Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyati havfsizligi kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/122
Sana20.09.2021
Hajmi0,59 Mb.
#179634
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Bog'liq
yosh fiziologiya va gigiyenasi

 

6-MAVZU 

YURAK – QON TOMIR SISTEMASINING YOSHGA XOS 

XUSUSIYATLARI 

 

1.  Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. 



2.  Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. 

3.  Yurakning sistolik va minutlik hajmi. 

4.  Qon aylanishining umumiy sxemasi. 

5.  Limfa sistemasi. 

6.  Yurak-qon tomir sistemasining boshqarilishi va yoshga xos hususiyatlari. 

Qon  aylanish  sistemasi  va  qon  aylanish  sistemasining  ahamiyati.  Qon 

aylanish  sistemasiga  yurak,  arteriya,  vena  va  kapillyar  hamda  limfa  tomirlari 

kiradi.  



 

43 


Yurakning  tuzilishi,  yoshga  xos  xususiyatlari.  Yosh  bolalarning  yuragi 

o`lchami,  hajmi,  shakli,  joylashishi  bilan  kattalar  yuragidan  farq  qiladi.  Bolaning 

birinchi  yoshida  yurakning  bo`lmacha  va  qorinchalari  bir  tеkis  o`smaydi.  2 

yoshdan boshlab bir tеkis o`sadi, 10 yoshdan kеyin yurak bo`lmachalari o`sishdan 

orqada qoladi. Balog`atga еtish davrida yurak yana tеz o`sadi. 

Yurak ko`krak qafasi ichida to`sh suyagi orqasida ikkala o`pkaning o`rtasida 

joylashgan  bo`lib,  qon  aylanish  sistеmasining  markaziy  qismi  hisoblanib, 

muskullardan  tashkil  topgan  kovak  organ.  Yangi  tug`ilgan  bolalalarda  yurakning 

vazni  20-23  g,  4  yoshda  30  g,  5  yoshda  100  g,  10  yoshda  165-185  g,  15  yoshda 

250  g,  katta  yoshdagi  erkaklarda  220-300  g,  ayollarda  esa  180-220  g,  bo`ladi.  1 

yoshda  yurakning  vazni  yangi  tug'ilgan  chaqaloqnikiga  nisbatan  ikki  marta,  3 

yoshda  3  marta,  5  yoshda  4  marta,  10  yoshda    6  marta,  16  yoshda  11  ortadi.  Bu 

ortish asosan chap qorincha devorining qalinlashuvi hisobiga bo'ladi. 

Bolaning yoshi ortishi bilan yurakning hajmi ham ortib boradi: 1 yoshning 

oxirida  yurakning  hajmi  42  sm

3

,  7  yoshda  90  sm



3

,  14  yoshda  130  sm

3

,  katta 



odamda 280 sm

3

 ni tashkil etadi. 



Yurak  devori  3  qavatdan:  ichki-endokard, o'rta-muskulli,  ya'ni  miokard  va 

tashqi  perikarddan  iborat.  Yurak  4  kameradan  tashkil  topgan  bo'lib,  o'ng  va  chap 

bo'lmalar  hamda  o'ng  va  chap  qorinchalardan  iborat.  Yurakda  4  ta  klapan  bo'lib, 

chap  bo'lma  bilan  chap  qorincha  o'rtasida  2  tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha  bilan 

o'ng  qorincha o'rtasida  3  tavaqali klapan,  char  qorincha  bilan aorta  o'rtasida, o'ng 

qorincha  bilan  o'pka  arteriyasi  o'rtasida  yarim  oysimon  klapanlar  joylashgan 

bo'ladi. Ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi. Yurak kameralari orqali 1 

minutda katta odamda 5 litr qon o'tadi.  

Yurakning  asosiy  ishi  nasos  singari  vena  qon  tomirlaridagi  qonni  so'rib, 

arteriya qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va 

qorinchalarining  devorlaridagi  muskullarning  ritmik  ravishda  qisqarishi  va 

kengayishi  orqali  amalga  oshadi. Bo'lmacha  va  qorinchalarning  qisqarishi  sistola, 

kengayishi  diastola  deyiladi.  Yurakning  bo'lmacha  va  qorinchalarining  bir  marta 

qisqarib-bo'shashishi  yurakning  bir  ish  sikli  deb  ataladi.  Sistola  0,3  sek,  diastola 

0,5 sek davom  etadi.  Katta odam  yuragi  tinch holatda  1  minutda  70-72  marta  ish 

siklini bajaradi. Har bir ish sikliga 0,8 sek sarflanadi.  




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish