32
siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat (siyosiy) hokimiyati asosiy
vazifalarining bir guruh shaxslar yoki bir shaxs qo‗lida to‗planishi. A.da vakillik
organlari ham mavjud bo‗ladi, referendumlar, xalq muhokamalari va x.k. o‗tkazilishi
mumkin. A.ning mohiyati qo‗llaniladigan uslublari: jamiyatga muayyan mafkurani
majburan qabul qildirishda,
demokratik erkinliklarni cheklashda, bir qator
konstitutsiyaviy institutlarning bekor qilinishi yoki nomigagina mavjud bo‗lishida,
ma‘muriy organlarning jamoat tashkilotlari ustidan nazorat qilishida, muxolifatning
yo‗qligi yoxud, agar unga yo‗l qo‗yilsa ham, uning faoliyat ko‗rsatish imkoniyatlari juda
cheklanganligida, ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq nazorat o‗rnatilishida,
fuqarolar har tomonlama nazoratda bo‗lishi singarilarda namoyon bo‗ladi.
AVTORITET
(lot.
autoritas
– hokimiyat) – keng ma‘noda: bir shaxs yoki
tashkilotning hayotda yoki jamiyatda qabul qilgan norasmiy ta‘siri (mas. tarbiya, fan); tor
ma‘noda: hukumat qarorlarini amalga oshirishning bir turi. Ko‗p hollarda A. qonun,
qoida yoki ijtimoiy me‘yorlar ta‘siri bo‗layotgan shaxslar tarafidan zarur, deb tan
olinganligidir. A. shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zo‗ravonliksiz
fikrlashga yoki ishlashga yo‗naltirishdir. A. ishlab chiqarishda, siyosatda va b. ijtimoiy
jabhalarda alohida individlarning faoliyati, ko‗proq mutasaddi tashkilotlar va mansabdor
shaxslar tomonidan belgilanadi, ular qaror qabul qilib uning ijrosini nazorat qiladi.
A.ning qay turda va qaysi jabhada amalga oshishi jamiyatning tarixiy rivojlanishiga
bog‗liq. T.Gobbs ―Suveren A.‖da jamiyatni anarxiyadan saqlash chorasini va ―hammani
hammaga qarshi kurashishdan qutqarishning yagona chorasidir‖ degan edi. Anarxistlar
esa, A.ni jamiyatda individning erkinligi, shaxs yagonaligini e‘tirof etishgan. Nemis
sotsiologi M.Veber A.ning ―formal tipologiyasini‖ taqdim etdi. Unda A. falsafiy yo‗l-
yo‗riqqa asoslanib, yo hukumatga erishishda aniq bir qoidalarga rioya qilish va uni
qo‗llash chegaralarini belgilaydi yoki tartib tushunchasi uning muqaddas va o‗zgarmas
muqaddas alomatlari mujassamlangan daho shaxsiyati bilan bog‗liq. Veberning fikricha,
A faqat avliyolar, targ‗ibotchilar va siyosiy dohiylarga xosdir.
AXBOROT
— 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma‘lumot. Davlatlar
o‗rtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‗g‗risida hukumatning
rasmiy xabari. Tor ma‘noda axborot-jamiyat hayotiga oid ahamiyatli, dolzarb faktlar
haqidagi qisqa, sharxlanmaydigan ma‘lumotlar. Keng ma‘noda axborot-to‗planadigan,
saqlanadigan va qo‗llanadigan har qanday ma‘lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: