4.Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy
149
asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi
talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
4-ilova
Test topshiriqlari
1 Vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Gap bilan shoshma, ish bilan shosh. V) Chinnigul yer ostidan sekin yigitga qaradi. S)
Keldi ochilur chog‟ing, o‟zliging namoyon qil. D) Sevgi pulga sotilmas, ko‟ngil pulga
topilmas.
E) Odamning yuzi oftobdan issiq.
2 Biz tong qorong‟isida Rishtonga yetdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil
qilingan?
A) Biz – ega, yetdik – kesim, tong – belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‟isida – hol,
Rishtonga – hol. V) Biz – ega, yetdik – kesim, tong – aniqlovchi, qorongisida –
to‟ldiruvchi, Rishtonga – hol. S) Biz – ega, yetdik kesim, tong qorong‟isida – hol,
Rishtonga – to‟ldiruvchi. D) Biz – ega, Rishtonga yetdik – kesim, tong – aniqlovchi,
qorong‟isida – to‟ldiruvchi.
E) Biz – ega, yetdik – kesim, tong qorong‟isida – hol, Rishtonga hol
3 Ko‟pni yomonlagan ko‟muvsiz qolar. Ushbu maqoldagi gap bo‘laklari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) to‟ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim
V) to‟ldiruvchi, aniqlovchi, kesim
S) to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim
D) to‟ldiruvchi, aniqlovchi, hol
E) to‟ldiruvchi, ega, kesim
4 O‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda
berilgan?
A) Yozda qilingan mehnat o‟z natijasini berdi. V) Birlashma idorasi uch qavatli binoda
edi.
S) Katta chinni kosada suv olib chiqdi. D) Nemis do‟stlarimizni Buxoroda uchratdik. Ye)
Ohangni chuqur sukutda tingladilar.
5 Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zning to‘ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda
berilgan?
A) Anvar bolalikdan otlarni sevgan. V) G‟ulomjon uyidan erta chiqib ketgan ekan. S)
Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi. D) Men Farg‟onaning bir chekka
qishlog‟idanman. Ye) U ham muhabbat zavqidan bahramand bo‟ldi.
6 Chakmonining ikki yonini xurjunga o‟xshatib yelkasiga tashladi-da, shoshmasdan
orqaga qaytdi. Gapdagi shoshmasdan holning qaysi turiga mansub?
A) o‘rin holi V) payt holi
S) sabab holi D) maqsad holi
E) vaziyat (ravish) holi.
7 Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma hisoblanadi?
A) oltin soat V) yigit husni S) uzum yedi D) peshin chog‟i Ye) yog‟och ko‟prik.
8 Birovga choh qazima, o‟zing tushasan. Ushbu maqol qanday gap bo‘laklaridan tashkil
topgan?
A) hol, kesim: aniqlovchi kesim V) to‟ldiruvchi, hol, kesim; aniqlovchi, kesim S)
to‟ldiruvchi, to‟ldiruvchi, kesim; ega, kesim D) ega, kesim; ega, kesim Ye) to‟ldiruvchi
kesim; ega, kesim
150
9 Gap bo‘laklari odatdagicha joylashgan gapni belgilang.
A) Menga bu yo‟llar tanish. V) Bu yo‟llar menga tanish.S) Tanish menga bu yo‟llar. D)
Tanish bu yo‟llar menga. Ye) Menga tanish bu yo‟llar.
10 Bu xabarni eshitgan Xayribibining tarvuzi qo‟ltig‟idan tushdi. Jumlada nechta gap
bo‘lagi bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |