Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Jahon tilshunosligida keyingi yillarda lisoniy hodisalar mohiyatini ochishda antroposentrik paradigmaning yetakchilik qila boshlaganligi, inson omiliga alohida e’tibor qaratilayotganligi seziladi. Bunda AvganovaM.A.,AznaurovaE.S.,AlefirenkoN.F.,ApresyanYu.D.,Arutyunova
D., Baranov, A.N., Baxtin M.M., Vorkachev S.G., Demyankov V.Z., Doroshenko A.V., Zolotova G.A., Markelova T.V. kabi tilshunoslarqatori
1Ўринбоев Б.”Ўзбек сўзлашув нутқи синтаксиси масалалари ” Тошкент.1973,4-5-бетлар.
2Турсунпўлатов М. “Лексика узбекской разговорной речи” Тошкент. “Фан”. 1968, 84-бет
Abduazizov A.A., Nurmonov A., Mahmudova N., Safarov Sh., Yo‘ldoshev B., Hakimov M., Boymirzayeva S., Xudoyberganova D., G’oyibov S., Yoqubov J.A. kabi o‘zbek olimlarining ham xizmatlari katta bo‘ldi.3Mazkur tadqiqotlarda nutqiy vaziyat, o’zbek muloqot xulqining ijtimoiy va pragmatik xususiyatlari masalalariga alohida e’tiborqaratiladi.
Bugungi kunda o‘zbek so‘zlashuv nutqi fonetikasi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi leksikasi, sintaksisi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi o‘ziga xos sistema ekanligi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi va uning funksional uslublarga munosabati masalasi, o‘zbek so‘zlashuv nutqi va adabiy til masalasi muammolari o‘zbek tilshunosligida ma’lum darajada o‘rganildi. Saksoninchi yillarda o‘zbek tilshunosligida muhim muammolardan biri sifatida ko‘tarilib chiqilgan so‘zlashuv nutqi muammosi qator tilshunoslar, jumladan, B.O‘rinboyev, E.Begmatov, A.Shomaqsudov, M.Tursunpo‘latov, S.Usmonov va boshqalar tomonidan tadqiq etildi.4Biroq bugungi kunda antropotsentrik tilshunoslik nuqtayi nazaridan til faktlarini tahlil qilish tilshunosligimizda yetakchilik qilmoqda. Zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan so’zlashuv nutqini tahlil qilish ham bugungi tilshunosligimizda dolzarblik kasb etadi. Shuni e’tiborga olgan holda biz bitiruv ishimizda o’zbek so‘zlashuv nutqining sotsiolingvistik va pragmatik xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilamiz.
3Абдуазизов А.А. О составных частях когнитивной лингвистике // Хорижий филология, Тошкент. 2007, 3-сон. – С.5-7; Боймирзаева С. Модаллик умумлисоний категория сифатида //Тил тараққиётининг деривацион қонуниятлари // Республика илмий назарий конференцияси материаллари. -Самарқанд: СамДЧТИ нашри,2009. – Б.192; Ёқубов Ж.А. Модаллик категориясининг мантиқ ва тилда ифодаланишининг семантик хусусиятлари. –Тошкент: Фан, 2005. -223 б.; Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари: Филол. фан. номз. ...дисс. автореф. –Самарқанд,1993.-27 б.; Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол. фан. док. ...диссертацияси. –Тошкент. 2001. -235 б.; Нурмонов А., Ҳакимов М. Лингвистик прагматиканинг назарий шаклланиши // Ўзбек тили ва адабиёти.- Тошкент.2001. -№4. –Б.54-58.; Ҳакимов М. Ўзбек тилида матннинг прагматик талқини.Филол.фан.докт. дисс. автореферати. Т., 2001, 16-б. вабошқалар.
4Шомақсудов А. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1983. Ў р и н б о е в Б. Функсионал услубият ва унинг моҳияти. – Тошкент: Фан, 1992.Ўринбоев Б. Ўзбек тилининг сўзлашув нутқи синтаксиси масалалари. –Тошкент: Фан, 1975. Ўринбоев Б., Ўринбоева Д. Ўзбек тилининг сўзлашув услуби. – Тошкент, 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |