boshlagan. Olimbek o'zi tuzgan muntazam qo'shin yordamida
toshkentliklami mag'lubiyatga uchratgan. Bu g'alaba bilan
cheklanib qolmay, Toshkent, Chimkent va Turkiston yerlari
bo'ysundirildi. Sharqiy Turkistonga hujumlar uyushtirildi. Aynan,
Olimbekning davrida Qo'qon rasman xonlik, deb e'lon qilindi.
Shunday muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Qo'qonda unga qarshi
bir necha guruhlar shakllandi. Shu muxolifatchilaming harakati
bilan xonga suiqasd uyushtirilib, o'ldirilgan.
Olimbekning o'limidan so'ng 1810-yili taxtga ukasi
Umarxon (1810-1822) kelgan. U umrining ko'p qismini qo'ldan
ketgan hududlami qayta birlashtirish bilan o'tkazdi. Chimkent va
Turkiston bo'ysundirildi. Toshkent bekligini tugatib, O'ratepa,
Samarqand va Jizzaxga qo'shin tortib bordi. Umarxon taxtga
o'tirganidan keyin akasi Olimxon davrida chet elga qochib
ketishga majbur bo'lgan ayrim shaxslar Qo'qonga qaytdilar.
Umarxon O'ratepa, Xo'jand, Toshkent kabi hududlarda davlat
yaxlitligini saqlab qolish maqsadida mahalliy feodallarga qarshi
urush olib bordi. Mamlakat ichkarisida esa obodonchilik ishlarini
olib bordi. Masalan, poytaxtga qaytgan Umarxon mamlakat poy-
taxtini obod qilish maqsadida qurilishlar boshlagan. 1818-yilda
Umarxon farmoni bilan poytaxt shaharda katta Jome' masjidi
bunyod qilingan. Bu qurilish din homiysi sifatida uning mavqeini
yanada oshirgan. Din peshvolariga homiylik qilganligi sababidan
ham Umarxon “Amir-ul-Muslimin” unvonini olgan.
Umarxonning vafotidan so'ng taxtga uning o'g'li Muham
mad Alixon
(Madalixon)
(1822-1842)
taxtga
o'tirgan.
Muhammad Alixon taxtga chiqqanida o'n besh yoshda edi. Yosh
xonga davlat ishlarini boshqarishda qaynotasi Yusuf mingboshi
yordam bergan. Madalixon otasi va bobolari kabi mamlakat
sarhadlarini kengaytirish maqsadida 1834-yili Qorategin, KoTob,
Darvoz yerlarga yurishlar qilgan. 1826-1831-yillarda Sharqiy
Turkistonda Xitoy imperatori hokimiyatiga qarshi kurashdi. Qash-
g'arda musulmonlami xitoyliklar zulmidan ozod etish uchun olib
borgan bu urushlar tufayli Madalixonga din peshvolari tomonidan
“g'ozi” unvoni berilgan. Hukmronligining so'nggi yillariga kelib
Madalixon hokimiyat ishlaridan ancha uzoqlashib, aysh-ishratga
berilib ketgan edi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega, xon-
-
1 8
-
ning yaqin maslahatchisi, mingboshi Haqqulining qatl qilinishi,
uning hokimiyatiga qarshi bo'lgan saroy ayonlariga juda qo'l
kelgan. Sarkardalar o'rtasidagi kelishmovchilik, markaziy hokimi-
yatga bo'lgan ishonchsizlik oqibatida 1842-yilda Buxoro amiri
Nasrullo Qo'qonni bosib olishga muvaffaq bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: