Nabi Jaloliddin
Reja:
Nabi Jaloliddin hayoti va ijodi
Nabi Jaloliddin mehnet faoliyati va asarlari
Nabi Jaloliddin sh’erlari
Foydalanlgan adabiyotlar
Nabi Jaloliddin (1962-yil 2-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan) — yozuvchi, shoir, Afgʻon urushi qatnashchisi (1981-83-yy.) va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, „Shuhrat“ medali sohibi (2020).
Toshkent Davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Sheʼriy kitoblari: „Yalpizli kecha“, „Hur nido“, „Sen bilan qolmayman“, „Koʻngil ozod“, „Endi kuz“;
Nasriy kitoblari: „Oʻlimning rangi“ (qissa), „Erkagi bor uy“ (hikoya va qissalar), „Xayyom“ (roman), „Tegirmon“ (roman), „Urushning davomi“ (qissalar va roman), „Jallod ayol“ (qissalar).
Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida oʻziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning „Kaligula“ pyesasini oʻzbek tiliga oʻgirgan.
Hayoti
Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keladi. 5 yoshligida otasidan, 11 yoshligida onasidan ayrilgan Nabijon taʼlimni tumandagi Toʻrtkoʻl qishlogʻida joylashgan maktab-internatda oladi.
Taqdir uni urush atalmish baloda ham sinab koʻradi. 1981—1983-yillarda Afgʻon urushida qatnashadi. Urushdan qaytgach, bir muddat Rossiyaning Tomsk shahrida oʻqib keladi. Keyin esa hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida oʻqiydi.
Faoliyati
Nabi Jaloliddin dastavval turli kasblarda ishlab koʻradi. Xususan, militsiya xodimi, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. 1990-yillarda Toshkentdagi oʻqishi paytida jurnalistika sohasida ishga kiradi. Xususan, oʻsha paytda ancha shov-shuvga sabab boʻlgan "Hurriyat" gazetasi ochilishida ham qatnashadi.
Keyinchalik Andijonga qaytib, mahalliy nashrlarda faoliyatini davom ettiradi. Jumladan, „Xolis“, „Hissador“, "Andijonnoma" kabi gazetalarda turli lavozimlarda ishlaydi. 2018-yildan Toshkentga keladi va Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIUda muharrir boʻlib ishlaydi.
Ijodi
Nabi Jaloliddin ijodini yoshligidan sheʼrlar yozishdan boshlaydi. Shoirning ilk kitobi „Yalpizli kecha“ boʻlib, unga shuhrat olib keladi. Keyin birin-ketin kitoblari nashrdan chiqadi. Shu orqali Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nazariga tushadi.
Yozuvchi sifatida ilk qissasi „Oʻlimning rangi“ nashrdan chiqqach, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov nazariga tushadi. Qissani oʻqib chiqqan marhum yozuvchi Nabi Jaloliddinni qidirib, Izboskangacha boradi, va uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib chiqadi.
She’riy kitoblari:
“Yalpizli kecha”;
“Hur nido”;
“Sen bilan qolmayman”;
“Ko‘ngil ozod”;
"Endi kuz";
Nasriy kitoblari:
“O‘limning rangi” (qissa);
“Erkagi bor uy” (hikoya va qissalar);
“Xayyom” (roman);
"Tegirmon" (roman);
"Urushning davomi" (qissalar va roman);
"Jallod ayol" (qissalar)
Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning “Kaligula” pyesasini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |