Havo, relьef va boshqa ekologik omillar. Havo — o’simliklar uchun faqat
muhit bo’libgina qolmasdan, ularda kechadigan bir qator hayotiy jarayonlar va
oziqlanishda birdan—bir ekologik omil sifatida ishtirok etadi. Atmosfera havosi
bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo’lib, o’simliklar uchun bevosita
ahamiyatga ega bo’lganlari karbonat angidrid, kislorod va azot hisoblanadi.
Karbonat angidridning havodagi miqdori — 0,03%. U atmosferada o’simlik va
hayvonlarning nafas olishi, yonish jarayonlari hamda vulqonlar otilgan paytda
ajralib chiqadi. Kislorod havoda o’simliklar uchun zarur bo’lgan miqdordan ham
ortiqroq bo’ladi. Azot ko’pchilik o’simliklar uchun ahamiyatsiz hisoblansada, u
tuban o’simliklar, ayniqsa, tuganakli bakteriyalar, azotobakter va aktinomitsetlar,
yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbai sifatida xizmat qiladi. Havodagi sulьfat
angdirid, azot oksidlari, vodorod galogenlari, ammiak va boshqa zararli moddalar
o’simliklardagi gaz almashitshsh paytida, yoringarchilik vaqtida, yerga tushganda
va changlarning o’tirishi natijasida o’simlik organlariga kirib, ularning barglari va
boshqa organlarini zaharlaydi. Natijada, o’simlikda hayotiy jarayonlar buziladi va
ular butunlay nobud bo’lishi ham mumkin. SHuning uchun hozirgi vaqtda
atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha juda katta konstruktiv, texnologik,
sanitar—texnologik va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
SHamol deganda havo massasining yer yuzi bo’ylab ko’chib yurishi
tushuniladi. O’simliklarga shamol bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
SHamolning to’g’ridan—to’g’ri ta’siri, uning mexanik ta’siridir. U daraxtlarning
poyasini sindiradi, barglarini yulib ketadi.
SHamol o’simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta’sir qiladi, U
o’simlik bug’latayotgan suvni olib ketadi. Uning o’rnini quruq havo massasi
egallaydi. O’simlik fotosintez uchun zarur bo’lgan karbonat angidrid bilan shunday
ta’minlanadi. O’rta Osiyo cho’llarida esadigan "garmsel" shamoli o’simliklarga
jiddiy zarar yetkazadi.
SHamolning bilvosita ta’siri shundan iboratki, u qum va tuproqlarni
ko’chirib yuborishi natijasida o’simliklar ildizlari ochilib qoladi. SHamolning
doimo bir tomonga esishi o’simliklarning tashqi qiyofasiga ta’sir qiladi. Natijada,
ular bayroqsimon shaklli bo’lib qoladi.
Relьefning o’simliklarga ko’rsatadagan ta’siri, ayniqsa tog’li rayonlarda,
balandliklarning dengiz sathidan qarab iqlim, tuproq va boshqa omillar hamda
o’simliklarning harakteri ham o’zgarib boradi. Natijada vertikal mintaqalar paydo
bo’ladi.
Janubiy tog’
yonbag’irlarida, shimoliy yonbag’irlarga nisbatan ko’proq
yorug’sevar va issiqsevar o’simliklar tarqalgan. Har 100 m ga balandga
ko’tarilganda temperatura 0,6
0
S ga pasayadi.
Tog’larda o’simliklar mintaqalar bo’yicha tarqalgan bo’ladi. Bu
mintaqadagi o’simliklar o’ziga xos xususiyatlarga ega.
O’rta Osiyo sharoitida, balandliklar zonasi va undagi o’simliklar jamoasi
akademik Zokirov K.Z. tomonidan o’rganilgan. Bu quyidagi mintaqalarga: cho’l
— balandligi dengiz sathidan 500 — 600 m bo’lgan joylar; adir —600—1600 m
gacha bo’lgan joylar; tog’-1600 -2800 m.; yaylov -2800 va undan yuqori joylar.
Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan
bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida
xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq
(stixiyali talofatlar, iqlimning o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko’chib ketishi va
boshqalar) har qanday xodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga
bo’linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo’yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen
xodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy
muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |