Platforma haqida umumiy tushuncha.
Bu platforma har qanday kompaniya uchun ishchilar hisobi va kelib ketish vaqtlarini boshqarish uchun yaratilgan. Platforma qismdan iborat: super-admin va ishchi. Har bir qismlar autenifikatsiyadan o’tgan. Bulardan tashqari ishchilarning oylik maoshlari grafigi ham ko’rsatib o’tib ketilgan
Patforma admin qismi.
Platformaga http://127.0.0.1:8000/ ga kirilganda birincha marta autentifikatsiyadan o’tmaganligi uchun http://127.0.0.1:8000/login ga o’tib ketadi.
Super admin sifatida kirish uchun “username” ga “admin@admin.com” “password” ga esa “Password” kiritiladi va “SIGN IN ” tugmasi bosiladi.Undan keyin quyidagi oyna paydo bo’ladi:
Admin paneldan chiqib ketish uchun yuqori oynadagi ikonka bosiladi va undan keyin “Logout” tugmasi bosiladi:
Yuqoridagi oynaning chap qismidagi menyular bilan birma bir tanishib chiqamiz:
“Employees” menyusi bosilganda quyidagi oyna ochiladi:
Oynaning “Complex search” qismida beshta maydon bo’yicha murakkab qidiruv amalga oshirilgan. Bu maydonlar quyidagilar: “First name”, “Designation”, “Department”, “Join Date From”, “Join Date To”, “Salary from” va “Salary To”.
Bu murakkab so’rovga “First name” maydoni uchun “ok”, Designation uchun “an”,Department uchun “ur”, “Join Date From” uchun “10 Jan, 2020”, “Join Date To” uchun “10 June 2021”, “Salary From” uchun “1000”, “Salary To” uchun “3000” kiritib ko’ramiz.
Har bir ishchi haqida ma’lumotlarni o’zgartirish va undan tashqari ishchini butunlay bazadan o’chirib tashlash funksiyalari ham shakllantirilgan.
Ishchi haqidagi ma’lumotlarni o’zgartirish uchun ikonka bosiladi va quyidagi oyna chiqadi:
Kerakli maydonlar to’ldirib bo’lingandan keyin “Edit Employee” tugmasi bosiladi. Orqaga qaytish uchun “Go back” tugmasi bosiladi.
Ishchini ma’lumotlar bazasidan butunlay o’chirib tashlash uchun esa ikonka bosiladi.
Yangi ischi qo’shish uchun esa quyidagi tugma bosiladi:
Undan keyin esa quyidagi oyna paydo bo’ladi:
Ishchini qo’shish uchun “Add Employee” tugmasi bosiladi.
Ishchining ishga kelish vaqti va ketgan vaqtlarini ko’rish uchun quyidagi tugma bosiladi:
Bosilgandan keyin esa quyidagi oyna paydo bo’ladi:
Bu “datepicker” orqali ishchilarning hohlagan kundagi kelgan kelmaganligini bilish mumkin bo’ladi. Birinchi marta oyna ochilganda bugungi kun uchun ishchilarning qatnashgan va qatnashmaganligini ko’rsatib beradi.
Orqaga qaytish uchun “Go Back” tugmasi bosiladi.
Keyingi menyu bu “Expenses” ya’ni chiqimlar bo’limi hisoblanadi. Bu menyuga kirilganda quyidagi oyna chiqadi:
Har bir harajat haqida statusni o’zgartirish uchun bosiladi va quyidagi oyna paydo bo’ladi:
Statusni o’zgartirib bo’lingandan keyin “Update” tugmasi bosiladi.
Keyingi menyu bu “Salary chart” hisoblanadi:
Bu sahifada har bir ishchining oyliklari grafii chiqadi. Gorizonatal qismda ishchilarning ismlari vertical qismda esa maoshlar ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |