2) sirg„aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a‘zosining o‗zaro yaqinlashishi va
havo oqimining ana shu nutq a‘zolari orasidan sirg‗alib chiqishi bilan hosil bo‗ladigan
tovushlar bo‗lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‘, h undoshlari kiradi.
Havo oqimining ikki lab o‗rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi
tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o‗rta qismi bilan qattiq
tanglayning o‗rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi y undoshini; tilning orqa
qismi bilan tanglayning orqa qismi o‗rtasidagi tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi g‘, x
undoshlarini; bo‗g‗izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi esa h
undoshini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |