Etti yoshga to’lmagan bolalar uchun axborotlarga (0+) quyidagilar kiradi:
bolalarning sog’lig’i va rivojlanishiga zarar yetkazmaydigan;
janri va syujeti ezgulik yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi hamda zo’ravonlik qurboniga nisbatan rahm-shafqat ifoda etilgan axborotlar.
Etti yoshga to’lgan bolalar uchun (7+) axborotlarga quyidagilar kiradi:
etti yoshga to’lmagan bolalar uchyn axborot (“0+”);
odam kasalliklari va ular oqibatlarining inson qadr-qimmatini kamsitmaydigan shakldagi naturalistik bo’lmagan axborot;
baxtsiz hodisa, avariya, falokat yoxud kuch ishatilmagan o’limning bolalarda qo’rquv, vahima yoki sarosima uyg’otishi mumkin bo’lgan oqibatlari namoyish etilmagan, naturalistik bo’lmagan axborot;
jamiyatga qarshi xatti-harakatlar va jinoyat sodir etishga undamaydigan jinoyatlarning epizodik tasviri yoki bayonini o’z ichiga olgan axborot maxsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |