Chuchvarani xom sanabsan, Oqsoqol! (O’. Hoshimov). Mazkur gapda qo’llangan frazeologizmning denotative ma’nosi biror narsani noto’g’ri rejalashtirmoq bo’lib, nutqda qo’llanganda bekor aytmoq semasiga qo’shimcha emotsional salbiy munosabat pragmatic semasi qo’shiladi.
Motor tovushi gurillab quloqni qomatga keltirdi (O’. Hoshimov) Quloqni qomatga keltirmoq iborasi ham so’zlashuv uslubiga xos bo’lib, qattiq ovoz chiqarmoq semasiga qo’shimcha pragmatic semaga ega. Asabiga tegmoq, salbiy emotsional munosabat semalari pragmatic ma’noni tashkil etadi.
4. Opasini chaqirib berguncha odamni qon qilib yubordi (O’. Hoshimov) Qon qilib yubordi iborasi ham yaqqol pragmatic semaga ega. Chunki mazkur iborada ham salbiy munosabat, holi-joniga qo’ymay, qistalang qilib, sabrsizlik qilib asabiga tegish ma’nolari bor. Jonidan to’ydirmoq iborasida ham shunga yaqin pragmatic sema bor: Uy masalasida anavi sprapkani olguncha ham jonimdan to‘ydirdi. (O’.Hoshimov)
M.Vafoyeva fikricha frazeologik birliklar uslubiy bo’yoqdorlikka ega bo’lgan til birligi bo’lib, obrazli tasviriy vosita sifatida badiiy asar tilida keng qo’llanadi va uni boyituvchi eng muhim vositalardan biri sanaladi, ular matnda ifodalanayotgan emotsional-ekspressiv ta’sirchanlikni kuchaytiradi, ifoda etilayotgan tushunchaga aniqlikkiritadi.37
Shunday qilib, tilimizning boyligi hisoblanmish frazeologizmlarning uslubiy va pragmatik imkoniyatlari keng bo’lib, nutqning ta’sir kuchini yanada orttiradi.
Bob bo’yicha xulosa
Ikkinchi bob yakunida quyidagi xulosalarga keldik:
37Вафоева М. Ўзбек тилида фразелогик синонимлар ва уларнинг струcтурал-семантик таҳлили. Филол.фанлари номзоди…дисс.автореф. – Т., 2009, 21б
Bugungi kunda ham nutqiy odob, muloqot xulqi masalalari tilshunoslikdagi asosiy masalalardan sanaladi. Kishilar o‘rtasidagi munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiket ko‘rinishlari, nutqning sotsial xoslanishi lingvistik pragmatikaning o‘rganish sohasi sanaladi. Nutqiy aralashuv jarayonidagi suhbatning maqsad va yo‘nalishiga ko‘ra axborotning to‘liqligi, axborotning sifati,axborotyo‘nalishidan chetga chiqmaslikva so‘zlash manerasi tamoyillari asosiy o’rin egallaydi.
Miliy til bilan bog’liq ravishda har bir xalqda miliiy muomala odobi, nutqiy etiket shakllanadi. Ma’lumki, etiket–bu kishilarning o’zaro munosabatiga tegishli umumiy tarzda qabul qilingan va rioya qilinishi talab etiladigan axloqiy qoidalardir. Shunga ko’ra u muomala odobining rasmiylashgan shakli bo’lib, u har bir xalqning urf-odati, xulq-atvori bilan bevosita bog’liq odob qoidalari hisoblanadi. Nutqiy etiket so’zlashuv nutqida ham alohida ahamiyatgaega.
Semalar so’z sememasi tarkibida tutgan o’rni va subyekt xabari nuqtayi nazaridan mantiqan informativ sema va pragmatik semalarga bo’linadi. Informativ sema o’z ichiga nomlovchi sema va relyativ semalarni oladi. Pragmatik sema tarkibida esa ham emotsional, ham ekspressiv semalar bor. Emotsional sema subyektning obyektga bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ifoda etsa, ekspressiv sema semema ifodasini yo kuchaytirib, yo ozaytiribko’rsatadi.
So’zlashuv nutqida pragmatic ma’noning ifodalanishi bir qator omillarga bog’liq bo’lib, so’zlaning konnotativ ma’noda qo’llanishi, so’zning emotsional bo’yog’i,diskursivyuklamalar,frazeologizmlarbuomillarichidaajralibturadi.
Nutqning ijtimoiy xoslanishi masalasi sotsiolingvistika va pragmatika sohalariningumumiymasalalaridanbo’lib,muloqotishtirokchilariningyoshi,jinsi, dunyoqarashi, ijtimoiy mavqei bu jarayonda muhimsanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |