Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 20,89 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi20,89 Kb.
#386670
Bog'liq
esse16


Namangan davlat universiteti

ijtimoiy fanlar fakulteti

101-guruh talabasi

To’xtaboyev Muxriddinning

maxsus tarix fanlaridan

tayyorlagan essesi

Esse


Arxivchilarning kasbiy komponentligiga qo’yiladigan

talablar.

Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy.

Xorijlik arxivshunos olim Craig Robertson muallifligidagi (Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011) asarning birinchi paragrafi arxiv haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi” (Craig Robertson. Media History and the Archive.– New York. Routledge, 2011.– B.8.).

Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan. Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan. “Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga

keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir qismiga aylanadi” (Craig Robertson. Media History and the Archive. – New York. Routledge, 2011.– B.8.).

Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.6-bet).

Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi. (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). – London. 2005.7-bet).

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun nima qilish kerak. Bu haqda Charlin Stidman shunday deydi:


  • berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi;

  • bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi;

  • ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina taqdim etilgan bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi. Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi.

Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib

topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi.

Xususan, ko‘pgina vazirlik va idoralardagi ish yuritish tizimiga javobgar bo‘lganlar hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi aniqlandi. Ular ish yuritishning o‘ziga xos tomonlarini shu vazifani

bajarish jarayonida shaxsiy kuzatish jarayonida o‘zlashtirib olishlari ma’lum bo‘ldi. Natijada ushbu bo‘lim xodimlarida ish yuritish madaniyati va uning asosiy tushunchalari haqidagi bilimlar bir necha yil ishlagandan so‘ng paydo bo‘lar ekan.

Hozirgi vaqtda respublikamizdagi yigirmadan ortiq kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxassisi” kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ushbu kasb bo‘yicha ta’lim olgan o‘quvchilar quyidagi ixtisosliklarni egallaydilar: arxivarius, hodimlar inspektori, ish yurituvchi-kotiba. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar umumta’lim fanlari bilan bir qatorda umumkasbiy fanlarni ham o‘rganadilar.

Kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxasisi” bo‘yicha ishchi o‘quv rejasi bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umumkasbiy va maxsus fanlar asosan 2-3 kurslarda o‘tiladi. Shu bilan birga ushbu fanlar bo‘yicha nazariy darslar kamroq, asosan amaliy darslar o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallayotgan yoshlarni bevosita amaliyotda ish olib borishga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan.

Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarini takomillashtirish, mazmunan uzviylashtirish bilan ta’lim uzluksizligini ta’minlash; o‘quv rejalaridagi turdosh fanlarni integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari ko‘lami va hajmini optimallashtirish; kasb-hunar kollejlarida vertual o‘quv-laboratoriya zamonaviy axborot kommunikatsiya, elektron-texnik va masofadan o‘qitish imkonoyatlarini kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining elektron turlarini yaratish va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun chop etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni, dizayni, matbaa sifatini yanada yaxshilash kabi vazifalar ham turibdi. Yuqori malakali arxiv mutaxassis kadrlarini tayyorlash masalalari O‘zbekiston ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda respublikada arxiv kadrlari tayyorlash tizimi yaratilgan. Bu haqida xorijlik tadqiqotchi Antonina Burton quyidagi fikrlarni keltiradi: “mustaqillik yillarida xorijdgi tadqiqotchilar ham O‘zbekistondagi nodir hujjatlarni o‘rganish va tadqiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, O‘zbekistonda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, ilk chet ellik tarixchilarga, sovet davridan keyingi davrni ko‘zdan kechirish, o‘sha paytdagi ruhiyatni o‘rganish vazifasi qo‘yilgan. Mustamlaka davrdan keyingi yangicha nazariyalar bilan tanishib chiqqan g‘arb tarixchilari Markaziy Osiyoga dunyo miqyosidagi imperial tizim sifatida qaray boshlashdi va mustamlakachilik siyosati mahalliy madaniyat hamda jamiyat hayotida kuchli bosim ostida kiritilganini ochib tashlashdi. Bir necha o‘n yillar davomida berkitib qo‘yilgan arxivlarda ishlash juda quvonchli edi. Ammo, shu bilan birgalikda ularni qayta yopib qo‘yishdan qo‘rquv hissi bo‘lgan tarixchilar uchun u yerda ishlash ko‘plab imtiyozlarni yaratdi. Shuningdek, arxiv hujjatlari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb o‘zgarishlar sharoitida mamlakatning mavjut holatini yoritishdan ko‘ra oldingi tuzum ruhiyatini ochishni nazarda tutardi”



Kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxasisi” bo‘yicha ishchi o‘quv rejasi bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umumkasbiy va maxsus fanlar asosan 2-3 kurslarda o‘tiladi. Shu bilan birga ushbu fanlar bo‘yicha nazariy darslar kamroq, asosan amaliy darslar o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallayotgan yoshlarni bevosita amaliyotda ish olib borishga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan.


Download 20,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish