Tabiat – ona kabi muqaddas. Bu o`xshatish bejizga aytilmagan. Zero, ona
mo``tabarligi, ona mehri, shubhasiz, tabiat qadri teng o`lchanadi.
Yurtimiz tabiati dunyoning ne-ne go`zal o`lkalarini hali-hanuz lol qoldirib
kelayotgani hech kimga sir emas. Afsuski, buni o`zimiz dildan his qilolmayapmiz.
Bo`lmasa, har joyga axlat tashlab, atrof-muhit tozaligiga rahna solgan, maysalarni
payhon qilib, jonzotlarga ozor bergan bo`larmidik?
Atrofdagi har bir giyoh, har bir jon borki, mehrga, e’tiborga muhtoj. Tabiat
so`zini bejizga ona, vatan, zamin kabi muqaddas so`zlar qatoriga qo`ymaymiz. ey
tengdoshlar, keling, ona tabiatni birgalikda asraylik.
X
otira
Ko`klam fasli edi. Daraxtlarga endi ko`k yugurgan, ayniqsa, ko`cha bo`ylab
terilgan adil, baland, ko`rkam teraklarning nafis yosh barglari mayin esgan
shamolda shildirashi hanuz xotiramda. Hovlimiz Arpapoyada edi. U serdaraxt,
sersuv, ko`rkam edi. Supada, quyuq daratxtlar soyasida yonboshlab Hamid
Olimjonning ilk ijod mahsuli ―Ko`klam‖ni varaqladim. O`zimga ma’qul tushgan
she’rlarni qayta-qayta o`qidim. Kitobni varaqlar ekanman, bu – yoshlikning xayol
to`la ko`klam poeziyasi, shoirning samimiy mevasi va ilk qaldirg’ochi, dedim o`z-
o`zimga. Haqiqatan, azamat, ulug’vor satrlar, ilhombaxsh, salmoqli ko`rinishlar,
nafis hislar, tuyg’ular shoir she’riyatining jo`shqin mevasi edi. (O) (86 so`z)
6-sinfga matnlar
Umr mazmuni
Inson ezgu ishlar uchun tug’iladi. Berilgan umrni foydali ishlarga: ilm olish,
mehnat qilish, hunar o`rganishga sarflash, ota-ona va insonlarga mehrli bo`lishga
bag’ishlash kerak. Odobli bolalar o`z vaqtini ana shunday ezgu ishlarga
sarflashadi.
Umr mazmunini foydali ishga sarflangan vaqt, yaratilgan ixtiro, yozigan
kitoblar, qurilgan imoratlar tashkil etadi. (46 ta so`z)
12
Onalik mehri
Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi. Onalarimiz bizni bir
parcha etdan katta qilib, qatorga qo`shadilar. Oq yuvib, oq taraydilar, doimo
boshimiz uzra parvona bo`ladilar. Onalarimiz oyog’imizga kirgan tikonni kipriklari
bilan olishga tayyordirlar. Buning boisi bitta – bu onalik mehridir.
(41 ta so`z)
Tabiat ham onamiz
Tabiat – ona kabi muqaddas. Bu o`xshatish bejizga aytilmagan. Zero, ona
mo``tabarligi, ona mehri, shubhasiz, tabiat qadri teng o`lchanadi. Yurtimiz tabiati
dunyoning ne-ne go`zal o`lkalarini hali-hanuz lol qoldirib kelayotgani hech kimga
sir emas. Afsuski, buni o`zimiz dildan his qilolmayapmiz. Bo`lmasa, har joyga
axlat tashlab, atrof-muhit tozaligiga rahna solgan, maysalarni payhon qilib,
jonzotlarga ozor bergan bo`larmidik?
Atrofdagi har bir giyoh, har bir jon borki, mehrga, e’tiborga muhtoj.
Qachonki, biz ular istagini qondira olar ekanmiz, ana o`shandagina tabiat ham
bizga o`z jilosini to`la ochib berishi mumkin. Tabiat so`zini bejizga ona, vatan,
zamin kabi muqaddas so`zlar qatoriga qo`ymaymiz.
Ey tengdoshlar, keling, ona tabiatni birgalikda asraylik. Zero, tabiatimiz
kelajakda ham yurtimizni qiyosi yo`q o`lka sifatida dunyoga tanitaversin.
(118 ta so`z)
Shifobaxsh sumalak
Sumalak – Navro`zning bosh taomi bo`lib, ilk ko`klam darakchisi, baraka,
hosildorlik, to`kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir. Bu taom
ajdodlarimizdan bizga meros bo`lib, ayni bahorda, ko`klamda tayyorlanadi. Un,
yog’, bug’doy qo`shib tayyorlangani bois sumalak darmondorilarga boy taom
hisoblanadi. SHu sababdan odamlar uni shifobaxsh va parhez taom sifatida suyub
iste’mol qilishadi.
Tabiblarning aytishlaricha, taomning tarkibida qonga juda tez so`riladigan
moddalar bor. Undan tashqari bu taomda sog’-u bemor uchun zarur bo`lgan ―S‖
darmondorisi bo`lib, u ko`p kasalliklarga yaxshi davodir. U qon tarkibini
yaxshilaydi, tomirlar toraygan bo`lsa, qonni suyultiradi. Oshqozon va ichak
yo`llari faoliyatini kuchaytiradi. Issig’i ko`tarilgan, qon bosimi oshgan kishilar
sumalak esa, o`zini yaxshi his qiladi.
(109 ta so`z)
Ota-onaga hurmat
Bolalar, ota-onani hurmat qilish, ular oldida adab bilan turib, xizmatlarini
bajarish hammamizning vazifamizdir.
Ota-onalaringizni ranjitadigan so`zlar aytishdan, ko`ngillarini qoldiradigan
ishlardan doimo saqlaning!
13
Aqlli bolalar ota-onalarini hurmat qilib, kuchlari etganicha ular xizmatida
bo`ladilar. YOmon so`z aytishdan, achchiqlanib qarashdan o`zlarini saqlaydilar.
Ota-onaga qanday xizmat qilish haqida sizlarga kichik bir misol keltiramiz.
Bir kishi kechasi uyqudan uyg’onib o`g’lidan suv berishini so`radi. O`g’li
suv olib kelguncha, otasi yana uxlab qoldi. O`g’li: ―Otam balki uyg’onib suv
so`rar‖,- deb uxlamasdan otasining uyg’onishini kutib tong otguncha o`tirdi.
Mana, bolalar adabli, tarbiyali bola shunday bo`ladi. Ota-onangizni izzat-
hurmat qilishga, ularning olqishlarini olishga harakat qiling. Har bir bola ota-onasi
qilgan nasihatlarni jon qulog’i bilan eshitib, ularga amal qilishi kerak. Ota-onasiga
ozor
berib,
ularning
dillarini
og’ritadigan
bola
baxtli
bo`lmaydi.
(120 ta so`z)
Mangu yoshlik oroli
(parcha)
Kishilar ko`zidan yiroqda joylashgan olis tumanning ufqlar ortida mangu
yoshlik oroli mavjud. Sharqiy Yaponiya dengizining qoyali qirg’oqlari bo`yida
yashovchi xalqning aytishicha, yilning ma`lum vaqtida dengiz to`lqinlari bilan
birga ko`tariladigan afsonaviy daraxtni ko`rish mumkin. Bu Fuzano tog’i
cho`qqisidagi o`lmas daraxtning o`zidir.
Garchi bu daraxt bir lahzaga namoyon bo`lsa-da, uning shoxlariga ko`zi
tushgan kishi xuddi erta tongda shirin tush ko`rgan kabi o`zini baxtiyor sezadi.
Orolda mangu bahor hukm suradi, havosi toza, shifobaxsh, hamisha tiniq, feruza
osmondan daraxt va gullar yaprog’iga ingan shudring ularda mangulik sirlarini
namoyon etadi.
Oroldagi daraxtlarning nozik yaproqlari hech qachon o`z ko`rkamligini
yo`qotmaydi. To`q pushti rang lolalar va gullar hech qachon so`limaydi.
Turfa gullar daraxtlar shoxlarini go`zallikka burkaydilar; norjil daraxtining
mevalari esa hech qachon o`zining xushbo`yligini yo`qotmaydi va so`lish
bilmaydi. «Ipak yo`li rivoyatlari» kitobidan. (124 ta so`z)
Tabiat mo`jizasi
Jo`ralarning uyi gir atrofi tog’ bilan o`ralgan qishloqning chetida, tepalikda
yakka o`zi qaqqayib turar, bu erdan qishloq yaqqol ko`rinardi. Dadasi bilan oyisi
Toshkentdagi qarindoshlarinikiga ketishgan, ikki kundan keyin qaytishlari kerak.
eshik taqilladi, Jo`ra eshikni ochganda, uyga yopirilib kirgan shamol stol ustidagi
daftar, kitoblaraning sahifalarini shitirlatib varaqladi, bosma erga uchib tushdi.
Do`sti Ashir kelgan ekan, bo`ronda podadan ajralib yo`qolgan qo`yni qidirishga
bel bog’ladilar. Ular uydan chiqqanlarida shamol hamon quturar edi. Bir dovon
oshib, pastga tushib ketayotganlarida, avval yirik-yirik yomg’ir tomchilari tusha
boshladi, keyin birdan jala quyib yubordi.
Bolalar rosa ividilar. Suv tomchilari bo`yinlaridan ichlariga oqib tushib,
butun badanlarini jimirlashtirardi. Jala qanday boshlangan bo`lsa, shunday
to`satdan tindi. Jilg’alardan suv sharillab oqdi. Sovuq shamol hamon tinmas,
bolalarning quloqlari tagida vizillab hushtak chalar, yuz va burunlarini muzdek tili
bilan yalardi. (F.M.) (127 so`z)
14
7-sinfga matnlar
Aqlli bog’bon
Bir bog’bonning uch o`g’li bor edi. Lekin bolalar dangasa va ishyoqmas
o`sgan ekanlar. Otadan ularga meros qoladigan tanga, boylik yo`q edi. Bu ketishda
esa ularning ko`p o`tmay xor-zor bo`lishi aniq edi. Ota umri tugayotganini bilib,
farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O`ylab-o`ylab shunday yo`l tutadi. Har
uchala o`g’lini yoniga chaqiradi.
"O`g’lonlarim, — deydi u, — mening ajalim etganga o`xshaydi. Ko`zim
ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay. Mehnat-u mashaqqat bilan bir ko`za
oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklardan birining tagiga ko`mganman. U
— sizlarniki. Biroq bu ishga ko`p yil bo`ldi. Harchand urinsam ham, ko`milgan
joyini xotirlay olmadim. Uni o`zlaringiz izlab topinglar va o`zaro bo`lishib
olinglar".
Ko`p o`tmay, chol jon beribdi. Bir ko`za tilla daragini eshitgan uch
ishyoqmas uni izlashga tushib ketadilar. Bog’ning hamma erini kavlab chiqadilar.
Sirli ko`za chiqmaydi. Yana erinmasdan kavlashga tushadilar. Kutilgan natija esa
hamon yo`q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to`ntar qilinadi. Erlar
qazilaverib, tuproqlari kulga aylanib ketsa hamki, oltin ko`za topilmaydi. Bu orada
uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizlarigacha ochib ko`miladi va bog’da o`sha
yili shunday hosil bitadiki, undan bir necha ko`zani to`ldirgulik oltin oladilar. Uch
dangasa o`g’il otalarining purma’no nasihati ma’no-mohiyatini, oltin — mehnatda
ekanligini tushinib etadilar. (Abdulla Avloniy)
Ziyorat qilish
Uyingizga sizni ziyorat etgali kelgan mehmonlarni muloyimlik bilan va
ochiq yuz bilan qarshi olib ko`rishing, munosib joyga o`tkazib, hol-ahvolini
so`rang. Kuchingiz etguncha ovqatdan va boshqa har jihatdan ularni mamnun qilib,
izzat va hurmatlarini bajo keltiring. Keyin sizdan ruxsat olib, ketmoqchi bo`lib
o`rinlaridan tursalar, ko`cha eshigigacha ularni kuzatib boring. Qarindosh-
urug’laringiz yo do`stlaringiz yoki tanish-bilishlaringizni ziyorat qilish uchun
ularning uylariga bormoqchi bo`lsangiz, avval uyga kiyadigan kiyimlaringizni
echib, yuz, qo`llaringizni sovunlab, yaxshilab yuvib, toza kiyimlar kiyib, ularning
uylariga boring.
Birovning uyiga borganingizda eshikni ochib, so`ramay-netmay ichkariga
to`ppa-to`g’ri kirib bormang, oradan bir oz vaqt o`tkazib, eshikni uch marta
taqillating, uy egasiga ziyorat uchun kelganingizni bildiring. Uy ichidagilardan
tovush chiqmasa, hech kim yo`qligi anglashiladi. U vaqtda ko`p turmay, qaytib
keting. Agar lozim topsangiz, kelganingizni bildirib, xat yozib, eshikning bir eriga
qistirib keting.
Ziyorat qilishdan maqsad bir kishining uyidagi hol-ahvollarini tekshirish
emas, balki o`zining unga bo`lgan hurmatini, do`stligini bildirishdir. SHunga
ko`ra, kimni ziyorat qilgani, ko`rgani borsangiz, agar u kishi samimiy do`stingiz,
15
o`rtog’ingiz bo`lmasa, u bilan hazillashmang, uning narsalarini tekshirmang,
kitoblarini, yozgan xatlarini axtarmang, hech bir narsasiga tegmang.
Uyiga sizni taklif qilgan kishining taklifini qabul qilib, borishga va’da
bergan bo`lsangiz, tayin etilgan vaqtdan kechikmay boring. Biror voqea sababli
borishingiz mumkin bo`lmay qolsa, taklif qilgan kishiga uzringizni etkazing.
Qarindosh-urug’laringiz, do`stlaringiz va boshqa tanish-bilishlaringizdan
birining kasal bo`lib yotganidan xabar topsangiz, darhol uni ziyorat qilib, hol-
ahvolini so`rang.
Kasal og’ir holda bo`lgani uchun shifokorlar uning yoniga ruxsat
bermasalar, kasalning holini u erdagilardan so`rab bilish bilan qanoat qiling.
SHifokor ruxsati orqali kasal huzuriga kirsangiz, uning yonida ko`p
o`tirmang, ko`ngliga og’ir keladigan qayg’uli so`zlarni so`zlamang.
Kasalning mumkin qadar shikoyatini tinglang, ko`nglini ko`taring, sabr
etishga da’vat qiling, qo`rqitmang, tez kunda shifo topishini aytib, ko`ngliga umid
baxsh eting.
Abu Rayhon Beruniy
Bu voqeaning bo`lganiga ming yildan oshdi. Sakkiz-o`n yoshli do`mboqqina
bola har kuni ertalab Amu sohili bo`ylab aylanib yurar, har xil o`t, giyoh va
gullarni, shuningdek, meva, don, mayda toshlarni yig’ishga oshiqardi. Kunlarning
birida yiqqan giyohlarini ko`tarib, mahallalaridagi hamma taniydigan tabibga
keltirdi-da: «Bobo, bu o`tlarning oti nedur?» - deb so`radi. Tabib bobo jilmaydi,
bolaning qiziqishidan xursand bolib: «Barakalla, bolam, qanday yaxshi ish
qilibsan. Qara-ya, bular dorivor o`tlar-giyohlar-ku», - dedi. SHu tariqa tabib bobo
har xil giyohlar va donlarning nomini aytib berar va bolaning tabiatga qiziqishini
yanada oshirar edi.
Bu bolakay bo`lajak ulug’ olim Abu Rayhon Beruniy edi.
U 973-yil 4-sentabrda Xorazmda tug’ildi. erta etim qolgan bo`lsa ham,
yaxshi odamlarning qo`lida tarbiyalandi. YOshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi.
Ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot fanlariga doir ko`p
kitoblarni o`qib chiqdi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, forsiy va arab tillarini puxta
o`rganib oldi. Boshqa tillarni ham mashq qildi.
(149 so`z)
8-sinfga matnlar
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab
turgan quyosh tasviridan hamda o`ng tomonida bug’doy boshoqlari, so`l tomonida
ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning
yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz
16
tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning
qutlug’ ramzidir. Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo`lgan
Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning
tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo`lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrog’ini ifodalovchi uch rangdagi
chambar bandiga «O`zbekiston» so`zi bitilgan.
«Gerb» so`zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot:
«Gerb» so`zi nemischa «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va
hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi
mulk belgisini anglatadi.
Mashhur tarixchi Rashididdin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli
kitobida shahodat berishicha, O`g’uzxon o`z mol-mulkini o`g’illariga ulus sifatida
kichik davlatlarga bo`lib in’om etgan.
(160 so`z)
9- sinfga matnlar
Yil fasllari
Er quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. SHu davrda u o`z
sirtini Quyoshga har xil vaziyatda «tutib» beradi. Quyosh osmonda baland
ko`tarilganda, uning nurlari erga to`g’ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Er yuzi
issiq bo`ladi. Quyosh uncha baland ko`tarilmay, uning nurlari Erga qiyalab
tushganda, Erni paypaslab o`tib ketgandek bo`ladi va Er yuzida sovuq turadi.
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. YOzning qoq o`rtasida,
22-iyunda, yozgi Quyosh turishi yuz beradi. endi yoz o`zining haqiqiy kuchini
ko`rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay,
kuz yaqinlashib, uning ba’zi alomatlari paydo bo`la boshlaydi... Kunlar qisqarib,
tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi sarg’ayib to`kila boshlaydi.
Hademay daraxtlar yap-yalang’och bo`lib, shumshayib qoladi, tabiat qorni kuta
boshlaydi. SHu tarzda fasllar almashina- almashina yil o`tadi. Azaldan bu jarayon
takrorlangani-takrorlangan.
Lekin Er sharining hamma joyida ham yil fasllarining bir-biridan farqi
unchalik sezilarli emas, shimoliy va janubiy qutblar atroflarida yil davomida
sovuq: u erlarda Quyosh nurlari har doim er sirtini yalab o`tgandek tuyuladi va uni
uncha qizdirmaydi.
(«Bolalar ensiklopediyasi»dan). (170 so`z)
1.2.
Bayon o`tkazish texnologiyasi
Bayon o`rta maktab ta`lim-tarbiya tizimida nutq o`stirish vositasi
sifatida g’oyat muhim o`rin tutadi. U yozma ishning asosiy turlaridan biri
17
bo`lib, asar yoki undan olingan parcha mazmunini o`quvchi tomonidan «o`z
so`zi» — o`ziga xos uslubi asosida izchil, savodli qayta bayon etishni taqozo etadi.
Bayonning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati katta, U ona tili va adabiyotdan
o`quvchining qanchalik bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`layotganini, nutq
madaniyati taraqqiyoti darajasini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, matn mazmuni
orqali axloqiy-estetik kamolotga etaklaydi, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini
singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Bayon o`z xususiyatiga ko`ra diktant va inshodan farq qiladi. Bu uch tur
yozma ishlardagi o`zaro umumiy o`xshashlik shundaki, ularni o`tkazishdan
oldin o`qituvchi yozilishi lozim bo`lgan mavzuni, matnni aniqlaydi, o`qiydi,
o`quvchilar esa o`qituvchi rahbarligida topshiriqni savodli yozish uchun harakat
qiladilar.
Ularnipg bir-biridan farqi shundaki, diktant matni o`qituvchi tomonidan
aytib turib yozdiriladi. Bayonda esa matn o`qib berilganidan so`ng, o`quvchilar
o`zlashtirganlarini xotira asosida yozishga kirishadilar.
Diktant o`quvchilarning grammatikadan qanchalik ongli bilim olganligini
namoyish etadi, savodxonligini oshiradi, yozuv malakasini puxta egallashga
undaydi.
Bayon va insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini
namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar.
Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq
shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach,
o`quvchilar uning mazmunini og’zaki gapirib beradilar. SHundan keyingina
yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki
faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu
reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar.
Ta`limiy bayonda oldin baen yozish talablari va qoidalari aytiladi, shu haqda
ularga zarur bilim beriladi, keyin bayon yozish mashqi izchil davom ettiriladi.
SHu sohada o`quvchilarning qanchalik bilim, ko`nikma va malakalarga ega
18
ekanliklarini tekshirish, sinash maqsadida vaqt-vaqti bilan sinov-tekshiruv
(kontrol) bayoni o`tkaziladi.
Matn tanlashda o`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalari
hisobga olindi, ayniqsa matnning tarbiyaviy jihatiga, davr talablariga qay darajada
mosligiga e`tibor berildi.
Bayon tartibi
O`quvchilarga bayon yozishni o`rgatishda o`qituvchidan uni muntazam
suratda o`tkazib borish va bu sohada ma`lum bir tartibga amal qilish, ya`ni
matnning o`quvchilarning yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos bo`lishiga
e`tibor berib, soddadan murakkabga, erkin, to`liq bayon etishdan matnga
yaqinlashtirib bayon yozishga matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib
bayon yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan
insho yozishga o`tiladi. Bunda og’zaki mashqlarni yozma ishdan oldin o`tkazib
borishga ham e`tibor beriladi.
Matnga yaqinlashtirib bayon yozish
Bunda muallifga xos so`z va iboralardan foydalanish talab qilinadi. Buning
uchun badiiy til xususiyati bilan ajralib turadigan asarlar tavsiya etiladi. Bunday
matn yuzasidan bayon yozishdan oldin o`quvchilar muallifning har bir fikri,
iborasi va uslubini aniq tushunib olishi va uni o`z bayonida qo`llashi zarur.
Matnga yaqinlashtirib yozilgan bayonda muallif fikrini o`quvchi o`z so`zi
bilan bayon etishi mumkin, biroq eng muhimi muallif ko`llagan so`z va
iboralardan yozma nutqda keng foydalanishi zarur. Bu o`quvchi lug’at boyligini
oshiradi va faollashtiradi, iboralardan ijodiy foydalanishni o`rganadi. Buning
uchun matn qajmi uncha katta bo`lmasligi kerak.
Qo`shimcha topshiriqli bayon, asosan, ona tili darslarida o`tkaziladi. Bunda
biror grammatik qoida yuzasidai olingam bilimnn Ko`nikma va malakalarga
aylantirish ko`zda tutiladi. Masalan, so`zlarning o`zaro bog’lanishi, moslashuv,
boshqaruv, bitishuv, gapda so`zlar tartibi, gap bo`laklari, gapning uyushgan
bo`laklari, Ko`chirma va o`zlashtirma gap, sinonim so`zlar, stilistika, ritorik
19
go`roq gaplar, inkor gaplar va o`zbek tili tinish belgilariga oid qoidalar
o`rganilgach, qo`shimcha topshiriq bayon o`tkazilishi zarur.
Saylanma bayonda matnning hammasi to`liq yozilmaydi, balki o`quvchilar bir
nscha qismli matnning xohlagan bir qismi yuzasi bayon yozadilar. Bunda
o`quvchilarga erkinlik beriladi, ular yozuvlariga yoqqan, qiziqtirgan biror
qismni saylab oladilar. Bu bayon turining ahamiyati shundaki, o`quvchilar keng
hajmli mazkur asar xaqida yaxlit tasavvurga ega bo`ladilar, undagi qismlar
oralidagi bog’lanishni tushunib etadilar va saylab olingan qism mazmuniga
ongli, ijodiy munosabatda bo`ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi,
mustaqyllik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni tashkil etishda
o`qituvchi matnni bir marta ifodali o`qib beradi, reja tuzmasdan ham yozishga
kirishish mumkin.
Qisqartirib, ixcham bayon yozish
Qisqartirib, ixcham bayon yozishning ahamiyati shundaki, biror ertak va
hikoyaning mazmunini umumlashtirib, asosiy g’oyani lo`nda ifodalash uchun
o`quvchini faol va mustaqil fikrlashga undaydi, keng hajmli matn yuzasidan
koispekt tuzish malakasini shakllantiradi.
Qisqartirib yozish malakasini hosil qilish uchun matn yuzasini savol shaklida
reja tuza bilish muhim o`rin tutadi. Keyin ular savolga qisqa javob yozadilar.
Qisqartirib, ixcham bayon yozishning asosiy talabi shuki, matnning asosiy
mazmuniga zarar etkazmagan holda, ikkinchi darajali voqea-hodisalarni
qisqartirib, g’oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan o`rinlar qoldiriladi.
Qiqartirilgan bayonning murakkablik tomoni shundaki, o`quvchi muallifniig
asosiy fikrini saqlagan Holda nihoyatda qisqa, ixcham yozishni o`rganadi. SHunga
qaramay, mazkur bayon ustida uzluksiz ishlash zarur.
Ijodiy bayon
Bunday bayonda o`quvchidan matn mazmuniga o`z munosabatini bildirish
talab qilinadi. U bir necha shaklda o`t-kazilishi mumkin. Masalan, berilgan kichik
hajmli matn mazmunini kengaytirib yozish, voqeaband she`rlar mazmunini
hikoyalab yozish, dialoglarni umumlashtirib yozish, shaxsini o`zgartirib yozish
20
kabilar. Shu maqsadda mazkur bayonlar to`plamiga H.Olimjonning «Bunyodning
dev bilan jangi», «Oygul bilan Baxtiyor» kabi she`riy asarlaridan parchalar
berildi.
Shaxsini o`zgartirib yoziladigai bayonda birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs
tomonidan bayon etiladigan fikr ifodalanadi. Shu sababli bayonning bu turi
o`quvchilar bilan ko`proq mashq o`tkazishni, o`quvchilarning birinchi shaxsni
uchinchi shaxsga aylantirnsh qoidalarini puxta o`zlashtirishlariga e`tibor
berishni taqozo etadi.
Matnda dialoglar bo`lsa, ularni o`zgartirib bayon qilishda ko`-chirma va
o`zlashtirma gaplar qoidasini yaxshi bilishga ahamiyat beriladi, buning uchun
muntazam ravishda mashq o`tkazib boriladi. Masalan, ezuvchi Abdulla
Qahhorning «Ug’ri» hikoyasidagi Qobil bobo bilan amin o`rtasida bo`lgan
dialogni o`zlashtirma gapga aylantirib, quyidagi mazmunda bayon yozish
mumkin:
«Qobil bobo aminga ro`para bo`lganda, u baqbaqasini osiltirib, Qobil boboni
masxara qilib kulib: «Sigir yo`qoldimi?» - deb so`radi. Qobil bobo sigir emas, ola
ho`kiz yo`qolganini aytdi. Amin yo`qolgan mol ho`kiz ekanligini eshitib,
taajjublangandek bo`ldi. Qobil bobo bisotida bor-yo`g’i bitta ho`kizi bo`lganini
bildirdi. Amin kulib, yo`qolmasdan ilgari bormidi, qanaqa ho`kiz edi, deb so`radi.
Qobil bobo ola ho`kiz ekanligini aytdi. Amin Qobil bobodan ho`kizi yaxshi,
yomonligini so`radi. Qobil bobo qo`sh mahalida ho`kizsiz qiynalib qolishini aytib,
zorlandi. Amin yaxshi ho`kiz birov etaklasa keta bermasligini aytdi. Qobil bobo
bisotida ho`kizdan boshqa hech narsasi yo`qiligini bildirdi va yig’ladi. Amin, o`zi
qaytib kelmasmikan, birov olib ketsa, qay-tib kelaber, deb qo`yilmagan ekan-da,
deb yig’lash kerak emasligini aytdi. Qobil bobo erga qarab qoldi. SHunda amin:
qidirtirsakmikan, suyunchisi nima bo`ladi, deb so`rab, suyunchisidan chashna
olib kelgaii yoki olib kelmaganini bilmoqchi bo`ldi. Aminning bu gapi Qobil
boboga, ho`kizingni ol, deganday tuyuldi. U suyunib, aminga pul berdi. Amin
pulni olib, darrov pristavga xabar bermoqchi bo`ldi va pristavning o`zi
chaqirtirishini aytdi.»
21
Bayon rivoyat tarzidagi she`riy asar yoki undan olingan parchalar bo`yicha
ham yozdiriladi. Masalan, Hamid Olimjonning «Semurg’ yoki Parizod va
Bunyod» dostonidagi «Bunyodning dev bilan jangi» lavhasi bo`yicha bayon
yozdirish mumkin. Bu turdagi bayonlarni yozish bir oz murakkab bo`lgani
sababli, uni yozishdan oldin puxta tayyorgarlik ko`rish zarur. YA`ni avval
Bunyodning dev bilan jangi tasvirlangan lavhalar (VII, XIV boblar) o`qiladi, ular
ustida suhbat o`tkaziladi, mazmunini o`quvchilar so`zlab beradilar, ularnnng
hikoyasini o`qituvchi to`ldiradi, so`ngra reja tuziladi, shundan keyin yozishga
kirishiladi. Bu xildagi bayon erkin Voxidovning «Buyuk hayot tongi» dostoni
asosida ham yozilishi mumkin.
Ixcham-bayon. Ixcham hajmli matn yuzasidan o`tkaziladigan yozish ishning
turiga ixcham-bayon deyiladi. Bunday bayon V-IX sinflarning har birida darsning
8-20 minutida qiziqarli kichik mashg’ulot o`tkaziladi va bu mashg’ulot o`quvchini
qiynamaydi» mazmunni tez o`zlashtiradi. Bu o`ziga xos yozma-aqliy mashq
bo`lib, uning rejasi tuzilmaydi. Masalan, VIII sinfda qish fasli, aniqrog’i, yangi
yil bayramig’a tayyorgarlik ko`rilayoggan paytda
g’
biror darsda 10 minut ajratib,
ixcham-bayon matni o`qib beriladi:
«Archa kirgan xonadonda bolalar ham, kattalar ham xursand. Archadan
shifobaxsh, xushbo`y is chiqadi. U yashilligi bilan ko`znk vontirsa, xushbo`y isi
uy havosini tozalaydi. Uy ichiga o`rnatilgan archadan barometr sifatida foydalansa
ham bo`ladi. Agar xavo aynib, yog’in-sochin yaqinlashsa, archa shoxchalari bir-
biriga yaqinlashadi. Agar shoxchalar yana bir-biridan uzoqlashib, joyiga
qaytsa, havo ochilishidan darak beradi».
Mana bu kichik hajmli bayon matn mazmuni, ahamiyati o`quvchilar
diqqatini tezda o`ziga jalb etadi. Demak, uy havosini yangilab turadi, yog’in-
sochin yaqinlashishi yoki havo ochilishini unga qarab oldindan bnlish mumkin
ekan. Bolalar uni qiziqish, mehr bilan kuzatadilar, unga e`tibor kuchayadi, fikr
tez ilg’ab olinadi va uni qog’ozga yozish osonroq bo`lgani uchun, ular bu ishga
bajonu dil kirishadilar. O`qituvchi bu bayon turini bir kundayoq tekshirib,
22
baholaydi. Ko`pchilik, shubhasiz, ijobiy baho oladi va o`quvchilarda
kattaroq hajmdagi bayonlarni yozish malakasi ortib boradi.
Ixcham-bayon matnining bir marta o`qib berilishining o`zi ham
o`quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e`tiborlilikka» xotirasini
o`stirishga katta yordam beradi.
Maktabda bayon uch bosqichda o`tkaziladi:
1. Bayon yozishga tayyorgarlik, matn mazmunn ustida ishlash.
2. Uni yozish jarayoni.
3.O`quvchi yozgan bayon xatolarini tahlil etish, tuzatish,
baholash xato ustida ishlash.
Bayon yozishga tayyorgarlik davrida sinf xarakteridan, o`qituvchi tematik
rejasidan kelib chiqib, mavzu belgilash, matn bilan chuqur tanishish, maqsad va
vazifalarni aniqlash, rejasini tuzish, lug’at ustida ishlash yo`llarini rejalashtirish
va amalga oshirish - birinchi bosqichni o`z ichiga oladi.
Bayon yozishning ikkinchi bosqichida o`quvchining matn mazmunini
qanchalik tushunib olganini bir, ikki savol bilan aniqlab olgach, bayonni
tinch o`tirib yozish davom etadi, ish yozib bo`lingach, mustaqil o`qib
chiqish uchun 3-5 minut vaqt beriladi, so`ngra yig’ib olinadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bayon yozishda lug’at ustida ishlashga
etarli o`rin berilishi kerak. Masalai, 5- sinfda Abdulla Avloniyning. «Tulki bilan
Qarg’a» ertagi bo`yicha bayon yozish uchun tubandagi tartibda lug’at ishi
uyushtirilishi mumkin: o`qituvchi ertakni o`qitib, undagi «laylak» (laylak), «domi
tazvirin» («hiyla tuzog’i), «mone`» (to`siq), «kor» (ish),, «voqif» (xa-bardor),
«chu» (kabi, singari), «pand» (aldamoq, firib bermoq), «edan» (etgan, qilgan),
«hijron» (ayriliq) kabi so`zlarga izoh beradi. So`ngra matn mazmupini o`quvchilar
hikoya qiladilar, suhbatda o`qituvchi yoziladigan bayonga yana qanday izoh
berilishi zarurligi, nimalar tushunilmay qolganini so`raydi.
Bayonning mazmunli, tartibli, izchil yozilishida reja (plan) muhim o`rin
tutadi. Shuning uchun I-IV sinflarda reja tuzish uzluksiz mashq qilinadi. V-IX
sinflarda esa mustaqil ravishda reja tuzishga jiddiy e`tibor beriladi.
23
Bayon yozishning uchinchi bosqichi bayonni tahlil etish, tuzatish va
baholashni o`z ichiga oladi.
O`qituvchi o`quvchilar yozgan bayonlarni o`qib, o`rganib, baholaydi,
sinfda tahlil qiladi. O`qituvchi bu ishlarpi puxta uyushtirish bilan bayoniing
muvaffaqiyatli yozilishiga erishadi.
Ilg’or o`qituvchilar yozma ish - bayonni tanlangan matnning o`quvchi
tomonidan qanchalik o`zlashtirilgani va bayon etilgaiiga, rejaning maqsadga
muvofiqligi va reja asosida izchillikda, savodli, grammatika qoidalariga mos
ravishda yozilishiga e`tibor beradilar.
V-IX sinflarda o`quvchilar yozgan bayonni tekshirishda, boshqa yozma
ishlarni tekshirishdagi kabi, aniqlansak xatolar belgilar bilan ko`rsatib qo`yiladi:
orfografik xato harfning tagiga bir to`g’ri (—) chiziq, ortiqcha yozilgan harf tagiga
ikki ( = ) chiziq, so`z xato yozilgan yoki jumlada sintaktik aloqa buzilgan
bo`lsa, bir uzun to`g’ri (_________) chiziq, uslubiy xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa,
ya`ni so`z takror yozilgan, so`zlar o`z o`rnida yozilmagan bo`lsa, tagiga
to`lqinli (~) chiziq chiziladi; bir yoki bir necha jumlada uslubiy xatolar bo`lsa,
daftarning hoshiyasiga qo`sh tik (//) chiziq ishorasi qo`yiladi; jumlalar orasida
aloqa bo`lmay, fikr tushunarli bo`lmasa, daftarning hoshiyasiga bir tik (/) chiziq
ishorasi va savol alomati (?) qo`yiladi; yangi fikr yangi yo`ldan boshlanmagan
bo`lsa, jumladagi birinchi so`z oldidan yangi yo`ldan boshlash ishorasi (2)
qo`yiladi; so`z yoki gap qoldirilgan, fikrni tasdiqlaydigan misol (dalil) bo`lmasa,
ildiz (]) ishorasi qo`yiladi; so`zlar bir-biriga qo`shib yozilgan bo`lsa, ayirish (U)
ishorasi, qo`shib yozish lozim bo`lgan so`zlar ayirib yozilgan bo`lsa, ularning
o`rtasiga birlashtirish (+) belgisi qo`yiladi.
Bu ishoralarni o`qituvchi ham, o`quvchilar ham xotirada saqlashi lozim.
CHunki o`quvchilar shu ishoralar yordamida o`z xatolarini bilib oladilar va
tuzatadilar.
Yozma ishlarni, jumladan, bayonni tekshirishda kim qaerda, qanday xatolarga
yo`l qo`yganligini aniqlash, xatolarni xillarga bo`lib, ularni tuzatish yo`llarini
o`quvchilarga ko`rsatish maktab tajribasida sinalgan usul hisoblanadi. Tahlil
24
jaraenida eng yaxshi yozilgan ishlardan ayrim o`rinlarni namuna sifatida o`qib
eshittirish ham pedagogik va psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan
usullardandir. Yozma ishi iamuna qilib ko`rsatilgan o`quvchi ma`naviy tomondan
mukofotlanganligini chuqur his qiladi, boshqa o`quvchilarda esa yozma ishga
jiddiy munosabatda bo`lish mas`uliyati ortadi.
O`quvchilarning yozma ishiga, jumladan, yozgan bayoniga qo`yilgan baho
asoslab berilishi lozim. Shundagina ular o`z xatolarini tushunadilar, kelajakda
shunday kamchilikka yo`l qo`ymaslikka harakat qiladilar.
O`qituvchi yozma ishlarni tekshirganda, oldin ularning ijobiy tomonini
umumiy baholaydi. Chunki yozma ishga umumiy baho berish o`quvchida
ko`pchilik oldida javobgarlik tuyg’usini tarbiyalaydi.
Yuqoridagi ishlar, asosan, ta`limiy bayon bilan bog’liq mashg’ulotlardir.
Bunday mashg’ulotlar davomida o`quvchilar sinov-tekshiruv bayoni yozishga
tayyorlanadilar. Ta`limiy bayon har bir dars jarayonida o`tkazilishi, uni yozish
jarayonida o`quvchilar tushuna olmagan so`zlarini o`qituvchidan so`rashlari
mumkin. Ta`limiy bayon «Vatan adabiyoti» darslik-xrestomatiyasiga kiritilgan
asarlar asosida o`tkazilishi ham mumkin. Lekin bunday ta`limiy bayonga
ko`pincha «Bayonlar to`plami» asos qilib olinadi.
Tekshiruv-sinov bayoni o`quvchilarning nutq malakalarini aniqlash, sinash
maqsadida o`quv yilining har bir choragida bir-ikki marta o`tkaziladi, buning
uchun matn, albatta, o`quvchilarga tanish bo`lmagan, darsda tahlil qilinmagan
asarlardan olinadi yoki o`quv qo`llaimasi, ya`ni «Bayonlar to`plami»dan tanlanadi.
Tekshiruv-sinov bayoni o`tkazish uchun matn o`qituvchi tomonidan bir, ikki
marta ifodali o`qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan o`quvchilarda savollar
bo`lmasa, berilgan reja asosnda bayon yozishga kirishiladi. Bayon yozib
bo`lingach, mustaqil o`qib chiqish uchun o`quvchilarga 3—5 minutgacha
imkoniyat beriladi. Shundan so`ng ish yig’ib olinadi.
Tekshiruv-sinov bayoni o`qituvchi tomonidai adolatli tekshirilib, baholanadi.
Agar xatolari har tomonlama o`rganilmay, shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilsa,
25
baho yo oshirib yoki aksincha, nihoyatda kamaytirib qo`yilishiga sabab bo`ladi.
Xullas, har bir o`quvchi olgan bahosining asosli ekanligiga iqror bo`lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |