S
SABOTAJ
(fr.
sabotage
– yog‗och kovush bilan taqillatmoq, poyafzalni bir-biriga
urish) — 1) shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan ongli holda o‗z xizmat vazifasini
ataylab bajarmaslik yoki sifatsiz va beparvolik bilan bajarish, ishdan bosh tortish; 2)
biron bir tadbirni o‗tkazishga zimdan qarshilik, ongli holda amalga oshirilgan
zararkunandalik.
SADIZM
— fr. yozuvchisi Markiz De Sad (1740-1814) ismidan olingan.
Boshqalarning azob chekishidan rohatlanish holati.
SALTANAT
(arab.) — 1) sultonlik, yakka xon, amir yoki podsho hukmronligi
hamda ularning mavqei; 2) mustamlakalari yoki tobe o‗lkalari bo‗lgan yirik davlatlar;
imperiya.
SAMMIT
— 1) davlat boshliqlarining uchrashuvi, kelishuvi; 2) oliy darajada ikki
yoki bir necha davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvi, kelishuvi.
SAMODERJAVIYE
(rus. o‗zi boshqaradigan hokimiyat) — Rossiyada oliy
hokimiyatning monarxiya shaklida idora qilinishi. Bu hokimiyatning namoyandasi
podsho (sar) yoki imperator hisoblangan.
SANATSIYA
(lot.
canatio
- sog‗lomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan
qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va b.ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga
qaratilgan davlat va bank chora-tadbirlari tizimi. Asosiy yo‗nalishlari - nochor
korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki
faoliyat turlarini o‗zgartirish, o‗z homiyligiga o‗tkazish va b. S. bozor iqtisodiyoti uchun
tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga ko‗ra, bir korxonaning gullab yashnab ketishi,
boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. S. orqali davlat bozor iqtisodiyotiga ta‘sir
etadi.
SANKSIYA
(lot.
sanctio
- qat‘iy qaror) — 1) huquqbuzarga nisbatan
qo‗llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. S. xarakteri va qaysi
organ tomonidan qo‗llanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, ma‘muriy-huquqiy, intizomiy-
huquqiy, mulkiy S. ga bo‗linadi. Jinoiy-huquqiy S. (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va
h.k.) faqat sud tomonidan qo‗llaniladi; ma‘muriy-huquqiy S. (jarima, ma‘muriy qamoq)
militsiya, politsiya, davlat inspeksiyasi va h.k. tomonidan; intizomiy - huquqiy S.
(lavozimini pasaytirish, ishdan bo‗shatish) — mansabdor shaxslar va ma‘muriyat
tomonidan; mulkiy S. (mas., qoida buzuvchining jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyonni
to‗lashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni
haqiqiy emas deb topish, neustoyka to‗lash va h.k.) sud, xo‗jalik sudi tomonidan alohida
chora sifatida yoki boshqa choralar bilan birgalikda qo‗llaniladi; 2) umumiy huquqiy
normaning mazkur normani buzuvchiga nisbatan ta‘sir ko‗rsatish chorasini ichiga olgan
bir qismi; 3) jinoyatda gumon kilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoqqa olish,
tintuv va b.) ko‗rish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat; 4) xalqaro huquqda
— o‗z xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan
qo‗llaniladigan ta‘sir chorasi (qamal, boykot, embargo, repressaliyalar, retorsiyalar va
b.); 5) yuqori instansiyaning biror narsani tasdiqlashi, ijozati.
Do'stlaringiz bilan baham: |