1035-yili Xurosonda vaziyat keskinlashdi. Saljuqiy o’g’uzlarga qarshi Ma’sudning o’zi saralangan qo’shin bilan yurish boshladi. Lekin o’g’uzlarning qo’li baland keldi. Ma’sud ularga Niso, Farova va Dehistonni berishga majbur bo’ldi. Yuqoridagi hududlar ham saljuqiylarni qoniqtira olmadi, ko’p o’tmay Marvni talab qilishdi. Bunga javoban Ma’sud ularga qarshi qo’shin jo’natdi. Bu safar ham G’aznaviylar qo’shini tor-mor bo’ldi, shundan so’ng Saljuqiylar Nishopurni jangsiz egallashdi va o’sha yerda To’g’rulbek nomiga xutba o’qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |