Nabiyeva odina rafikjonovnaning «deviant xulqli o’smirlarni pedagogik korreksiyalsh texnologiyasi» mavzusidagi


  III Bob. Deviant xulqli o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana30.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#597864
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
deviant xulqli osmirlarni pedagogik korreksiyalash texnologiyasi.

 


69 
III Bob. Deviant xulqli o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik
korreksion ishlar 
3.1 Deviant xulqli o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion 
ishlarga texnologik yondashuv 
Deviant xulqqa moyil o’smirlar bilan olib borilgan tadqiqot davomida 
pedagogik korreksiya ishlariga texnalagik yondashdik va maktab jamoasi, ota-
onalar, mahalla hududi nozirlari, ijtimoiy pedagoglar uchun quydagi
texnologiyani ishlab chiqdik. 
O’smir yoshidagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini 
tashkil etish texnologiyasi. 
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga 
ijtimoiy me’yorlardan og’ishgan xulqli o’quvchilar bilan olib boriladigan 
ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. SHu 
sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy 
texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng 
tarqalgan. 
Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy 
og’ishganlikning turli ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan 
ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo’naltirilgan davlat, 
jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining 
yig’indisidir. O’smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir
necha yondashuvlari mavjud. 
1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og’ishganlik 
kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari 
tufayli uni o’z asosiy yo’nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me’yorlarga 
rioya qilish, o’z huquq va burchlari haqida axborot berishdan iborat. Davlat va 
jamiyat qo’ygan talablarini bajarishda bolalarning yosh ko’rsatkichiga mos 
qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko’zda tutadi. 
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, 
televideniye)dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan 


70 
foydalanish mumkin. 
2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning 
sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga 
yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun 
jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular 
giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini 
tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O’smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi 
psixotron moddalar to’g’risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan 
bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Bizning jamiyatimizda o’smirlar o’rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik 
profilaktikasi muammosi ham muhim o’rin tutadi. O’smirlar ichkilikbozlik va 
alkologizmning og’ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham 
bilmaydilar. 
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy 
me’yorlardan og’ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi 
turli psixik nosog’lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo’lishi lozim. 
Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog’lig’ida turli nuqsonlar bo’lsa, u o’z 
ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu 
holatda insonga uni o’zgartirib bo’lmaydigandek qaraladi. O’smirda bunday 
psixik nosog’lomlikni o’z vaqtida aniqlash juda muhimdir.CHunki ular umuman 
xayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O’smir psixiatr 
mutaxassislar ko’rigidan o’itkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari 
ko’rilishi lozim. 
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o’smirni deviantlik 
xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to’g’rilashdan iborat. 
Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. 
O’smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni 
shakllantirish lozim: 
- o’z so’zi va ishining egasi bo’lish; 


71 
- o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga 
bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish; 
- hozirgi davrda muhim bo’lgan masalalar bilan band qilish; 
- huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.[2.34. 
38-bet]
Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha 
tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, 
jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning 
so’zlariga quloq solishi. o’zga axloqiy qarash va baholarga og’dirish oson. 
O’zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va axloqsizlik xulq-
atvoriga ega bo’ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga 
erkinlik va huquqlarini berib, uni o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur. 
Bu borada zamonaviy murabbiyga quyilgan talablar aniqlanadi. Har bir 
tinglovchi o’zini tahlil qilib, kamchiliklarni aniqlaydi va bu ularga kelgusi ish 
rejasiga o’zining ustida ishlashga oid vazifalarini kiritishga yordam beradi. 
Qo’llaniladigan vositalar
: doska, marker, video-kamera, flamasterlar. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish