SHARHLOVCHI
— biror narsani, voqea-hodisani tushuntirib beruvchi; izoh
beruvchi, sharhchi, gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet saytlarida muayyan
voqealar (ijtimoiy, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, sport va boshqalar)ga
bag‗ishlangan sharhlar muallifi. Sh. vazifasini biror bir ixtisoslikka ixtisoslangan jurnalist
bajaradi. Ayni paytda ma‘lum soha egalari, mutaxassislar ham Sh. sifatida faoliyat
ko‗rsatishi, sohasiga doir voqea-hodisalarni sharhlashi mumkin.
SHARIAT
— islom davlat siyosatining mazmunini tashkil etuvchi davlatlarda amal
qiluvchi, Qur‘onga asoslangan diniy va huquqiy qoidalar majmui.
SHARTNOMA
— 1) keng ma‘noda-bir necha shaxslarning belgilab olingan huquq
va majburiyatlari bilan bog‗liq bo‗lgan bitimi. 2) Xalqaro sh. teng huquqqa ega bo‗lgan
bir nechta davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa
masala yuzasidan teng huquqli kelishuvi. Sh.lar ikki tomonlama va ko‗p tomonlama
hamda unga qo‗shilishi va tuzilishiga qarab ochiq va yopiq bo‗ladi.
SHAXS
— alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o‗zida inson
mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Sh. ijtimoiy-gumanitar
fanlarda o‗z yo‗nalishi, tadqiqot ob‘ekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin
etiladi. U o‗ta murakkab, ziddiyatli, qarama qarshi, o‗zini o‗zi inkor etadigan mavjudot
sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma‘naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-irok,
tafakkur ob‘ekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig‗i
jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
SHAXS DAXLSIZLIGI
— har bir kimsaning tug‗ilganidan boshlab tan olinadigan
uzviy huquqi. Sh.d. jismoniy, axloqiy va ma‘naviy jihatlarga ega. Inson huquqlari
umumjahon deklarasiyasiga va boshqalar bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga binoan,
Sh.d. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo‗limida batafsil ifodalangan va
qonunlar bilan barchaga teng ravishda kafolatlangan. Sh.d.ni hamma shaxslarga, shu
jumladan, ajnabiy mamlakatlardagi O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan
ta‘minlash davlat zimmasidadir. Biror huquq va erkinlikdan sud qarorisiz mahrum
etishga yoxud ularni cheklashga hech kim haqli emas. Hech bir shaxs qonunga
asoslanmagan holda hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi, ozodlikdan mahrum qilinishi,
qiynoqqa solinishi, jismoniy yoki ruhiy zo‗ravonlikka, shafqatsiz yoki inson
qadrqimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |