Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassalarida bo‘lajak kimyo ta’lim yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlashda organik kimyo fanini o‘qitishning metodik asosini yanada mukammallashtirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
organik kimyo fanini o’qitishda talabalarning o’quv bilish faoliyatini rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlari tashkiliy-strukturaviy komponentlar praksiologik, abstraktsialash, topshiriqlar va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda audiovizual aloqalarga ustuvorlik berish asosida divergen tafakkurni rivojlantishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
o’quv bilish faoliyatini rivojlantirish modeli: motevetsion, kognetiv, faoliyatli, mazmunli, rivojlantiruvchi va refleksiv farazlarni kiritish asosida qat’iy tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
organik kimyo fanini o’qitishda o’quv bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasi umumpedagogik va inovatsion axborot texnalogiyalarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
organik kimyo fanini o‘qitishda talabalarning o’quv bilish faoliyatini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti tajriba-sinovdan o’tkazilgan hamda aniqlovchi mezonlarni belgilashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Talabalarning organik kimyo fanini o‘zlashtirishiga oid muammoli vaziyatdagi topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan hamda metodik tayyorgarligining shakliy, ta’limiy, uslubiy, tahliliy vositalari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarning organik kimyo faniga doir uslubiy tayyorgarligini o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirishga ijobiy va kuchli ta’sir qiluvchi multimediali elektron axborot resurslari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining dasturiy guvohnomasi, DGU 11342, 2021 y.);
organik kimyo fanini nazariy hamda amaliy bilimlarni mustahkamlash shuningdek, har bitta organik sintezlarni amalga oshirishdan oldin har bir regentning kvant-kimyoviy hisoblashlar natijasini bilish orqali olib borilayotgan sintezning natijasini (reaksiya unumi, sifat va miqdor tarkibini, hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlarni) oldindan asosli va aniq bashorat qilish imkonini bera oladigan mazkur fanning “Geterosiklik birikmalar” bobi misolida elektron dastur ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining dasturiy guvohnomasi, DGU 14382, 2022 y.);
talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirishda muhim amaliy vosita bo‘lib xizmat qiladigan va buni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha “Organik kimyodan lug‘at” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i / 500/t-034-son nashr ruxsatnomasi) nomli lug‘at chop qilingan;
kimyo fanini o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, organik kimyo fani o‘qitishning inovatsion texnologiyalari, talabalarning o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish va amaliyotga joriy qilishda “Kimyo o‘qitish metodikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i / 500-048-son nashr ruxsatnomasi) nomli darslik nashr qilingan;
organik kimyoning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini hamda bioorganik kimyoning asosini ko‘rastib beruvchi shuningdek, ta’lim jarayoniga joriy qilinishi uchun “Bioorganik kimyo” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i / 166-733-son guvohnoma) nomli elektron darslik yaratilgan;
organik kimyo fanini o‘qitishni zamonaviy axborot texnologiyalardan, EHM dasturlaridan unumli foydalanishni o‘zida aks etirib, ta’limda inovatsion texnalogiyalar yordamida yondashilgan holda joriy etilgan “Organik kimyo” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i / 233-0150-son guvohnoma) nomli elektron darslik yaratilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy matn 129 sahifani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |