Namangan Davlat universiteti Arxivshunoslik yo’nalishi talabasi



Download 398,02 Kb.
bet4/7
Sana13.06.2022
Hajmi398,02 Kb.
#664351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Namangan

Xonliklar davrida iqtisodiy munosabatlar. Xonliklar tarixi iqtisodiy hayotning bir tekisda bormaganligidan, ayrim davrlarda siljish kuzatilsa-da, xonliklar o’rtasidagi o’zaro kurash avj olgan yillarda tanazullik hollari yuz berganligidan guvohlik beradi. Uchta xonlik boshqaruv tizimida feodal munosabatlar asos qilib olingan edi.Xonliklar iqtisodiyotining asosini dehqonchilik va Chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. Aholining katta qismi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Dehqonchilik sohasini rivojlantirish masalasiga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilgan. Xususan, Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik ishlarini rivojlantirishga ahamiyat berildi. Zarafshon, Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Vaxsh, Murg’ob daryolari bo’ylarida ko’plab kanallar, anhorlar, ariqlar qazilib, atrofdagi yerlarga suv chiqarilgan, yangi ekinzorlar va bog’lar barpo etilgan. Birgina Qashqadaryo bo’ylaridagi yerlarga suv chiqaruvchi o’ndan ortiq kanallar qazilganligi va ishlab turganligi ma’lum. Abdullaxon II davrida qurilgan Zarafshon daryosidagi Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor ko’prik suv ayirg’ichlari, Sangzar daryosidagi Tuyatortar kanali, Amudaryo-Chorjo’y kanali, Toshkent viloyatidagi Zaxariq, Nurota tog’lari suvlarini to’plovchi Oqtob va Band suv omborlari yirik inshootlardan edi. Bu tadbirlar g’allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik kabi sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

 1834-yilda Qo'qon askarlari Qorategin, Ko'lob va Darvozni egallaydilar. 1826-1829-yillarda Qashg'arga qarshi bir necha bor yurishlar uyushtiriladi. Qo'qon - Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning dushmanlari, ya'ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko'tarib chiqishga botina olmay, yordam so'rab Buxo-ro amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Ular Muhammad Alixonni o'z o'gay onasiga uylangan, kofir deb e'lon qiladilar. 1840-yilda Qo'qon bilan Buxoro o'rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag'lubiyati bilan yakunlanadi. Qo'qon xoni o'zini Buxoro amiriga tobe deb tan olishga, Xo'jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo'ladi. U ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842-yili taxtdan voz kechadi. 1842-yil amir Nasrulloxon yana Qo'qon ustiga lashkar tortib keladi. U shaharni egallab yondiradi, xalqni talaydi. Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «Mehrobdan chayon» romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo'qon xonligiga vahshiylarcha yu-rish qilib, shahar va qishloqlarni yondirib, xonavayron qilgani va ming-minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to'kkanligini juda ko'plab dalillar asosida va badiiy bo'yoqlarda yoritadi. (Nasrullo xon o'rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so'ydiradi. Har ikkala tomondan ko'plab odam qiriladi. Shular qatorida Muhammad Alining onasi, mashhur o'zbek shoirasi Mohlaroyim (Nodirabegim), uning eng yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o'ldiriladi. Nasrulloxon Qo'qon xonligini Buxoro amirligiga qo'shib olinganligini e'lon qi-ladi. Qo'qonga Ibrohim dodxohni noiblikka v a boshqa shaharlarga o'ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib keta-di. Ammo oradan uch oy o'tgach 1842-yilning yozida Qo'qonda Ibrohim dodxohga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag'darib tashlanadi. Qo'zg'olonda asosiy rol o'ynagan qipchoqlar Qo'qon xonligida yetakchi mavqeyiga chiqib oladilar. Norbo'tabiyning ukasi Sherali (1842-1844) xon qilib ko'tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo'jandga qochib ketadi. Xonlikning taxtiga Sherali o'tirgan bo'lsa-da, lekin amalda barcha davlat ishlarini Mingboshi etib tayinlangan qipchoq qabilalarining boshlig'i Musulmonqul olib borardi. Qo'shin ham uning ixtiyorida edi. Chunki qo'shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng mas'uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasrulloxon o'z mavqeyini tiklash maqsadida 1842-yilda Qo'qonga yana qo'shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to'g'risida xabar yetib kelgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo'ladi. Xo'jand va Toshkent yana Qo'qon xonligiga o'tadi. Qo'qon xonligi o'zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga muvaffaq bo'ladi.


Download 398,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish