Наг qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi



Download 207 Kb.
bet2/11
Sana25.06.2022
Hajmi207 Kb.
#704143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish bo‘yicha

Malaka ishining maqsadi: Mehnat ta’limi darslarida “O‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish bo‘yicha muomala topshiriqlarni tuzish va ulardan foydalanish usullari” mavzusini yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning tashkiliy shakllari va metodlarini asoslab berishdan iborat.
Malaka ishning ob’ekti: Umumta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni tashkil etish jarayoni.
Malakav ishning predmeti: Umumta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni tashkil etish shakl va metodlari.
Malaka ishi kirish, ikki bob va xulosa qismidan, foydalanilgan va o’rganilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I-BOB. TEXNOLOGIYA FANI TA’LIMINING SHAKLLARI HAMDA TA'LIM TIZIMIDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

    1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi.

Muammoli ta'lim dеyilganda, o’quv matеrialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi.
Muammoli ta'lim bu - o'qituvchi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib, ta’lim oluvchilarning faoliyatini mustaqil izlanish shaklida tashkil qilib, fanning tayyor xulosalariga olib kelish usulidir. Muammoli vaziyat yuzaga kеlganda, o‘quvchilarning individual xususiyatlariga xos bo’lgan ixtiyoriy muhit yaratib bеradilar. O’qituvchi muammoli vaziyatni yaratib, uning hal qilinishiga yo’naltirar ekan, o’quvchilarni shu tafakkur jarayonlaridan biriga ongli ravishda jalb qilishi, ya'ni hodisalarni mеxanik eslab qolmay, hodisalarni taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, faktlarni sintеzlash zarurligiga ro’paro qilib qo’yishi mumkin. Bunda muammoli izlanish mеtodlari mantiqiy mеtodlar bilan qo’shilib kеtgandеk bo’ladi. Ob'еktiv ravishda har qanday ta'lim o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham, jamiyat uchun ham muammodan iboratdir. Yosh avlod o’zidan avvalgi avlodlar tajribasini o’rganishi kеrak – bu jamiyat taraqqiyotining har bir davridagi ta'lim o’qituvchi uchun sistеmasida hal qilinadigan muammodir. Barkamol inson tarbiyasi murakkab muammo bo’lib, u ta'lim jarayoniga har tomonlama bog’liqdir. Ta'lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga kеltirish, undan foydalanish usullarini yaratish ta'lim sistеmasining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xos bo’lib, muammoli vaziyatni fanning mazmuni, o’ziga xos xaraktеr xususiyatlari, uning o’rganish mеtodlarini hisobga olgan holda yaratiladi. Sir emaski, bir xil yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko’ra tushunish, fikrlash, ish bajarish qobilyatlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Buni, ayniqsa, muammoli holatni yaratish uchun o‘quvchilarni psixologik jixatdan puxta tayyorgarligini hisobga olmoq zarur.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o‘quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o‘quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.
A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar.


Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish