Namangan davlat univeersiteti



Download 58,07 Kb.
bet6/7
Sana28.06.2022
Hajmi58,07 Kb.
#713789
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzeylar kurs ishi

1.Muzey kengashi raisi. U o‘quvchining bevosita rahbarligida kengashning ish rejasini tuzadi, rejaga asosan ishlarni taqsim qiladi. Kengashning tashkiliy masalalarini hal qiladi, material to‘plash, ekspozitsiya tuzish, muzeydagi navbatchilik jadvalini tuzish bilan bu ishlarning bajarilishini kuzatadi.
2.Muzeyning katta saqlovchisi. U muzeydagi barcha materiallar va eksponatlarning saqlanishiga va o‘rni-o‘rniga qo‘yilishiga javob beradi. Muzey materiallarini hisobga olish daftari yuritadi va muzey materiallarining asl nusxalariga kartotekalar tuzadi.
3.Muzey kengashining kotibi. U sayohatlar va ilmiy safar ishlarining yakuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan va muzeydagi barcha ishlar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlar qarorlarini muntazam yozib boradi. Barcha olib borilgan ishlarni hisobga olib boradi.
4.Muzey kengashi a’zolari. Ular ekspozitsiya tuzishga, material to‘plashga, ekspozitsiyalarni bezash ishlariga javobgar shaxslar tayinlaydi, maxalla fuqarolar yig‘ini oqsoqollari va ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi va hakazolar. Bundan tashqari, Kengash a’zolari muzeyga materiallar yig‘ish, ilmiy safar va sayohatlar uyushtirish, muzeyshunoslikka oid bo‘lgan adabiyotlarni o‘qish, jamoat o‘lkashunosligi xodimlari va kolleksionerlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha aniq reja tuzib chiqadilar. Muzey kengashi yaqinroqda joylashgan tuman yoki viloyat o‘lkashunoslik muzeyi xodimlaridan ekspozitsiyalarni to‘g‘ri va ilmiy ravishda o‘rganish va joylashtirishda muntazam maslahat olib turishlari kerak.
Maktab muzeyi o‘zining asosiy fondida bo‘lgan materiallar haqida o‘lkashunoslik muzeylariga quyidagi shaklda ma’lumot berib turishi kerak: 1.Muzeydagi topilmalarni tartib raqami. 2.Eksponatlarning inventar raqami. 3.Topilmalarning nomi. 4.Topilmaning topilgan joyi. 5.Topilmaning kim tomonidan topilib, muzeyga qachon topshirilgani. Muzey Kengashining asosiy vazifalaridan yana biri o‘quvchilarning muzey ishiga doimiy faolligini oshirishdan, ya’ni material to‘plash, ekspozitsiya tayyorlash, muzeyni bezash, navbatchilik qilish kabilardan iborat. Maktab muzey kengashi tarkibiga ota-onalar qo‘mitasi a’zolaridan kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Maktab muzeyi fondiga quyidagilar: tarixiy va madaniy yodgorliklarning yoki topilmalarning asl nusxalari, moddiy topilmalar, yozma tarixiy manbalar, tasviriy san’at yodgorliklari, moddiy va ma’naviy manbalar, etnografiya va toponimikaga oid materiallar kiradi. Shuningdek, tuman yoki viloyat o‘lkashunoslik muzeylaridagi mavjud eksponatlardan ko‘chirmalar, fotosuratlar, har xil materiallardan o‘shanga o‘xshatib yasalgan maketlar ham kiradi.
Maktab muzeyini doimo materiallar bilan boyitib borish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: o‘rganilayotgan soha bo‘yicha muntazam ravishda material yig‘ib borish; buning uchun tartibli ravishda sayohat va ilmiy safarlar uyushtirib borish; muzey materiallarini boyitish maqsadida aholi qo‘lidagi mavjud topilmalarni yig‘ib olish va ularni ham bu ishga jalb qilish. Maktab muzeyi fondi quyidagicha bo‘limlarga bo‘lib qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Asosiy bo‘limlardan oldin maktab muzeyi tarixi haqida va uni tashkil etuvchilar to‘g‘risida, undagi eksponatlarning soni va undan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari haqida qisqacha ta’rif beriladi, so‘ng asosiy bo‘limlarga va ularda joylashtirilgan materiallarga ta’rif berish boshlanadi. Masalan, birinchi bo‘limni «Ibtidoiy jamoa davri» deb nomlash mumkin. Bu bo‘limga asosan o‘z o‘lkasidan yoki o‘rganayotgan hududidan (agar shunday manbalar bo‘lsa) topilgan arxeologiyaga oid materiallar, masalan, Teshiktosh g‘orining yasama ko‘rinishi, M.M. Gerasimov tomonidan qayta qilingan 8-9 yashar neandertal bolaning darslikdagi haykalining tasviri, arxeologiyaga oid qazilmalar natijasida topilgan tosh davriga oid turli xil mehnat qurollari, sopol idishlarning siniqlari, xullas, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davriga oid qurollardan namunalar, asl nusxalari bo‘lmagan holda ularning yasama ko‘rinishlarini yoki ko‘chirma nusxalar qo‘yish mumkin. Muzey uchun yig‘ilgan materiallar hajmiga qarab ikkinchi bo‘limni «O‘rta asrlar davri» deb nomlash va bu bo‘limga o‘rta asrlar davrida yaratilgan tarixiy va madaniyat yodgorliklaridan Samarqand, Buxoro va Xivadagi me’morchilik yodgorliklarini aks ettiruvchi fotosuratlar va Vatanimiz hududlaridan topilgan arxeologiyaga oid har xil topilmalar va sopol idish-tovoqlar (asl nusxasi bo‘lmasa rasmlari yoki yasama ko‘rinishlarini qo‘ysa ham bo‘ladi), o‘sha davrga doir tanga-chaqa pullardan namunalar qo‘yish mumkin. Uchinchi bo‘limni «O‘lkamiz Rossiya imperiyasi davrida» deb nomlash mumkin. Bunda Rossiya imperiyasi zulmidan mahalliy omma va jafokash, to‘rt devor ichida tutqinlikda huquqsiz kun kechirgan Sharq xotin-qizlari, jumladan, o‘z o‘lkasi xotin-qizlari hayotiga taalluqli bo‘lgan materiallardan qo‘yilsa, Qo‘qon xoni o‘rniga kelgan Rossiya imperiyasi hukumati zulmidan huvillab qolgan qishloqlar haqidagi ma’lumotlar muzey materiallarida aks ettirilsa o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘tmish aniq tasvirlanadi va chorizm siyosatiga nisbatan qahr-g‘azab, mehnatkash ommaga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otadi. To‘rtinchi bo‘lim «Hozirgi davrda jonajon o‘lkam» deb nomlansa maqsadga muofiq bo‘ladi. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, unda yashayotgan xalqlar o‘z tarixi, madaniyati, o‘zligini anglagan, xorijiy davlatlar bilan ham iqtisodiy, ham madaniy aloqalar kun sayin yaxshilanayotgan hozirgi davrgacha bo‘lgan o‘z o‘lkasining iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotini isbotlovchi dalillar muzey eksponatlari qatoridan joy olsa, muzey o‘shandagina maktabning haqiqiy muzeyiga aylanadi va uning ta’lim-tarbiya ishlariga qo‘shayotgan hissasi yanada oshadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, viloyat va tuman o‘lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan materiallardan foydalanmay turib Vatanimiz tarixini ro‘y-rost yaratish mumkin emas. Muxtasar aytganda, muzeylarimizda saqlanayotgan xalqlarning qadim tarixidan so‘zlovchi noyob eksponatlar, osori-atiqalar bilan tanishish yurtdoshlarimiz qalbida tariximiz, ulug‘ ajdodlarimiz, ona Vatanimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshiradi. Aholi, ayniqsa, yoshlarning muzeyga qiziqishi va tashrifini oshirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar akademiyasi, «Hunarmand» uyushmasi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda ko‘plab tasviriy va xalq amaliy san’ati asarlari ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlarning muzeyga muntazam kelib turishini ta’minlash bo‘yicha ham muayyan ishlar olib borilib. Xususan, yuqori sinflarda adabiyot, tasviriy san’at hamda tarix fanlari darslari bir yilda bir marta bevosita muzeyning tegishli bo‘limlarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, tarixiy hujjatlar, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni to’plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o’rganib ko’rgazmalarga qo’yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o’rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib boradi, moddiy va ma'naviy madaniyat yodgorliklarini, shuningdek tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyoti xaqidagi bilimlarning ilk manbalari xisoblanadigan tabiiy — tarixiy kolleksiyalarni to’plash, saqlash, o’rganish, ko’rgazma qilish va ommaga yetkazish bilan shug’ullanadi. Kishilar uchun eng avvalo ma'rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo’lgan muzeylarni o’tmish va hozirgi hayotimizning oynasi deyish mumkin. Xulosa qilib aytganda muzeylar xalqimiz uchun madaniyatimizning asosiy davlat omborxonasi va ko’p qirrali axborot muassasasi, sevimli maskani bo’lmog’i lozim.



Download 58,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish