p- va n-sohalar chegarasidan ikki tomonda joylashgan hajmiy zaryad musbat va manfiy ishoraga ega bo’lgani sababli p-n o’tish sohasida kuchlanganligi Ē bo’lgan ichki elektr maydon hosil qiladi. Ushbu maydon qo’sh elektr zaryad sohasiga kirgan asosiy zaryad tashuvchilar uchun tormozlovchi ta’sir qilib, ularning p-n o’tish orqali qo’shni sohaga o’tihiga qarshilik ko’rsatadi. Potensialning p-n o’tish yuzasiga perpendikulyar bo’lgan X yo’nalishida o’zgarishi 2.1b-rasmda korsatilgan. Bu yerda p- va n- sohalar chegarasidagi potensial nol potensialga teng deb qabul qilingan.
p-n o’tishning zonalar energetik diagrammasi Fermi-Dirak funksiyasi hamda zaryad tashuvchilarning zonalar bo’yicha taqsimlanishi bilanbirgalikda 2.1d-rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |