Siydik yo’li. Bolaning embrionlik davrida, uning mezaderma qavatida ya’ni
buyrak rivojlanishining mezanefroz davrida shakllanib, buyrak jomidan boshlanib,
qorin bo’shlig’ining orqa qismidan siydik pufagiga birikadi. Godak bolaning
buyrak jomlari va siydik yo’llari nisbatan keng, muskul va elastik tolalar yetarlicha
rivojlanmaganligi uchun devorlarining tonusi pastroq bo’ladi. Uning uzunligi katta
odamlarda o’rtacha 30 sm bo’lib, 3 qavatdan ichki shilliq, o’rta muskul, tashqi
serroz qavatdan iborat. Vazifasi buyrakda hosil bo’lgan siydikni siydik pufagiga
yetkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |