Murakkabguldoshlar (Compositae), dukkaklilar (Leguminosae), butguldoshlar (Craciferae), donlilar (Gramineae), soyabonlilar (Umbelliferae), labguldoshlar (Labiatae) turlari ko`plab uchraydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlardan qo`riqxona hududida 32 turdan kam bo`lmagan tomirli o`simlik turi o`sadi. Qo`riqxonaning hayvonot olami boy, turli-tuman va tog’li o`rmonlarga xos bo`lgan deyarli barcha turlarni qamrab oladi. Qo`rikxonada 2 turdagi baliq, 19 turdagi amfibiya va reptiliya, 103 turdagi uyali qushlar, 28 turdagi sut emizuvchi yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron kunduzi, kushlardan: burgut, boltayutar, itolg’i, kumoy, kichik burgut kiritilgan. Qizilsuy uchastkasidagi Osmontalash cho`qkisi eng yuqori nukta — dengiz sathidan 4000 m dan baland, aynan shu erda Sibir’ ko`zisi, ilvirs, ular va kizil sug’ur yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suvilon, chiporilon, ko`lvor ilon, turkiston agamasi, Osiyo ilonquyrug’i va boshqalar uchraydi. Tojikiston bilan chegarada qo`rikxonaning eng yirik daryolaridan biri Oqsuv havzasida eng yuqori cho`qqili Gilon uchastkasi joylashgan. Uning balandligi dengiz satqidan 2500 dan 4300 m gacha oraliqda. Bu uchastkada O`zbekistondagi eng yirik Severtsov muzligi mavjud. Hisor davlat ko`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi tizimiga kiradi va Davbionazorat tomonidan boshqariladi. - Murakkabguldoshlar (Compositae), dukkaklilar (Leguminosae), butguldoshlar (Craciferae), donlilar (Gramineae), soyabonlilar (Umbelliferae), labguldoshlar (Labiatae) turlari ko`plab uchraydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlardan qo`riqxona hududida 32 turdan kam bo`lmagan tomirli o`simlik turi o`sadi. Qo`riqxonaning hayvonot olami boy, turli-tuman va tog’li o`rmonlarga xos bo`lgan deyarli barcha turlarni qamrab oladi. Qo`rikxonada 2 turdagi baliq, 19 turdagi amfibiya va reptiliya, 103 turdagi uyali qushlar, 28 turdagi sut emizuvchi yashaydi. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga oqtirnoq ayiq, ilvirs, Turkiston silovsini, eron kunduzi, kushlardan: burgut, boltayutar, itolg’i, kumoy, kichik burgut kiritilgan. Qizilsuy uchastkasidagi Osmontalash cho`qkisi eng yuqori nukta — dengiz sathidan 4000 m dan baland, aynan shu erda Sibir’ ko`zisi, ilvirs, ular va kizil sug’ur yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suvilon, chiporilon, ko`lvor ilon, turkiston agamasi, Osiyo ilonquyrug’i va boshqalar uchraydi. Tojikiston bilan chegarada qo`rikxonaning eng yirik daryolaridan biri Oqsuv havzasida eng yuqori cho`qqili Gilon uchastkasi joylashgan. Uning balandligi dengiz satqidan 2500 dan 4300 m gacha oraliqda. Bu uchastkada O`zbekistondagi eng yirik Severtsov muzligi mavjud. Hisor davlat ko`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat ko`mitasi tizimiga kiradi va Davbionazorat tomonidan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |