Namangan davlat universiteti
Fizika fakulteti Fizika kafedrasining
9 - sonli yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma
30 aprel 2022 yil Namangan shahri
Yig‘ilish raisi: kafedra mudiri A.Xolmirzaev
Yig‘ilish kotibi: o‘qituvchi N. Muxiddinova
Qatnashdilar: kafedra mudiri A.Xolmirzaev: dotsentlar: O.Ismanova, M. Ergasheva, U Boboxo‘jaev, v.b. dotsentlar X.Qo‘chqorov; A.Nabiev, katta o‘qituvchi M.Imomov, D.Yusupov, o‘qituvchilar D. Alijonov, U. Turdaliev, M. Usmanov, N. Muxiddinova
K U N T A R T I B I:
5. Turli masalalar
5.1. Kafedra v.b. dotsenti Nabiyev A’zamjon Botirjonovichning 2022 yil 26 aprelda Fizika yunalishi 1-kursida Molekulyar fizika fanidan “Issig’lik o’tkazuvchanik hodisasi. Fur’e qonuni. Statsionar va nostatsionar issig’lik o’tkazuvchanlik” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘uloti uchun ochiq darsi muhokamasi.
MAS’UL: Kafedra mudiri A.Xolmirzayev
ESHITILDI: Kafedra mudiri A.Xolmirzaev yig‘ilish qatnashchilariga PhD (Fizika-matematika fanlari), Fizika kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan A.Nabiyev to‘g‘risida axborot berdi. A.Nabiyev jamoat ishlarida faol ishtirok etib, u kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha universitetning ilmiy bo‘limi bilan faoliyatini tizimli tashkil etishga mas’ul o‘qituvchilardan hisoblanadi. Shuningdek, talabalarni ham ilmiy jarayonga jalb etish ishlarida bevosita ishtirok etib, ilmiy-uslubiy maslahatlar berib kelmoqda. A.Nabiyev 2022 yil 26 apreltda Fizika yunalishi1-kursida Molekulyar fizika fanidan “Issig’lik o’tkazuvchanik hodisasi. Fur’e qonuni. Statsionar va nostatsionar issig’lik o’tkazuvchanlik” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘uloti uchun ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq ma’ruza darsini kafedra professor-o‘qituvchilarining 2 nafari tahlil etdi. A.Nabievning ma’ruza o‘tish uchun barcha me’yoriy xujjatlari etarli. Ma’ruza matnlari talabalarga tarqatilgan. Dars reja asosida o‘tildi. Shuningdek, A.Nabiyevning erkin fikrlashi talabalarni darsga diqqatini jalb etdi. Dars jarayonida butun auditoriya qamrab olinishiga erishdi.
Ichki ekspert A.Xalmirzaev: “Ochiq dars xususida shuni aytish mumkinki, o‘qituvchi A.Nabiyevning o‘tkazgan ochiq darsi menda yaxshi taasurot qoldirdi. Ma’ruzachi, mavzuni yaxshi biladi, ma’lumotlar talabalarga tushunarli tarzda yetkazib berildi.”
Tashqi ekspert Sh.Inoyatov: Ma’ruza talabalarga aniq va ravon, reja asosida etkazib berildi. Ma’ruzada belgilangan vaqt meyorlariga ham rioya qilindi. Ma’ruzaning so‘nggida talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Ma’ruza asosida talabalarga takrorlash uchun savollar berilgan bo‘lib, talabaning o‘z ustida ishlashi uchun mustaqil ish mavzulari ham havola etilgan.
Muhokama yakunida A.Xolmirzayev savol va takliflarni so‘radi. So‘ngra nomzod A.Nabiyev tomonidan o‘tilgan ochiq darsning tahlili uchun so‘zni kafedra dotsenti U.Boboho’jayevga berdi.
So‘zga chiqdi: Dotsent U.Boboho’jayev “Fizika kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi A.Nabiyevning Fizika yunalishi 1-kursida Molekulyar fizika fanidan “Issig’lik o’tkazuvchanik hodisasi. Fur’e qonuni. Statsionar va nostatsionar issig’lik o’tkazuvchanlik” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘uloti uchun ochiq darsini tahlil qilib, dars axborot texnologiyalari, internet ma’lumotlari hamda didaktik materiallardan foydalanib tashkil etilganligini, talabalarni darsga qiziqtira olganligini ta’kidladi va o‘qituvchining pedagogik mahorati haqida gapirdi. Ma’ruzachi Respublikamiz fiziklari tomonidan Fizika bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ulardagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirdi. Darsga ijobiy baho berildi.”
YIG‘ILISH QAROR QILADI:
Dotsent v.b. A.Nabievning Fizika yunalishi 1-kursida Molekulyar fizika fanidan “Issig’lik o’tkazuvchanik hodisasi. Fur’e qonuni. Statsionar va nostatsionar issig’lik o’tkazuvchanlik” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘uloti uchun ochiq darsi qoniqarli o‘tgan deb topilsin.
Yig‘ilish raisi : A.Xolmirzayev
Yig‘ilish kotibi: N . Muxiddinova
Do'stlaringiz bilan baham: |