Nafs tarbiyasi
Komilova Navruza Umid qizi
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
talabasi.
Annatatsiya:Ushbu maqola yomon va yaxshi axloq, o'zni anglashning talabida bo'lgan inson, nafsga qarshi chiqish hamda uning tarbiyasi haqida
Kalit so'zlar: qabih axloq, qalb xastaligi, o'zni anglash.
Kirish: O'zining tadbiri bilan ishlarni tartibga solgan, mo'tadillikni xulqqa chiroy etib bergan, insonni eng go'zal shaklu-shamoyil bilan ziynatlab, uni ziyodayu nuqsondan asragan Alloh taologa hamd bo'lsin.U Zot axloqni yaxshilash vazifasini bandasining juddu jahdiga topshirdi.O'zining tavfiqi bilan xos bandalariga axloq tarbiyasi yo'lidagi mashaqqatlarni oson qildi.
Nubuvvat nurini taratib, haqiqiy yo'llarini yoritgan, go'zallikda komil axloqi bilan bashariyatga namuna bo'lgan Allohning quli, suyukli payg'ambari, hushxabar berguvchi va ogohlantiruvchi Muhammad Mustafoga salovat va salomlar bo'lsin.
Asosiy qism: Yaxshi xulq sayyidlar, siddiqlar sifati, odamiylikning ko'rinishi, yanada to'g'rirog'i, yaxshi xulq dinning yarmidir.Yaxshi xulq bilan bezangan inson, yaxshi libos bilan bazangan insondan go'zaldir.
Yomon xulq xor qiluvchi buzuqlik, olamlar Parvardigoridan uzoqlashtiruvchi razolat, yanada to'g'risi, shaytonning xizmatiga yollanishdir.
Yaxshi xulq Rahmon xuzuridagi jannat nematlariga ochib qo'yilgan qalb eshigi bo'lsa, yomon xulq jahannamga ochib qo'yilgan eshik.
Qabih axloq- qalb xastaligi, jonlarni o'rtovchi og'riqdir.Jasadning tirikligi tugashi bilan poyoniga yetadigan dunyodagi barcha og'riqlar qalb og'rig'i oldida hech narsadir.Jismoniy dard foniy hayot kabi o'tkinchi.Lekin yomon xulq tufayli qalb xastalansa, abadiy hayot boy beriladi.Malakali tabiblar jasadga qanchalik etibor berishmasin, foniy hayotning o'tkinchiligini anglashdan boshqa natijaga erisholmaydilar.Shunday ekan, ular abadiy hayotni boy berib qo'yishsa sabab bo'ladigan qalb xastaliklariga ko'priq etibot qaratishlari aloroq emasmi?
Dunyo oxirat ekinzoridir.Umr uzayib, ibodatlar qancha ko'p bo'lsa, savob ham shunchalik mo'l, nafs shunchalik pok, axloq shunchalik go'zal bo'ladi.Ibodatlar qalbda o' izini qoldirsa, murod hosil.Buning uchun esa ibodatlar uzluksiz, so'nggi nafasgacha davom etishi lozim.
Inson dunyo muhabbatini qalbidan chiqarib, o'rnini Alloh taologa muhabbat bilan to'ldirsa, mana shu eng go'zal axloqdir.Bunday xulqni hosil etgan kishi ulug' va qudratli Zot- Allohning diydoriga yetishdan suyukliroq narsa yo'q.U bor molini shu yo'lda sarflaydi.U jilovlangan g'azabi va shaxvatini shariat va aql tarozisida tortib, faqat Alloh taolaga yetish yo'lida ishlatiladi.Bu mashg'ulot unga lazzat baxsh etadi, namoz ko'zlar quvonchiga, qalblar taskiniga aylanadi.Ibodatning so'ngi totli va ajib.Totli nihoyaga odatlangan nafs esa undan-da ajib!
Ba'zan mansab-martabaga, turli ne'matlarga ega kishilarni g'am-tashvishga chulg'angan holda ko'ramiz.Chunki ularning qalblari muhrlangan, ko'zlari esa boylikdan boshqa narsani ko'rmaydi, faqat nafs talabida hayot kechirishadi, shuning uchun ham ular doim g'am- tashvishli holda yuradilar.Ba'zan esa hech narsasi yo'q kimsalarni hayotdan xursand bo'lib yurganini ko'ramiz. Ular iymoni but, bu hayot foniy o'tkinchi ekanligini bilishadi, Alloh bergan ne'matlarga rozi bo'lishadi, shuning uchun ham ularning qalblari xotirjam.Hayotlarida nma sodir bo'lishidan qat'i nazar, hammasi yaxshilikka eskanligini his qilishadi va yomon voqea sodir bo'lsa ham sabr qlishadi.
Inson borki, u qanchalik yaxshi inson bo'lmasin, ba'zan nafs istaklarini hohlab, shaytonning xiylasiga tushib, gunoh ish qilib qo'yishi mumkin. Qalbida zarracha bo'lsa ham iymoni bo'lsa, gunoh ish qilganda qalbi siqiladi, qilgan ishini o'ylaydi, xatoligini biladi va o'zini anglashga, to'g'rilashga harakat qiladi.O'zini anglash talabida bo'lgan kishi bir kechani bekor o'tkazish yo'li bilan «Tamom, endi hammasini boy berdim», deb umidsizlikka tushmaydi.Biladiki, bir kechalik mehnat bilan ham darrov o'zni anglash darajasiga yeta olmaydi.Axir bitta gunohi kabira abadiy badbaxtlikka sabab bo'lmaydi.Lekin shuni unutmaslik lozimki, bir kungi beparvolik keyingi va keyingi kunlarga o'tib, asta-sekin inson dangasalikka odatlanishi, o'zini anglash fazilatidan mahrum bo'lishi mumkin.Kichik gunohlar ham yig'ilib, iymon zavoliga, oxir-oqibat, asl saodatning boy berilishiga olib keladi.
O'zni anglashning bir kechada ta'siri seziladigan tuyg'u emasligini hikmat ahli ta'kidlagan.Bu huddi badan o'sib-ulg'ayib, bo'y cho'zilgani kabi asta va davomli ro'y beradigan jarayondir.Shunga o'xshab, nafs tarbiyasi va uni poklash yo'lida bitta toatning tasiri darhol sezilmaydi.Lekin toatning oziga bepisand qaramaslik kerak.Negaki, tasiri yaqqol seziladigan ko'p toat bitta-bittadan yig'ilgan va har bir toatga o'ziga xos tasir yashiringan.Ibodat uchun beriladigan savob shu tasirga ko'ra belgilanadi.Gunoh uchun beriladigan jazo ham gunohning tasiriga ko'ra belgilanadi.
Kichik gunohlarni arzimas sanaydigan kishilar ham butun umr tavbani kechiktiradilar.Bu kechiktirish to'satdan sodir bo'ladigan o'limgacha yoki qalbni gunohlar zulmati qoplab, tavba qilishga imkon qolmaguncha davom etishi mumkin.Oz ko'pga qo'shiladi, qalb shaxvat zanjirlari bilan kishanlanib, bu changaldan halos bo'lishning imkoni yo'qoladi.
Kimki nafsga qarshi jiddiy jang boshlay olmayotgan ekan, masalan, mansab g'amini birdaniga tark etolmayotgan ekan, ishni undan ko'ra yengilrog'ini tark etishdan boshlasin.Kimgadir taomga ochko'zlik bor, unga ro'za va taomni kam yeyish buyuriladi.Keyin unga totli taomlarni tayyorlash topshiriladi.Taomlar muhayyo bo'lgach, shunday laziz noz-ne'matni o'zi yemasdan o'zgaga taqdim qiladi.Shu yo'l bilan nafsini tiyadi, uni sabrga o'rgatadi, ochko'zligini so'ndiradi.
Agar banda biron narsani yoki kimsani nafsi yoqtirgani uchun emas, Alloh roziligi yo'lida yaxshi ko'rsa, biron narsani yoki kimsani o'ziga ma'qul kelmagani uchun emas, Alloh yo'lida yo'lida yomon ko'rsa, biron narsani Alloh yo'lida bersa, sadaqa-infoq qilsa, bermasligi ham Alloh roziligi uchun bo'lsa, uning iymoni mukammaldir.Demak mo'min banda nimani yaxshi ko'rsa, uni Alloh yaxshi ko'rgani uchun yaxshi ko'radi.Birovni yaxshi ko'rsa, u Allohning diniga amal qilgani, Allohga ishongani, toat-ibodat qilayotgani uchun yaxshi ko'radi.
Nafsingni kuzat, qaysi fellarni qilishing osonu, qaysi fellarni qilishing qiyin ekanligini aniq bilib ol.Qalbingni mol-dunyoga bog'lanib qolishdan asra.Shundagina sen mol-dunyoni noo'rin sarflashdan ham, baxillikdan ham omonda bo'lasan.Mol-dunyi sen uchun bamisoli suv.Biron tashnaning chanqog'ini qondirish uchun sen uni ushlab turasan, biron muhtojning hojatini ravo qilish uchun sen uni sarflaysan, berayotganingdan zarracha qiynalmaysan, aksincha, lazzatlanasan.
Qaysi qalb shu darajaga yetsa, bilginki, Alloh uni salomat saqlabdi.Qalb nafaqat saxovat va baxillikda, balki boshqa barcha xulqlarda ham dunyoga zarracha bog'lanib qolmasligi zarur.Nafs mol-dunyo mehridan uzilsagina sokinlashadi.Sokin nafs Alloh ato etgan nematlardan rozi bo'lgan va rozi bo'lingan payg'ambarlar, siddiqlar, shaxidlar, solihlar va ularga husni xulq bilan ergashgan bandalar qatoriga kirgan holda Parvardigori xuzuriga qaytadi.
Haqiqiy o'rtalikni topish nihoyatda mushkil ishdir.Kimki bu dunyoda qilgan ingichka, qilichdan o'tkir shunday mustahkam yo'lni topgan bo'lsa, oxiratda ham unga shunday yo'l nasib etishi mumkin.Ba'zan banda o'rta yo'lni yo'qotib, na u yoqli, na bu yoqli bo'lib qoladi.Natijada qalbi taraddudlar orasida muallaq qotadi.Shuning uchun ham bunday qalb azobga duchor.
Xulosa: Alloh taolo bir bandasini yaxshilik bilan siylamiqchi bo'lsa, unga nafsining ayblarini ko'rsatib qo'yadi.Kimning botin ko'zi ochiq bo'lsa, ayblari unga xavf sololmaydi.Ammo aksar xalq birodarlarining ko'ziga zarracha gard tushsa, darrov ko'radi, o'zining ayblaridan, ko'zlariga qamalgan ulkan «g'am» dan esa bexabar.
Inson o'z nafsining ayblaridan bexabardir.Agar u nafsiga qarshi ozgina jiddu jahd qilsa, ko'pgina masiyat ishlardan qutuladi.Lekin o'sha onda u darhol shunday hayol qila boshlaydi:» Nafsim tarbiya topdi, xulqim go'zallashdi, endi nafsga qarshi kurashishga hojat yo'q» Aslida «go'zal xulq» degani nima?Uning qanday alomatlari bor?
Go'zal xulq-iymon, yomon xulq-nifoqdir.Alloh taolo O'zining kitobida mo'monlar mo'minlar va munofiqlarning sifatlarini zikr qiladi.Bir so'z bilan aytganda, bu sifatlar yaxshi va yomon xulq mevalaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1 Toxir Malik
Odamiylik mulki turkumidan ( rizq, nafs, boylik) Ma'rifiy risola.
Toshkent:»Sano standart» 2017 yil. -336 bet
2 Rahim, Ziyovuddin
Islom aqidasi/ Toshkent: «Sharq» 2020. -384 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |