SIFAT USULLARI
—
tadqiqotda individual tajriba, kuzatish tushunchalarining
an‘anaviy falsafiy va mantiqiy tahlili usullari, tarixiy qiyoslash, shaxsiy va rasmiy
hujjatlardan foydalanish, qaydlarni, xulosalarni va tavsiyalarni badiiy publitsistik
asoslash usullaridan foydalanishga e‘tibor qaratadi. Sifat usullari siyosiy hodisalar,
jarayonlar va tizimlarining sifatiy jihatlarini tahlil qiladi. Odatda sifat usullari miqdor
usullari bilan birgalikda qo‗llanilishi mumkin. Sifatli turmushning tushunchasi atrof
muhitni, odamlar sog‗lig‗ini saqlash, shaharlarning yangilanishi muammolari bilan
bog‗liq ravishda paydo bo‗lib, keyinchalik ancha kengroq ma‘no kasb etdi. U o‗zida
odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish sifati bilan bog‗liq tomonlarini
aks ettiradi va ularni inson hayoti standartlari bilan qiyoslaydi. Inson hayotining miqdor
ko‗rsatgichlarida ifodalanmaydigan tamonlarini o‗rganishda qo‗l keladi.
SIG„INISH
— 1) ilohiy kuchga ega deb qisoblangan narsalarga, haqiqiy yoki
xayoliy mavjudotlarga sajda qilish. Har qanday dinning asosiy elementlaridan biri
hisoblanadi. Ibodat, tiz cho‗kish, duo o‗qish, iltijo qilish, cho‗qinish, sajda qilish kabi
xatti-harakatlarda namoyon bo‗ladi. Turli diniy marosimlarni bajarish ham S.ning
ko‗rinishidir; 2) biron narsa yoki odamni haddan tashqari ulug‗lash (shaxsga S).
SIKL
(yun.
kyklos
– doira) — muayyan tizimni tashkil etuvchi va o‗zaro bir-birlari
bilan bog‗liq bo‗lgan hodisalar, ishlar, jarayonlar yig‗indisi yoki rivojlanishning
tugallangan doirasi.
SINDIKALIZM
(ing.
syndicate
- uyushma, birlashma) — XIX asr oxiri - XX asr
boshlarida ishchilar harakatidagi marksizm-leninizm mafkurasiga muxolif yo‗nalish. S.
ijtimoiy inqilobni amalga oshirishda da‘vo kilingan sinfiy kurashdan, ishchilar sinfi
diktaturasidan ko‗ra kasaba uyushmalarining ―bevosita harakati‖ - yalpi ish tashlashlarni
afzal deb hisobladi. Bu oqim shu yo‗l bilan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib
ularni ishlab chiqarish shirkatlari (sindikatlar)ga mulk qilib berishni o‗z oldiga maqsad
qilib qo‗yadi. S. o‗z davrida marksizm - leninizm tarafdorlari tomonidan
anarxosindikalizm, prudonizm, revizionizm singari nomlar bilan qoralangan. Hozirgi
qator mamlakatlardagi so‗l partiya va harakatlarning g‗oyalari va mafkuralarida S. ta‘siri
seziladi.
SINDIKAT
(lot.
sindicatus
- ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab
chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Mahsulotni yagona savdo tarmog‗i orqali
birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. S. ta‘sis etgan umumiy savdo
shirkati S.ning har bir a‘zosi bilan savdo sotiq to‗g‗risida shartnoma tuzadi. Banklar ham
S. tashkil etishlari mumkin. Bank S.i a‘zolari guruhning har qanday a‘zosi chiqargan
qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar o‗rtasida
tarqatish uchun qimmatli qog‗ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga
rozilik bildirganlaridan keyin S. tuzilgan hisoblanadi.
259
Do'stlaringiz bilan baham: |