Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishi va mehnat bozorining shakllanishi yoshlarni uzluksiz mehnat ta’limiga o’rgatish tizimini ishlab chiqish va ilmiy asoslash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Наг qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo’li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o’sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklatilar ekan, o’z o’raida ulaming ta’lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevosita jamiyat, oila va ta’lim tizimi birdek ma’sul.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilami mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biridir.
Bugungi kunda ta’limda bo’layotgan islohot va o’zgarishlar o’quvchilarda nafaqat ta’limiy, balki hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan Davlat Ta’lim Standartlari mutaxassis-olimlar, metodistlar va tajribali o’qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar tomonidan takomillashtirilib, ishlab chiqilmoqda va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.
Muammoli ta'lim dеyilganda, o’quv matеrialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi.
Muammoli ta'lim bu - o'qituvchi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib, ta’lim oluvchilarning faoliyatini mustaqil izlanish shaklida tashkil qilib, fanning tayyor xulosalariga olib kelish usulidir. Muammoli vaziyat yuzaga kеlganda, o‘quvchilarning individual xususiyatlariga xos bo’lgan ixtiyoriy muhit yaratib bеradilar. O’qituvchi muammoli vaziyatni yaratib, uning hal qilinishiga yo’naltirar ekan, o’quvchilarni shu tafakkur jarayonlaridan biriga ongli ravishda jalb qilishi, ya'ni hodisalarni mеxanik eslab qolmay, hodisalarni taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, faktlarni sintеzlash zarurligiga ro’paro qilib qo’yishi mumkin. Bunda muammoli izlanish mеtodlari mantiqiy mеtodlar bilan qo’shilib kеtgandеk bo’ladi. Ob'еktiv ravishda har qanday ta'lim o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham, jamiyat uchun ham muammodan iboratdir. Yosh avlod o’zidan avvalgi avlodlar tajribasini o’rganishi kеrak – bu jamiyat taraqqiyotining har bir davridagi ta'lim o’qituvchi uchun sistеmasida hal qilinadigan muammodir. Barkamol inson tarbiyasi murakkab muammo bo’lib, u ta'lim jarayoniga har tomonlama bog’liqdir. Ta'lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga kеltirish, undan foydalanish usullarini yaratish ta'lim sistеmasining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xos bo’lib, muammoli vaziyatni fanning mazmuni, o’ziga xos xaraktеr xususiyatlari, uning o’rganish mеtodlarini hisobga olgan holda yaratiladi. Sir emaski, bir xil yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga ko’ra tushunish, fikrlash, ish bajarish qobilyatlari ham turlicha bo’lishi mumkin. Buni, ayniqsa, muammoli holatni yaratish uchun o‘quvchilarni psixologik jixatdan puxta tayyorgarligini hisobga olmoq zarur.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Shuning uchun bitiruv malakaviy ishning mavzusini “O‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish bo‘yicha muomala topshiriqlarni tuzish va ulardan foydalanish usullari” deb nomlashga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |