Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

SIYOSIY IDEALIZM 
— tarafdorlari D.Perkins, F.Tannenbaum, D.Shottuel, 
T.Kuk, R.Klark va boshqalar xalqaro siyosatni xalqaro huquq, axloq-odob va adolat 
normalari asosida amalga oshirilishini talab qiladilar. Ular uchun kollektiv xavfsizlik 
tizimini tashkil etish xalqaro munosabatlarning bosh masalasi bo‗lishi kerak. 
SIYOSIY IDENTIFIKATSIYA 
— u yoki bu siyosiy guruhga o‗zini 
boshqarishdan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi. 
SIYOSIY IJTIMOIYLASHUV 

 
individ jamiyatning to‗laqonli a‘zosi sifatida 
faoliyat ko‗rsatishiga imkon beruvchi muayyan bilimlar, me‘yorlar, qadriyatlarni 
o‗zlashtirilishi jarayoni. Inson o‗z hayoti davomida jamiyatdagi o‗z maqomi va roliga 
ko‗ra hulq-atvorni, madaniy qadriyatlar va me‘yorlarni o‗zlashtiradi. Bu jarayon unda 
siyosiy tizimga moslashish va muayyan funksiyalarni bajarishga doir sifatlar va 
ko‗nikmalar shakllanishiga olib keladi. Jamiyat a‘zolarini siyosiy faoliyatga jalb etish s.i. 
hisoblanadi. 
SIYOSIY INDIFERENTLIK 
— jamiyat hayotida sodir bo‗layotgan voqealarga 
siyosiy befarqlik, loqaydlik. 
SIYOSIY INQILOB
(lot. burilish, to‗ntarish) — jamiyatdagi, xususan, uning 
siyosiy tizimi rivojlanishidagi keskin sakrash, bir siyosiy tizimdan ikkinchisiga o‗tish. U 
mavjud ijtimoiy-siyosiy kuchlarning amaldagi institutsional mexanizmlar doirasidan 
chiqishi va ochiqdan-ochiq to‗qnashishi tarzida kechadi. Inqilob natijasida hukmron 
ijtimoiy–siyosiy guruh siyosiy munosabatdagi mavqei va imtiyozlarini yo‗qotadi. 
SIYOSIY INQIROZ 
— mamlakatdagi yalpi norozilik va g‗azab holati; siyosiy 
tizimning moslashishi funksiyasi bajarilmasligi bilan bog‗liq barqarorlik yo‗qotilishi 
holati. 
SIYOSIY INSTITUT 
(lot. 
instititit
- o‗rnatish, ta‘sis etish) — ijtimoiy agentlarning 
sistemalashgan, barchaga ma‘lum, amalda qo‗llanuvchi (va ba‘zan rasman qayd 
etilmagan bo‗lsa-da) e‘tirof etilgan o‗zaro ta‘sir, aloqalari shakli. Institutlar tarkibiga 
e‘tirof etilgan siyosiy me‘yorlar va qadriyatlar; siyosiy hulq-atvor modellari; siyosiy 
munosabatlarni tashkil etish shakllari; me‘yorlar va qoidalar amalga oshirilishi ustidan 
nazorat kiradi. Institut o‗zaro ta‘sir-aloqalari ushbu shakllarda belgilangan qoidalar va 
me‘yorlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‗ladi. Ba‘zan, lekin har doim emas., 
institutlar rasmiy tashkilotga aylanadi: moddiy belgilarga ega bo‗ladi (bino, muhr, 
faoliyat tartibi, tashkilot nomidan so‗zlash huquqiga ega shaxslar). Siyosiy va siyosiy 
bo‗lmagan institutlar o‗rtasida farq juda nisbiy. Ular mamlakatlar, davrlar, vaziyatga 


265 
qarab o‗zgaradi (davlat, din, armiya, ta‘lim tizimi). Siyosiy institutlarga quyidagilar 
kiradi: 1) barcha e‘tirof etgan va amal qiluvchi siyosiy me‘yorlar va qadriyatlar; 2) 
siyosiy xulq-atvorning qabul qilingan modellari; 3) siyosiy munosabatlarni tashkil etish 
shakllari; 4) qoida va me‘yorlar bajarilishini nazorat. Rasmiy siyosiy institutlarga davlat 
hokimiyati organlari (parlament, hukumat, sud); manfaatlarni hokimiyatga taqdim 
etuvchi tuzilmalar (siyosiy partiyalar, manfaat guruhlari, lobbizm); mansabdor shaxslarni 
lavozimlarga tayinlash usullari (saylov tizimlari) singarilar kiradi. Muayyan siyosiy 
institutlar rasmiy tashkilot sifatida jamiyat konstitutsiyasi bilan belgilanadi: mas., 
O‗zbekistonda Oliy Majlis, sud tizimi, siyosiy partiyalar; boshqalari, mas., saylovlar, 
referendumlar davriy tabiatga ega bo‗lib, lekin ular ham demokratiyaning eng muhim 
institutlaridir. S.i. bo‗lib siyosiy faoliyat sub‘ektlarining siyosiy faoliyat mexanizmlari 
bilan aloqadorlikda amalga oshuvchi tadbirlarni qo‗llab-quvvatlovchi, turtki beruvchi, 
nazorat qiluvchi va tekshiruvchi tashkilotlar ham hisoblanadi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish