2-ilova.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va
mustahkamlash.
365-mashq. O‘qing. Kesimi uyushgan gaplarni ko‘chiring, eganing tagiga bir, kesimning
tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizing, kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini
ayting.
1. Andrash Sabo xushmuomala, sertakalluf, yoqimtoy, xushsuhbat edi. (S. Kalmikov.)
2. Quruvchilar uchun... shaharcha qurildi; oziq-ovqat palatkalari, baraklar, oshxonalar,
choy-xonalar, qizilburchaklar, kutubxonalar, ambulatoriyalar, kasalxonalar, omborlar,
magazinlar barpo qilindi. (N. Biryukov.) 3. Kun salqin va izg‘irin. (S. B.) 4. Hammaning
dilida bir-biridan yaxshi, tez, toza, ko‘p paxta terish tuyg‘usi. (A. Muhiddin.) 5. Ko‘l
harakatsiz, shu`lador, kimsasiz. (Ch. Ayt.) 6. ―Komiljon bilan Tatyanani chaqiringlar!‖
— dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I. R.) 7. To‘tixon xatni ko‘zlariga surtar, o‘par,
hidlar edi. (S. Ahm.) 8. Ochiqqan, toliqqan otliqlarga o‘tgan-ketganlar hayron bo‘lib
qarashardi. (L. Bat.) 9. Naimshoh... Shakar bahodirni izzat-hurmat bilan kutib oldi va
mehmonxonaga boshlab kirdi. (S. Ulug‘zoda.)
366-mashq.
O‘qing, to‘ldiruvchisi uyushib kelgan gaplarni topib, uyushiq
to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring,
to‘ldiruvchining turini ustiga yozib qo‘ying.
1. O‘tgan yili Madaminxo‘ja xirmonida yoqilgan umid chirog‘i qalbiga na surur berdi va
na nur! (M.I.) 2. U erda Saodatni yaxshi kutib oladilar, yuvib-taraydilar, kiyintiradilar. (S.
Z.) 3. Qo‘biz adirlar orqasiga yonboshlayotgan quyosh haqida, har yoqqa salqinlik
taratayotgan mayin shabada haqida, yo‘l yoqalab kelgan ko‘m-ko‘k yavshon va sap-sariq
chalovlarning sekin-sekin tebranib gul changlarini to‘kayotgani haqida kuylardi. (Ch.
Ayt.) 4. Beso‘naqayroq yuzli, qora ko‘zli bu yigit aqlli ko‘rinardi. (V. Karpov.) 5.
O‘razqulga ko‘rsatilgan hurmatlar uchun, ziyofatlar uchun, qarzlar uchun, va`dalar uchun
hisoblashadigan payt keldi. (Ch. Ayt.) 6. Birdan uyini, qizini, shiyponini ko‘rgisi kelib
ketdi. (S. Z.) 7. Bularning oralarida shoiralar, g‘azalxonlar, sozanda, qiziqchi va
raqqosalar bo‘lardi. (N. S.)
367-mashq. Uyushiq aniqlovchilarni topib, aniqlanmish bilan birga ko‘chiring; so‘rog‘i,
turi va qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
1. Ey, tim qora sochli, ko‘zlaridan nur yog‘ilib turuvchi murabbiya! Qadamlaringga
hasanot! (Fodil as-Siboiy.)2. Yomon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol
mehnat odamning naqshi! (U.) 3. Katta, dehqonga foydali, o‘z ko‘ngliga yoqadigan ish
qilmoqchi edi u. (S. Nurov.) 4. Qancha-qancha to‘qnashuvlar, yangi tashvishlar,
quvonch, ikkilanish, muvaffaqiyatlar, mag‘lubiyatlar va kurashlar kutadi bizni. (J. Abd.)
5. Bo‘m-bo‘sh, jimjit ko‘chalardan yolg‘iz ketdim. (O. Yo.) 6. Zebo va barno bu qizning
jasorati odamlar nazarida chindan ham hayron qolarli edi. (S. Ulug‘zoda.) 7. Tashqari
gullarga ko‘milgan, sadarayhonlar, qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.)
8. Yo‘lchi uchun Petrov... butun hayoti va kurashi bilan muallim bo‘ldi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |