Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

Birinchisi  ikkinchisidan  ustun.  Unda  qudrat  va  hokimlik  mavjud  u  –ishonchli. 
Uning  orqasida  hyech  nima  va  hyech  kim  bo‘lmasa  ham  shunday  ko‘rinadi. 
Ikkinchisi  ruhan  kuchsiz,  o‘z  fikridan  qaytuvchan.  Birinchisi  ikkinchisining 


ruhiyatini  programmalashtiradi.  Chunki  u  o‘zining  fikrida  qat'iy.  Aslida  u 
hammaga ma'lum bo‘lgan hodisalar haqida so‘z yuritadi. Go‘yo boshqalarga ham 
xuddi  shunday  muomala  qilishga  yo‘naltiradi.  Agar  siz  o‘zingizga  ishonsangiz 
ikkinchi  odamning  fikrini  tez  o‘zgartira  olasiz.  Igsonlar  hamma  vaqt  bir-birlarini 
programmalashtiradi.  Ruhiy  jihatdan  kuchli  bo‘lgan  odam  ruhiy  jihatdan  ojiz 
bo‘lgan odamning irodasini sindiradi. 
Bu  holat  birinchi  navbatda  siyosatda  va  reklamada  aniq  ko‘rinadi.  Reklama 
ham bizga o‘ziga qattiq ishongan odamdek munosabatda bo‘ladi.  
Reklama  nafaqat  axborot  yetkazish  maydoni,  reklama  –  odamlarni  ruhiy 
programmalash manbai hamdir. Unga xuddi shunday munosabatda bo‘lish lozim. 
Uni  xuddi  shunday  tushunish  lozim.  Aks  holda  vaqti  kelib  ertami  yoki  kechmi 
reklama  odamlarni  nafaqat  iqtisodiy  sohada  boshqa  sohalarda  ham  boshqarishga 
o‘tishi mumkin. 
Axir,  oxir-oqibatda  odamlar  ma'lum  bir  mahsulotning  mavjudligini  bilish 
uchun emas, balki uni xarid qilishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi.  
Reklamani  ta'sir  ko‘rsatuvchi  vositadan  faqat  axborot  beruvchi  vositaga 
aylantirishga yo‘l qo‘ymaslik lizim.  
Fuqarolarning  fikrlashidagi  antiqalik  shundaki,  u  o‘ziga  kuchli  bosim 
o‘tkazishga intilayotgan reklamaga emas, aksincha, oddiygina axborot berish bilan 
kifoyalanib  qoladigan  reklamaga  ishonadi,  reklama  axborotini  o‘ziga  qabul 
qilishda  tanlash  imkoniyati  xayoliydir.  Ana  shunday  yaxshi  reklama,  albatta, 
xayoliy illyuziyani yaratadi. Bunday reklama kishilarni ishontiradi, ularning to‘g‘ri 
tanlash  yo‘liga  o‘tganligidan  mamnun  bo‘ladi,  bu  yakkayu-yagona  to‘g‘ri 
tanlangan yo‘l ekanligini uqtiradi.  
Xarid  qilishga  doir  o‘zini  boshqarish  iste'molchi  faoliyati  maqsadlari 
xususiyatiga  bog‘liqdir.  Reklama  axborotida  alohida  ajratib  ko‘rsatilgan 
mahsulotning  qanchalik  iste'molchi  faoliyati  maqsadlari  mazmuniga  muvofiq 
kelishi uning muvaffaqiyatiga garov bo‘ladi.  
   Agarda  mahsulot  tijorat  maqsadlarida  sotib  olinayotgan  bo‘lsa,  bunda 
nisbatan arzonroq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olishga ehtiyoj tug‘iladi. Boshqacha 
qilib aytganda bular oson va tezroq sotiladigan mollardir.  
   Reklama kompaniyalari ko‘p hollarda o‘z e'tiborini ulgurji savdo ko‘lamini 
tobora  kengaytirayotgan,  hamda  mahsulotlar  sonini  ko‘paytirayotgan,  odamlarni 
ish  bilan  band  bo‘lishini  ta'minlayotgan  tijoratchilarga  emas,  balki  aksincha 
iste'molchi  tomonidan  qanchalik  miqdorda  yakuniy  tovar  mahsulotlarini  xarid 
qilayotganiga  qaratmoqda.  Reklama  ulgurji  savdolar  uchun  faqatgina  skidka 
miqdorini  ko‘rsatish  uchun  ishlatilmoqda.  Umuman  olganda  xaridor  tomonidan 
xarid  qilish  haqidagi  qarorni  keyingi  payitlarda  ko‘plab  qabul  qilayotgani 
reklamaning iste'molchiga bevosita ta'siridan dalolat beradi.  
  - xaridor tashqi muhitiga ta'siri (xarid qilish sabablarini shakllantiradi); xarid 
qilishning ob'ektiv zarurati;  
  Ijtimoiy muhim, madaniy muhim; sub'ektiv faktorlar;  
  - xaridor ichki muhitiga ta'siri; sabablariga munosabati; xarid etish ehtiyojini 
anglash va mahsulotlar haqida ma'lumotlar olish;  


  Mahsulotga 
qiziqishning  paydo  bo‘lishi;  mahsulot  va  o‘zining 
imkoniyatlarini  baholash,  xarid  qilish  haqida  qaror  qabul  qilish;  tovar  qidirish; 
sotib olish. 
  Xarid  qilish  ob'ektiv  zaruriyati  davrida  mahsulotning  yo‘qolishi, 
narsalarning  eskirganligi  va  boshqa  shunday  hollarda  tovarni  xarid  qilish  qarori 
sub'ektiv ravishda hal qilinadi. Ushbu holatlarda ham professional ish ko‘radigan, 
davr  bilan hamohang  bo‘lgan  reklama  beruvchi  kerakli  yo‘nalishda iste'molchiga 
zaruriy va foydali bo‘lgan axborot ma'lumotlarini bera oladi. 
  Kreativ ishlar quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi: 
  -  buyurtmachining  istagi  haqida  to‘liq  ma'lumotga  ega  bo‘lish,  aniq 
tushunchaga ega bo‘lish; 
  -  uning  g‘oya  va  istaklarini  agentlikning  barcha  ijodiy  xodimlariga 
yetkazish; 
  - g‘oyalarni tadbiq etishning barcha usullarini tahlil etish
  - qo‘llasa bo‘ladigan bir yoki bir nechta qarorlarni tanlab olish; 
  -  buyurtmachini  loyiha  mazmuni  bilan  tanishtirish,  lozim  bo‘lgan  taqdirda 
uni  himoya  qilish.  Bunda  nafaqat  texnik  imkoniyatlar  haqida  tasavvurga  ega 
bo‘lish, balki ijodiy ishlanmalarni tadbiq etishga doir turli usullardan foydalanish.  
  Ijodiy  reklama  eng  muhim  hodisani  ajratib  ko‘rsatadi.  Ijodiy  guruh 
parametrlari  canoqsiz  bo‘lgan  juda  katta  tanlov  ichidan  faqat  eng  zaruri,  eng 
keraklisini tanlab oladi. Ushbu mahsulotning eng muhim bo‘lgan jihatini namoyish 
qiladi.  Bunda  yagona  bo‘lgan  element  va  g‘ayrioddiy  rakurslardan  foydalanadi. 
Bunday  faoliyatda  ikiinchi  darajali  narsalar  ikkinchi  planga  tushiriladi.  Ijodiy 
reklama tamoshabin va o‘quvchining tasavvurini boyitadi, xayolida yangi obrazlar 
yaratishga  turtki  beradi.  G‘ayri  tabiiy  ko‘rinish  yoki  matn  tamoshabinda  zo‘r 
qiziqish uyg‘otadi, e'tiborini jamlaydi.  
  Ijodiy  reklama  nostandart,  iste'molchidan  mahsulotni  “sezish”ga  undaydi. 
Radio reklama mahsulotini “ko‘rish”ga undasa, telereklama uni “ushlab ko‘rish”ga 
chorlaydi.  Ijodiy  reklama  bo‘shliqdan  juda  samarali  foydalanadi,  unda  bo‘shliq 
ham  reklamaning  yuragiga  aylanadi.  Ijodiy  guruhning  asosiy  vazifasi  reklama 
xabarini jonlashtirishdir. Sarlavha, matn, tashqi ko‘rinishlarni hisobga olgan holda 
vizual  qator  o‘ylab  topadi.  Reklama  jarayonining  rivojlanishi  har  bir  bosqichda 
quyidagi xolatlarni bosib o‘tadi:  
  - sharoitni baholash; 
   - vazifalarni aniqlash; 
  - muammolarni belgilab olish; 
  - ijodda ruhiyat elementlaridan foydalanish; 
  - g‘oyalar ishlab chiqish
  - g‘oyalarni baholash; 
  - eng yaxshi g‘oyalarni tanlash. 
  G‘ayritabiiy  tafakkurlash, predmet-hodisaga  yangicha  munosabatda bo‘lish, 
boshqalar sezmaydigan va ko‘rmaydigan narsalarni ilg‘ab olish, g‘ayritabiiy, o‘ta 
ta'sirli tushunchalar berib, tinglovchi, eshituvchi ongiga yetkazish ijodiy guruhning 
asosiy vazifasa hisoblanadi.  


  Hamma yerda hoziru-nozir reklama ijodiy xodimlariga xos bo‘lgan quyidagi 
fazilatlar ularning ijodiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. 
  - hazilga moyillik
   - jonli tasvir; 
  - insonlar va ularning hatti-harakatlariga bo‘lgan doimiy qiziqish; 
  - adabiyot, san'at, tarih musiqa, fan sohalarida keng bilimga egaligi; 
  - oddiy buyumlarda go‘zallikni ko‘ra olish; 
  - bo‘layotgan vaqyea-hodisalarga sinchkovlik bilan munosabatda bo‘lishi; 
  - boshqalarni tinglash qobiliyatiga ega bo‘lishi; 
  - atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga befarq emasligi
  - ishontira bilish qobiliyatiga ega ekanligi
  - ishga ixlos bilan yondasha olishi
  - shakl va mazmun yaxlitligini ta'minlay olishi; 
  - muhim xarakterlarni ajrata olish, keraksizlarini o‘z vaqtida olib  
 tashlashi; 
  - o‘z ishining sifatiga jon kuydirishi, ish faoliyati yaxshi yakun  
 topmaganida uni yo‘qotish faoliyatidan “o‘chirib tashlash” 
 qobiliyatiga ega bo‘lishi;  
  - o‘z g‘oyasining pishib-yetilishiga imkon topa olishi; 
  - kutilmagan ijodiy yangilik qila olishi, hamkasblarida o‘ziga  
 nisbatan hayrat hislarini uyg‘ota olishi; 
  - qat'iylik bilan ishlay olishi va h.k. 
  Ijodiy g‘oyalarni o‘ylab chiqarish faqat ayrim shaxslarga xos bo‘lgan fazilat 
emas.  Reklama  amaliyotida  ijobiy  jamoaning  roli  beqiyosdir.  Bunday  ijodiy 
kamandada ikki va undan ortiq mutaxassislar hamkorlik qiladilar. Kamdaning har 
bir  a'zosi  o‘zlarining  individual  va  jamoaviy  xususiyatlarini  to‘liq  namayon 
qilganliklaridagina  ko‘zlangan  maqsadlarga  erishadilar.  Agar  alohida  oladigan 
bo‘lsak,  individual  ijod  yoki  jamoaviy  ijod  afzami,  bu  o‘rinda  bir  nima  deyish 
qiyin.  
  Har  bir  ishda  materiallar  qarshiligi  mavjud.  Reklamada  bu  “qarshilik”  – 
buyurtmachidir.  Ko‘p  hollarda  uning  niyatlariga  qarab  ishlashga  to‘g‘ri  keladi. 
Reklamada  nima  muhim?  Marketing  yechimini  topishmi  yoki  ijodkorning  bunga 
ijodiy qarashimi. Bu o‘rinda unisi ham, bunisi ham muhim.  
  Chiroyli, ijodiy yechim bilan tayyorlangan reklamaning o‘zi bo‘lmaydi. Uni 
bir paytning o‘zida mijoz ham, iste'molchi ham qo‘llab – quvvatlashi lozim. 
 Reklama  ijodining  murakkabligi  shundaki,  bitta  mutaxassis  yoki  jamoa  bilan 
yaratilgan  reklama  klipi  nafaqat  chiroyli  va  betakror,  shu  bilan  birga  unda  noyob 
savdo  taklifi  bo‘lishi  lozim.  Reklama  beruvchi  oldida  og‘ir  vazifa  turadi. 
Birinchidan,  mahsulotni  sotish  lozim,  buning  uchun  reklama  zarur.  Ikkinchidan, 
reklama  yaratiladi,  hatto  festivallarda  mukofotlarga  sazovor  bo‘lgan.  Lekin  tovar 
sotilmayapdi.  Demak,  reklama  ta'siri  yo‘q.  Bunday  nomutanosiblik  reklamaning 
“san'at – san'at uchun” degan aqida asosida yaratilganidan darak beradi. Bu borada 
qarama-qarshi  bo‘lgan  ikki  xil  tushuncha  mavjud.  Birinchisi,  reklama  yaratish 
uchun  juda  katta  e'tibor  shart  emas.  Ikkinchisi,  reklama  materialini  har  qanday 
kishi o‘ylab topishi mumkin.  


Reklamaga kompyuterlar ham ziyon yetkazmoqda. Bu dizaynerlar ishiga putur 
yetkazmoqda.  Nima  bo‘lganda  ham  reklamada  asosiy  rolni  ijod  va  ijodkor 
bajaradi.  Chunki  reklamada  ijod  va  ijod  mahsullari:  go‘zallik,  ilhom,  his  etish, 
noziklik,  voqyealar  rivojini  oldindan  ko‘ra  bilish  xislatlari  reklama  yaratishda 
muhim  ahamiyat  kasb  etishi  kunday  ravshan.  Reklamada,  ayniqsa,  o‘z-o‘zini 
reklama  qilishda  insonga  xos  bo‘lgan  xususiyat-o‘zini  ko‘rsatish,  alohida  ajralib 
turish, o‘zini betakror shaxs sifatida bilish kabi xususiyatlar reklamaning umumiy 
mazmunida sezilib qoladi. Reklama mazmuni va uslubi tantanali, zavqli, ko‘ngilli 
ijtimoiy hayotga yo‘naltirilgan bo‘ladi.  
Marketingdagi ijod bilimdan boshlanadi. Shu jihatdan sotuvchilarga ham ko‘p 
narsa bog‘liq. Sotuvchi jamlangan obraz. U o‘z mahsulotini va xizmat turlarini a'lo 
darajada bilishi lozim. Barcha raqobatchilari hamda mijozlari unga ma'lum bo‘lishi 
lozim.  Shunga  doir  barcha  ma'lumotlar  bilan  qurollangan  reklamachi  ijod  asosini 
belgilovchi omillar bilan birga o‘zi haqiqiy reklama yaratishi mumkin.  

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish