1842-yil 25-avgustda elchi Muhammad Halil Sag'ibzoda
G'arbiy Sibir’ general-gubematori Gorchakovga xat yozib, Q o'
qonda hokimiyat almashgan bo'Isa ham, imzolangan shartnomalar
va do'stona munosabatlar o'zgarmay qolishini ma'lum qilgan.
Elchilar Sheralixon taxtga chiqqanidan so'ng vatanlariga qaytib
kelganlar.
Sheralixon davrida ham elchilik munosabatlarini tiklash va
rivojlantirishga harakat qilingan. 1844-yil 3-iyulda Niyozmu-
hammad Ne'm at boshliq elchilar Semipalatinskka yuborilgan.
Ular ruslarga xon ilgarigi munosabatlami davom ettirish va yangi
shartnomalarni imzolash niyatida ekanligini bildirganlar.
1845-yili Xudoyorxon taxtga chiqqach, yosh bo'lganligi
uchun davlat ishlari qaynotasi Musulmonqul qo'lida bo'lib, xonlik
tashqi siyosatini ham u belgilagan. 1847-yilga kelib Rossiya
Qo'qonga qarashli yerlami egallab, harbiy maqsadlarda maxsus
qo'rg'onlar qura boshlagan. 1847-yil 28-noyabrda Mulla Abdulla
boshchiligidagi elchilar yorliq bilan Omskka kelganlar. Ularning
asosiy vazifasi savdo, iqtisodiy va chegara masalalarini hal qilish
edi. Lekin, elchilar ruslar tomonidan Sirdaryoning quyi oqimida
Rossiya tomonidan qurilgan Raim qo'rg'oni kabi istehkomlaming
qurilishiga panja ortidan qaraganlar, go'yo ular bu istehkomlar rus
fiiqarolari va savdo karvonlarini himoya qilish uchun qurilgan edi.
1853-yilda Xudoyorxon tomonidan Rossiyaga jo'natilgan
elchilarga Yo'ldoshboy Mirzajonov ismli shaxs boshchilik qilgan.
Bu paytga kelib Rossiyaning O 'rta Osiyoga nisbatan tashqi siyo-
sati yetarli darajada aniq edi. Qo'qonlik elchilaming harakatlariga
qaramasdan, ular Omskdan ortga qaytarilgan.
Har ikki davlatning o'zaro elchilik aloqalari tahlili shuni
ko'rsatadiki, Rossiya Qo'qon xonligi bilan yaxshi niyatli, teng
huquqli diplomatik munosabatda bo'lmagan. Rossiyaning asl
maqsadi, Qo'qon xonligini bosib olish edi.
Xonlikning Rossiya bilan savdo aloqalari. Qo'qon xonligi
ning Rossiya bilan savdo aloqalari ham faol edi, tashqi savdo har
ikkala davlat va savdogarlar uchun ham foydali bo'lgan. 1845-
yildan boshlab xonlikning ichki va tashqi savdosida o'sish yuz
- 52-
bergan. Y. Qosimovning ma'lumotiga ko'ra, 1833-yili Qo'-
qondan Rossiyaga chiqariladigan mollar 1888445 rublni tashkil
etgan bo'lsa, 1855-yili bu ko'rsatkich 6530083 rublni tashkil
etgan. Eksport qilinadigan mollar, asosan, paxta va kalava ip,
quruq mevalar, gazlamalar, kiyimlar bo'lgan. Asosiy eksport
mahsuloti bo'lmish paxta, Haydarbek Bobobekovning yozishicha,
1840-1850-yillar davomida 18119 rubl miqdomi tashkil etgan.
Ipak mahsulotlari miqdori 1862-yili 32831 rublni tashkil etgan
bo'lsa, 1863-yilda 10036 rubllik, 1866-yilda esa 4009 rubllik
miqdorga tushgan. Lekin, ipak xom-ashyosi chiqarish 1863-yilda
264 rubllik, 1867-yilda 20820 rubllik darajaga yetgan. Bu raqam-
lar asta-sekinlik bilan xonlikning ipak xom-ashyosi bazasiga
aylanib borishiga misoldir. Qo'qonning tashqi savdosida xon va
yirik feodallar muhim o'rin tutganlar. Misol uchun, 1809-yili
Olimxon 300 ta tuyaga mol yuklatib, Toshkentda o'z odamlari
orqali kar-von jo'natgan.
Rus sayyohlari, amaldorlari qoldirgan hujjatlardan shuni
bilish mumkinki, Rossiya Qo'qon xonligini o 'z tovarlari uchun
qulay bozor, deb hisoblagan. V. V. Velyaminov-Zemov 1854-yili
Qo'qon sanoatsiz mamlakat, uning atrofidagi xalqlar ham shu
yoki past darajada rivojlanganligini, xonlik qo'shnilari orasida eng
rivojlangan davlat Rossiya ekanligi va bu Rossiya uchun savdoda
qulaylik tug'dirishini ta'kidlagan edi.
Chemyayev ham 1865-yil 23-aprelda O 'rta Osiyo davlatlari
bilan Rossiyaning savdo aloqalari savdogarlar uchun qulay va
xatarsiz bo'lishi kerakligini ta'kidlagan. Uning fikricha, Rossiya-
dan Qo'qonga temir, mis, po'lat, cho'yan va temir buyumlar, chit
va sifatsiz gazmollar, baxmal, fayansli kosalar, kichik oynaklar va
charm olib kelingan. Rus savdogarlarining foydalari bojxona
tufayli kamaygan bo'lsa-da, Rossiyaning xonlik bilan savdo alo-
qasi miqdori oshib borgan: 1758-yildan 1855-yilgacha eksport
174000 dan 2171000 kumush rublga, import esa 37000 dan
676000 kumush rublga oshgan.
XIX asrning 40-50-yillarida O'rta Osiyo bozorida rus tovar
lari bilan, asosan, ingliz tovarlari raqobat qilgan. Rossiyadan
-
5 3
-
keltirilgan tovarlarning ko'payishi ingliz savdosini sindirgan.
Rossiyadan, ayniqsa, metall va metall qurollar, asbob-uskunalar
va bo'yoqlar ko'p keltirilgan.
Xonlikdagi, chegaradagi ayrim voqealar vaqti-vaqti bilan
savdo ishlariga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Misol, Buxoro-
Qo'qon urushining boshlanishi oqibatida 1845-yilgacha savdo
munosabatlari sustlashgan. 1850-1860-yillardagi taxt uchun ku-
rash ham shunday oqibatlami keltirib chiqargan edi. Chegarada
noqonuniy boj olish va qaroqchilaming ko'payishi ham 1860-
yillarda savdoga salbiy ta'sir ko'rsatgan. 1853-yillardan boshlab
Rossiyaning harbiy harakatlari ham savdoga yomon ta'sir etgan.
Umuman, Qo'qon xonligining Rossiya bilan savdo aloqalari
ham ijobiy, ham salbiy oqibatlar keltirib chiqargan. Qo'qonda
savdo tufayli qishloq xo'jaligining ayrim tarmoqlari yaxshi
rivojlandi, Yevropa madaniyati kirib kelgan. Lekin, shu bilan
birga xonlik asta-sekin xom-ashyo bazasiga aylana borgan, rus
sanoat korxonalarining arzon, lekin sifatli bo'lmagan buyumlari
mahalliy hunarmandchilikning ayrim tarmoqlarini sindirgan.
Tayanch iboralar: 1830-yillardagi Qo'qon- Rossiya elchilik
aloqalari, 1840-yillardagi Qo'qon-Rossiya elchilik aloqalari,
Soatbek Sultonbekov, X o'ja Mirqurbon Qosim, Muhammad Xalil
Sag'ibzoda, Qo'qon-Rossiya savdo aloqalari.
Do'stlaringiz bilan baham: