Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


XALQARO SUD (GAAGA XALQARO TRIBUNALI)



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet417/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

XALQARO SUD (GAAGA XALQARO TRIBUNALI)
— BMTning asosiy sud 
organi. 1945-yilda tuzilgan. 15 sudyadan iborat bo‗lib, BMTning Xavfsizlik kengashi va 
Bosh assambleyasi tomonidan 9-yilga saylanadi. Sudyalar BMT a'zosi bo‗lgan har 
qanday davlat fuqarosi bo‗lishi mumkin. BMTning X.S. davlatlar o‗rtasidagi huquqiy 
janjallarni davlatlarning roziligi bilan ko‗rib chiqa oladi. Bu tashkilotning yurisdiksiyasi 
BMT a'zolari uchun majburiy emas. Tashkilot qarorgohi Gaaga (Niderlandiya) shahrida. 
XALQARO TASHKILOTLAR 
— mustaqil davlatlarning yoki hukumat 
qaramog‗ida bo‗lmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya) larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
fantexnika, madaniyat sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan 
uyushmasi, birlashmasi; davlatlar o‗rtasidagi ko‗p tomonlama hamkorlikning eng muhim 
shakllaridan biri. X.t. XIX asrda vujudga keldi va ikkinchi jahon urushidan keyin ko‗plab 
tuzila boshladi. Hozirgi kunda X.t.ning soni 5 mingdan ortiq bo‗lib, 350 tasi 
hukumatlararo tashkilotdir. X.t. o‗ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Jumladan, X.t.ning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yo‗nalishlarini 
belgilab beruvchi ta‘sis hujjati (ustavi) bo‗ladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti 
vaqti bilan faoliyat yuritadi; ko‗p tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama 
qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus 
yo‗li bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega bo‗ladi. Hukumatlararo 
X.t. va nohukumat X.t., shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi. 
X.t. tashkilot, ittifoq, jamg‗arma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi. 
O‗zbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli X.t.ning teng huquqli a‘zosidir. 
XALQARO TERRORIZM 
— bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan 
terrorizm; odamlarning behuda halok bo‗lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy 
vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va 
uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o‗rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga 
oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar 
yig‗indisi. X.t. XX asrning 60–70-yillariga kelib o‗zini yaqqol namoyon qildi: dastlab 
turli davlatlardagi jinoyatchilar, o‗z davlatiga nisbatan ekstremistik ruxdagi guruhlar 
birlashib, ijtimoiy-iqgisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan 
mamlakatlarda harakat ko‗rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning 
rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro‗ga ega bo‗lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd 
uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi 
portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib 
qochish bilan shug‗ullana boshladilar. 80-yillarga kelib X.t. yanada jiddiy tus oldi. 
Begunoh, tinch aholi o‗rtasida ko‗pdan ko‗p qurbonlar bo‗lishi, xalqaro terrorchilarning 
boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo‗ydi. X.t.ning oshib 
borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha 
uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo‗lib qoldi. Chunki, xalqaro terrorchilar bir tizimga 


320 
birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik 
ruhdagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog‗ savdosidan foyda ko‗ruvchi jinoiy 
to‗dalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo bo‗ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm 
markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro 
terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi 
qo‗yishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va 
ekstremizmning har qanday ko‗rinishiga qarshi qat‘iyat bilan kurashib kelmoqda. 2004-
yil 1-yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy 
aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‗mitasi faoliyat ko‗rsata boshladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish