olingan.  Ularning 

aksariyati  bolalikdan  tarbiya  qilingan.  Soqchilar  Xudoyorxon 

davrida 400 tadan iborat bo'lganligi haqida ma'lumotlar bor.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish