Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

Bo„lishli va bo„lishsiz fe‟llar 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe‘ldagi bo‗lishli 
va bo‗lishsizlik ma‘nosini anglatadi. 
Ish-harakatning  bajarilishi  haqidagi  tasdiqni  anglatuvchi  fe‘llar  bo‗lishli  fe‘l 
deyiladi. Fe‘ldagi bo‗lishlilik ma‘nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‗rsatkich yo‗q: 
o‗qi,  eslat,  qolgan,  borsa,  aytib  bergan,  o‗qib  chiqdi,  hurmat  qil  kabi.  Masalan:  Ona 
so‗zining  o‗zi  har  yurakka  jarangli  sado  beradi  (Hikmatlar  guldastasi).  O‗z  burchini 
bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani). 
Ish-harakatning  bajarilishi  haqidagi  inkorni  anglatuvchi  fe‘llar  bo‗lishsiz  fe‘l 
deyiladi. Bo‗lishli fe‘l bo‗lishsiz fe‘lni hosil qilish uchun asos bo‗ladi. Fe‘lning bo‗lishsiz 
shakli quyidagicha yasaladi: 
1.  fe‘l  negiziga  –ma  (bu  affiks  urg‗u  olmaydi),  -may,  -mas,  -masdan,  -maslik 
affikslarini  qo‗shish  bilan  fe‘ldagi  bo‗lishsizlik  ma‘nosi  hosil  qilinadi:  ko‗rsatma, 
kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‗smaslik kabi. 
Ko‗rinadiki  –ma  elementi  –may,  -mas,  -masdan,  maslik  affikslarining  tarkibida 
uchraydi. Bu affikslar sof fe‘lga va fe‘l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) 
qo‗shilib  inkor  ma‘nosini  ifodalashda  asosiy  morfologik  ko‗rsatkich  sanaladi.  Masalan: 
G„ulomjon  darpardasi  yonidan  qalin  qorni  g„irchillatib  o„tgan  dupurni  ham  eshitmadi. 
(M.Ismoiliy).  Tog„    arqon  bilan  eshilmaydi  (M.Qoshg„ariy).  Mehnat  qilmagan  rohat 
ko„rmas (O„zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do„sti bilan Qudratnikiga ketibdi. 
Kasal  tabib  kasalni  davolay  olmas  (Abu  Ali  ibn  Sino).  Bu  voqeani  ko„rmaslik  uchun 


107 
 
bolalar ko„zlarini chirt yumdilar. 
-ma, -may affikslari qo‗shma fe‘llarga quyidagicha qo‗shiladi: 
a)  asosiy  qismga  etakchi  fe‘lga  qo‗shiladi:  eshitmay  qoldi,  uxlamay  chiqdi, 
ko‗rmay qoldi kabi; 
b) ko‗makchi fe‘lga qo‗shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‗qib chiqmadi kabi; 
v)  qo‗shma  fe‘lning  har  ikala  qismiga  qo‗shiladi:  aytmay  qo‗ymaydi,  bormay 
qolmaydi.  Bunday  holda  bo‗lishsiz  shakl  orqali  bo‗lishlilik  ma‘nosi  anglashiladi,  ya‘ni 
aytadi, boradi kabi. 
Masalan:  Buvijonimning  aytishicha,  astoydil  yaxshi  niyat  qilgan  odam  murodi 
maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To„xtaboev). 
Eslatma:  ravishdoshning  –gani  (-kani,  -qani)  affikslari  bilan  yasalgan  shakliga 
bo‗lishsizlik ifodalovchi affikslar qo‗shilmaydi. 
2.  Fe‘lning  ayrim  sifatdosh,  ravishdosh,  harakat  nomi  shakllaridan  so‗ng  emas, 
yo‗q so‗zlarini kiritish bilan bo‗lishsiz fe‘l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan 
emas,  egib  emas,  tinchigani  yo‗q,  ishonish  emas  kabi.  Masalan:  Lekin  ularning  nima 
o„qiganini ko„rgan ham, qanday o„qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun). 
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo‗lak sifatida qo‗llangan bo‗lishi fe‘ldan oldin 
keltirish  bilan  bo‗lishsiz  fe‘l  hosil  qilinadi:  na  o‗qiydi,  na  yozadi.  Masalan:  Keksa 
cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o„tirdi, na ketdi (A.Qodiriy). 
4.  Ba‘zan  ohang  yoki  ohang  va  fe‘lga  yuklamani  (-mi,  -a,  -ya)  qo‗shish  hamda 
fe‘lni  takrorlash  orqali  bo‗lishsizlik  ma‘nosi  ifodalanadi:  oladi-ya  oladi  (olmaydi); 
aytasan-a, aytasan (aytmaysan) kabi. 
Masalan:  Bolasi  tushmagur-ey,  chumchuqning  uyasini  buzib  rohat  toparmidi? 
(G„ayratiy). «Katta bo„lsam, akamga o„xshab, albatta komandir bo„laman», - dedi Sobir. 
Bo„lasan-a, bo„lasan. Komandir bo„lishga yurak kerak... (H.Nazir). 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish