Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism:
1. Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish.
O’quvchilar uch guruhga ( soniga qarab ) bo‘linadi.
1- guruh Sodda gaplar
2- guruh Qo‘shma gaplar
3- guruh Ko‘chirma gaplar
2. Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Vatan ravnaqi” mavzusida suhbat.
* Burch aziz, xotira muqaddas, Ne azizlar o’tdi dunyodan.
* Yorug’ kunni qilishib havas Kurashdilar erk bo’l deb Vatan
* Ulug’ vatan kurashi uchun Necha odam bo’lishdi qurbon.
* Bolalar shod yurishi uchun, Tinchlik uchun fido etib jon.
Gurhlar o‘z nomlariga mos holda gaplar tuzadilar. Namunalar:
1-guruh “ Men o‘n kunda qaytib kelaman”.
2- guruh “ Shuni tushundimki, hamma baxtli bo‘ladi”.
3-guruh “ Bobom dedi: “ Doimo rost gapir”.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash
O‘tgan mavzuni takrorlashda “ Gugurt donalari” usulidan foydalanamiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarga gugurt donalardan xohlagancha olishni taklif etadi.O‘quvchilar gugurt donalaridan tanlaydilar. Har bir o‘quvchi tanlagan gugurt donalari soniga mavzuga oid tayanch tushunchalarni ajratib ko‘rsatib , ularning har biriga izoh beradi.
Shu kabi savollarga guruh a’zolari ketma-ket javob beradilar. To‘liq javob bergan o‘quvchilar rag‘batlantirilib boriladi.
Monitor ekranda 4 ta gap beriladi. O’quvchilar gaplarni o’qib tahlil qiladilar. Har bir gap uchun ko’rgazmalar ham ko’rsatiladi.
Ular monitorda berilgan bog‘lovchili qo‘shma gaplarni uslubiyatiga ko‘ra bo‘g‘lovchisiz qo‘shma gaplarga aylantirishlari kerak.
Har bir guruh o‘zaro maslahatlashib gaplar tuzadilar va o‘qib beradilar.
O’quvchilar tahlil qilib bo’lganlaridan so’ng, doskaga javoblar qo’yiladi.
1.
|
2.
|
3.
|
4.
|
Biz kitobni sevamiz: kitob bilim manbai hisoblanadi.
|
Hovlida hech narsa o‘zgarmagan: uylar, devorlar, daraxtlar hamon o‘sha-o‘sha.
|
Xatni yozishga yozdim: o‘zimdan xafa bo‘lib ketdim.
|
Vaziyatni yumshatish uchun yaxshiroq so‘z qidirardim: tilim kalimaga kelmasdi.
|
Javoblarga qarab o’quvchilar ballarga ega bo’ladilar. Ballar quyidagicha ko’rinishda beriladi:
5 ball 4 ball 3 ball
-Demak o’quvchilar, mana nimani bilishlaringni sinab oldim. Bilimlaringga yarasha ballaringni olasizlar.
O’quvchilarning ishtirokiga qarab ular rag’batlantirib boriladi.Shundan so’ng o’quvchilarning uy vazifalari 106- mashq gaplari tahlil etiladi va xato- kamchiliklari aytib o’tiladi.
Yodingizda tuting:
Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin.
Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. Bog‘lovchili turida turida voqea- hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas.
So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibli murakakb jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma gaplarning , asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi.
Monitor ekranda qo‘shma gaplar uslubiyati haqida qoidalar ko‘rsatiladi, o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |