N ya. Danilevskiy nazariyasi Ommaviy madaniyat Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar «Sivilizatsiya»


N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan



Download 31,34 Kb.
bet5/9
Sana07.01.2022
Hajmi31,34 Kb.
#325870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Madaniyat va sivilizatsiya

N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan:

 

1. Alohida til yoki qardosh tillar guruhiga ega bo‘lgan har qanday xalq yoki xalqlar guruhi – o‘zi mustaqil madaniy-tarixiy turni shakllantira oladi.



2. Madaniy-tarixiy tur xususiyatiga ega bo‘lgan sivilizatsiya o‘zining tug‘ila olishi va rivojlana olishi uchun unga egalik qilgan xalq siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmog‘i lozim.

3. Bir madaniy-tarixiy turning boshlang‘ich sivilizatsiyasi boshqa turga kiruvchi xalqlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Har bir tur o‘zi uchun alohida sivilizatsiyani ishlab chiqadi.

4. Har bir madaniy-tarixiy turda vujudga kelishi aniq bo‘lgan sivilizatsiya gullab-yashnashi uchun ushbu turga kiruvchi xalqlar erkin siyosatga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina bu sivilizatsiya to‘liq ravishda yetuklikka erishgan bo‘ladi.

5. Madaniy-tarixiy turning rivojlanish yo‘li uzoq yashab hayotida bir marotaba hosil beradigan o‘simlikka o‘xshaydi: o‘sish jarayoni uzoq bo‘lib, gullashi va meva berish davri qisqa va bor kuchni sug‘urib oluvchi bo‘ladi. Natijada bu sivilizatsiya so‘nadi.

N. YA. Danilevskiy madaniy-tarixiy turda oliy, nihoyasiga yetgan ijtimoiy birlikni ko‘radi. Uning fikricha, biron-bir madaniy-tarixiy turga kiruvchi xalqlarning manfaatlari, xuddi quyi manfaatlar yuqori manfaatlarga xizmat qilishi lozim bo‘lganidek, mazkur turning manfaatlariga bo‘ysunishi lozim.

O. Shpengler nazariyasi N. YA. Danilevskiy g‘oyalari bilan ko‘p jihatdan bir-biriga mos tushsa-da, lekin u o‘z nazariyasida «madaniy-tarixiy tur» tushunchasini ishlatmaydi, aksincha, sivilizatsiyani rivojlanish natijasida vujudga keladigan bosqich, ya’ni uni madaniyat ketidan keladigan hodisa, jarayon deb biladi. O. Shpengler yoshini yashab bo‘lgan yoki rivojlanishdan to‘xtab, qotib qolgan 8 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, aynan bugungi kunda G‘arbiy Yevropa o‘zining ma’naviy rivojlanishi yo‘lidagi ijodiy bosqichni yakunlab, tugallab bormoqda, shuning uchun olim XX asrni Yevropa nihoyasining boshlanishi, deb izohlaydi.

Xullas, N. YA. Danilevskiy va O. Shpengler nazariyalari qiyosan o‘rganib chiqilsa, ulardan: turli xil madaniyatlar bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bir-birini boyita olmaydilar, degan xulosa kelib chiqadi. Bir madaniyat turining ikkinchi bir madaniyat omilidan, kashfiyotidan foydalanishi birinchi madaniyat turiga faqatgina zarar keltiradi. Bunday yo‘l bilan boshqa madaniyat yutug‘idan foydalanish holatining amalga oshishi juda qiyin, chunki boshqa negizda yetishib chiqqan begona madaniy omil odatda qabul qilinmay, rad etiladi.

O. Shpengler va N. YA. Danilevskiy g‘oyalari noto‘g‘riligining isboti va dalili sifatida jahon dinlarining mavjudligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tarixdan ma’lumki, din bir hududda vujudga kelib, bir necha hududlarga tarqalgan. Mana sizga yorqin misol! Bir madaniyat turi omili boshqa madaniyat turi tomonidan o‘zlashtirildi va yashab ketdi. Xuddi shu tarzda ko‘pgina tadqiqotlar, ilmiy kashfiyotlar, yozuv, badiiy asarlar, hattoki odob-axloq normalari boshqa xalqlar tomonidan o‘zlashtirilib, foydalanib kelinmoqda.

XX asrning 60-yillar oxirida sotsiologlar jamiyatda va madaniyatda yuz berayotgan jarayonlarni izohlash uchun fanda yangi «aksilma-daniyat» va «submadaniyat» tushunchalarini qo‘llay boshlashdi. Aksilmadaniyat deganda, jamiyatdagi mavjud hukmron madaniyatga qarshi qo‘yiladigan yangicha nazariya, qadriyatlar, qarashlar va yangicha ideallar tushuniladi. Ko‘pincha bunday holatga bir qism yoshlar va ziyolilar guruhining zamonaviy g‘arb sivilizatsiyasi bilan bog‘liq yangicha madaniyatni qabul qilmaganligini kiritish mumkin.

Xo‘sh, bunday yo‘l bilan g‘arb madaniyatidan bosh tortish, ya’ni aksilmadaniyat holatini keltirib chiqarish qanday yuz berdi? Bunday vaziyatda aksilmadaniyatga – sharqona diniy ta’limga berilish, atayin ongli ravishda g‘arb odob -axloq, xulq-atvor normalariga rioya qilmaslik, ularni rad etish holatlarini keltirib chiqarish kiradi. Bunda aksilmadaniyat – falsafiy, badiiy va ma’naviy jihatdan to‘yinib olib, so‘ngra g‘arbning egoizmga to‘la, ma’naviy saviyasi past madaniyatining qismiga qarshi e’tiroz bildiruvchi «advokat» sifatida vujudga keladi (shuni unutmaslik kerakki, aksilmadaniyatga «advokat» sifatida qarab, uni juda murak-kablashtirib yuborish aksilmadaniyatning asl mohiyatini yo‘qotishga olib kelsa, uni tashkil qilgan e’tirozchi guruhlar esa, jamiyat tuzumiga qarshi bosh ko‘tarishgacha borib qolishlari mumkin. Aksilmadaniyat, odatda, madaniyat niqobi ostida jamiyatdagi mavjud siyosatga qarshi yoki undan qoniqmaslik natijasida vujudga keladi).




Download 31,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish