NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI O`ZBEK TILI YO`NALISHI
UZ-BU-20 GURUH TALABASI ABDURAMATOVA ZILOLANING HOZIRGI “O`ZBEK ADABIY TILI’’ FANIDAN TAYYORLAGAN
“KURS ISHI”
Kelishik kategoriyasi
Reja:
Kelishiklar taraqqiyoti.
Eski o‘zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari.
Eski o‘zbek tilida jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari.
Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so‘zning fe’lga, ba’zan boshqa so‘z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bo‘lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qo‘llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo‘llanishi ancha chegaralangan bo‘lib, o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. SHu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo‘llangan so‘zlar ravish kategoriyasiga o‘tgan yoki o‘tish jarayonida bo‘lib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudїmdїn qalїbtur yalg’uz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qїlg’ay fїg’ān (Atoiy).
Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funkцiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzїlїna xud yetә bilmәs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alїb olturubturlar (Furqat). Shu bilan birga, bosh kelishikdagi so‘z kesim va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida ham keladi.
Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi ko‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo‘shila beradi:
-nїң \\-niң. Mazkur qo‘shimcha har qanday negizlarga qo‘shila beradi: qoychїnїң iti (Tafsir). Elchiniң shahdlїq zahrї shi:shәsi... (Xamsa). Bu qo‘shimcha XV asrgacha bo‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo‘lmagan negizlarga qo‘shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qo‘shilgan.
-nuң \\-nүң. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo‘g’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Rasulnuң sөzi (Tafsir). Xarunnuң aqlї (QR). Kөzүңnүң allїda nargis kelib qatїg’ kөzlүg...(Xamsa). Bu qo‘shimchaning yuqoridagi negizlarga qo‘shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. SHuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi: Kөzniң niyati (Atoiy), xalqnuң ranji (Tafsir).
-їң \\-iң \\-үң. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shiladigan bu qo‘shimchalar eski o‘zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qo‘llanishi ayrim so‘z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo‘shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo‘llangandir: ul eliң evlәri, anlarїң evlәri.
-үң qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha kim olmoshi bilangina qo‘llangan: Sen kimүң og’lї-sen?
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli o‘zbek shevalarida ham uchraydi.
Bu kelishikning belgisiz qo‘llanishi eski o‘zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bo‘lgan: Mүlk ikki bāg’ї ikki ālam \\ Sultanlїg’ erүr saңa musallam (Xamsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |