“Web texnologiyalar” fanidan tashkilot saytining elektron tizimini ishlab chiqish davomida bajarilgan
KURS ISHI
Muallif: “Informatika va axborot texnologiyalari” yo’nalishi 3-bosqish talabasi
Nabiyev Hayotbek
Mavzu: “Staff Management System”
Reja:
PHP, MySql va Laravel haqida qisqacha
Platforma haqida umumiy tushuncha.
Patforma admin qismi.
Platforma ishchi qismi.
Foydalanilgan adabiyotlar va paketlar.
Controller kodlari.
PHP, MySql va Laravel haqida qisqacha
PHP juda keng qo'llanadigan dasturlash tilli bo'lib, internet juda katta qismini egallab o'lgan. Nega aynan internetni deyishingiz mumkin. Chunki PHP web server texnologiyalari hisoblanib, web server yani saytda ishlaydi. Masalan qolgan dasturlash tillarida tuzilgan dasturlar konsolda yoki windows(oyna) shaklida ishlaydi. Tuzgan dasturimizning natijasini ko'pchilikga yoqimsiz va tushunarsiz bo'lgan konsolda ko'ramiz. Agarda biron-bir odamga oddiygina tuzgan dasturingizni ko'rsatmoqchi bo'lsangizchi? Yoqimisiz, qop-qora konsolni ko'rsatasizmi? :) Windows elementlaridan foydalanib, o'ziga xos dizaynga ega dastur tuzishga esa anchagina vaqt ketadi. Lekin tuzgan taqdiringizda ham oddiy foydalanuvchini e'tiborini qozonish juda qiyin bo'ladi.
MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
Laravel bu PHP dasturlash tilining eng mashhur “framework” laridan biri hisoblanadi. Uning bu darajaga chiqishiga asosiy sabab tushunishga soddaligi va g’arb davlatlarida yetarlicha obro’ga egaligi sabab qilib ko’rsatiladi. Laravel “framework”i bu MVC texnologiyasi asosiga qurilgan. Bu yerda M-Model, V-View, C-Controller.
Model bu bazadan kelayotgan jadvalni biror attributlarini saqlagan obyekt hisoblanadi. Masalan, mahsulot modelini misol qilish mumkin. View esa ko’rinish hisoblanadi. Ya’ni foydalanuvchiga qanday ko’rinish kerakligini aniqlab beradi. Controller esa bu turli xil urllar bilan “view” larni bir-biriga bog’lashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |