qon tomirlarining tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan
arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi, bilakda, ikkiga shoxlangan joyda,
45
Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to'g'ri
keladi. Bir yoshli bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80
ta, 16 yoshda kattalarning pulsiga tenglashadi.
Odam hayajonlanganda, jismoniy ish bajarganda, yugurganda puls soni
minutiga 180-200 martaga ko'payadi.
Qon bosimi. Qon bosimi qonning tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim
kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ikki xil arterial va vena bosimiga bo'linadi.
Odatda yurak-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni
o'ochash yo'li bilan aniqlanadi.
Arterial bosim ikki xil: maksimal va minimal bo'ladi. Maksimal bosim
yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya
tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo'ladi. U sistolik bosim
bosim ham deyiladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda
aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi.
U diastolik bosim ham deyiladi.
Arterial bosim yelka arteriyasida o'lchanadi. Katta yoshdagi sog'lom odamda
tinch holatda maksimal bosim 110-120 mm. Minimal bosim 70-80 mm simob
ustuniga teng. Yosh bolalarda qon bosimi kattalarnikiga nisbatan anchagina past
bo'ladi.
Odamda arterial qon bosimning normaga nisbatan ortishi gipertoniya,
pasayishi gipotoniya deb ataladi.
Yangi tug'ilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65mm, minimal bosim 50
mm bo'ladi. bir yosh oxirida 90-105 mm, bo`ladi.
O'g'il va qiz bolalarning qon bosimi 5 yoshgacha bir xil bo'ladi. 5 yoshdan 9
yoshgacha o'g'il bolalarda simob ustunida 1-5 mm, ya'ni qizlarnikiga nisbatan
yuqori bo'ladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha qizlarda 1-5 mm bo'ladi. Jinsiy balog'at
yoshida o'g'il bolalarda qon bosimi biroz ko'tariladi. Bolaning yoshi ortishi bilan
qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak massasi va
hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi,
biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa o'g'il bolalarda yurak sistolik hajmining
yuqori bo'lishi bilan izohlanadi.
Qon bolalarda kattalarga nisbatan tomirlarda ancha tez oqadi. Yangi
tug'ilgan bolada qon organizmdan 12 sekundda 3 yoshda 15 sekundda katta
odamda esa 22 sekundda aylanib chiqadi. Bolalarda qonning aylanib chiqishi
uchun kam vaqt sarflanishiga sabab shuki, ularning qon tomirlari kalta bo'ladi,
yuragi tez ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: