Namangan Davlat universiteti Arxivshunoslik yo’nalishi talabasi



Download 398,02 Kb.
bet6/7
Sana13.06.2022
Hajmi398,02 Kb.
#664351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Namangan

Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlar muhim lavozimlarni egallab olib o'zbek, qirg'iz, tojiklar ustidan o'z hukmronligini o'tkazmoqchi bo'ladilar. Shu sabab xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutulish yo'lini izlay boshlaydi. Bundan xabardor bo'lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini maxfiy yig'inga chaqirib, Sheralixon o'rniga yangi xon qo'yishni taklif etadi. Shu bilan bir qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qar-shi bo'lganlarni ham yo'q qilishni rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi. Soliqlar haddan tashqari oshib ketishidan norozi bo'lgan o'shliklar qo'zg'olon ko'taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo'lgan Musulmonqul Qo'qondagi mavjud qo'shin bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostirmoqchi bo'ladi. Uning yo'qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib marhum Qo'qon xoni Olimxon-ning o'g'li Murodxonni Qo'qonga olib kelib taxtga o'tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o'tirgandan so'ng qipchoqlarga qar-shi bo'lganlar shubhasiz Murodxonni qo'llab-quvvatlashlari lo-zim edi. Musulmonqul esa qo'shinlar bilan kelib Qo'qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi.

1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo'shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so'ng rus qo'shinlari To'qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni talaydilar. Mallaxon yana qo'shin to'plab hi-moya choralarini ko'rishga majbur bo'ladi. Bo'lgan voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dod-xoh va yo'lda unga qo'shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo'qon qo'shinlari yo'lga chiqdilar. Ular Olmaota, To'qmoq va Ashtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo'shinlarining harakatini to'xtatishlari kerak edi. Qo'qon qo'shinlari rus askarlarini o'rab oldilar. Shu paytda qo'shinga qo'mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o'rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekina-di. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal'asini egallaydi. U Olmaota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko'chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O'zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.1 Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o'rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo'ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg'a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo'shildik degan.


Download 398,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish