Hayvonot dunyosini muhofaza qilish. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo`lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida ular muhim rol’ o`ynaydi. Hayvonlar o`simliklar bilan uzviy aloqada bo`lib turadi. O`simliklarning Quyoshdan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50% ini o`zlashtirib organik mod-dalar hosil qiladi. Ana shu organik moddalar o`txo`r va bir-biri bilan ovqatlanadigan etxo`r hayvonlar tomonidan iste`mol qilinadi. Natijada hayvonlar faoliyati normal o`tadi. Hayvonlar o`z navbatida o`simliklarga ta`sir ko`rsatib, ularni changlatishda, urug’ va mevalarini tarqatishda ishtirok etadi. Ba`zi hayvonlar, chunonchi, yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o`simliklarning hosildorligini oshiradi, ba`zi foydali hasharotlar esa o`simliklarni ayrim zararli hasharot va kasalliklar dan saqlaydi. Hayvonlar insonlar hayotida avvalo oziq-ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga ega; qolaversa mo`yna tayyorlashda va ko`pgina boshqa sohalarda muhim rol’ o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |