Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet422/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

XAVFSIZLIK 

 
1) o‗ziga nisbatan tajovuzlarga qarshi chiqish, xavf-xatar va 
do‗q-po‗pisalardan himoyalanganlik holati; 2) ob‘ekt mavjudligining barqarorlik holati 
va unda tinchlikni ta‘minlashga bo‗lgan harakatlar majmui; 3) xavf omillarini keltirib 
chiqaruvchi har qanday harakatlar uchun sarf bo‗ladigan harajatlarni chegaralash bilan 
bog‗liq bo‗lgan tushunchalar. To‗rt asosiy turi ajratiladi: xalqaro; jamiyat; davlat; shaxs 
xavfsizligi. Ushbu kategoriya davlatlar, harbiy-siyosiy guruhlar o‗rtasidagi munosabatlar 
ahvoliga taaluqli rasmiy qarorlarga asosan sharxlanadi. Hozirgi kunda u xalqaro 
vaziyatni sog‗lomlashtirish, ommaviy qirg‗in qurollari va qurolli kuchlar miqdorini 
qisqartirish yoki yo‗qotishga qaratilgan. Bunda tenglik, barobar xavfsizlik, uchinchi 
davlatlarga ziyon etkazmaslik aqidalarga amal qilinadi, xalqaro munosabatlarda kuch 
ishlatishga nisbatan siyosiy vositalar ustivorligiga amal qilinadi, davlatlararo 
munosabatlar beqarorligiga yo‗l qo‗yilmaydi. ―X‖ tushunchasi ―Milliy manfaatlar‖ 
kategoriyasi bilan chambarchas bog‗langan. Shu bilan birga xavfsizlik milliy 
manfaatlardan kelib chiqadi. Milliy suverenitet, davlatning hududiy yaxlitligi, aholisini 
muhofaza qilish kabilar shunday manfaatlarki, ularga erishish uchun murosaga borishdan 
ko‗ra urushga rozi bo‗ladi. Boshqacha aytganda milliy xavfsizlik bu davlat va millatning 
hayotiy muhim manfaatlarini ta‘minlashga qaratilgan strategiya. Muammoga klassik, 
realistik yondashuv shuni taqozo etadi. 
XAVFSIZLIK KENGASHI
— BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; 
BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun 
asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik 
Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V-VII boblar)da aniq, ko‗rsatilgan va 
davlatlar o‗rtasidagi nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan. 
U xalqaro to‗qnashuvlarni yoxud nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli tutilgan har qanday 
nizo yoki holatni tekshirish vakolatiga, tinchlikka har qanday taxdid va uni har qanday 
buzish yoki agressiya hollarini aniqlash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab 
qolish yoxud tiklash yuzasidan tegishli tadbirlarni belgilash hamda tavsiyalar berish 
huquqiga egadir. BMTga a‘zo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat a‘zodan iborat. BMT 
Ustavi 23-moddasiga ko‗ra, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT 
Xavfsizligi Kengashi doimiy a‘zolaridir. Muvaqqat a‘zolar esa Bosh Assambleya 
tomonidan ikki yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat a‘zo 
qayta saylanishi shart. Muvaqqat a‘zolar o‗rni kuyidagicha taqsimlanadi: Osiyo va Afrika 
davlatlaridan-5 a‘zo, Sharqiy Yevropa davlatlaridan - 1 a‘zo, Lotin Amerikasi 
davlatlaridan - 2 a‘zo, G‗arbiy Yevropa va boshqa davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi 
Zelandiya)dan - 2 a‘zo. BMT Xavfsizlik Kengashiga a‘zo har bir davlat unda bir vakilga 
ega bo‗ladi. BMT Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlaydi, uning majlislari orasidagi 
tanaffuslar 2 haftadan oshmasligi shart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi 
rasmiy nomi bo‗yicha alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatmanavbat raislik qiladi. 
BMT Xavfsizlik Kengashi majlislari ochiq bo‗ladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq 
deb e‘lon qilingan hollar bundan mustasno. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish