o‘simtasi bilan birlashadi. Pallaning tashqi
yuzasida
tashqi ensa bo‘rtig‘i — protuberentia occipitalis
externa ko‘rinadi. Bu bo‘rtiqdan pastga qarab ensa
suyagining tashqi qirrasi — crista occipitalis ex
te rn a yo‘naladi. Bu qirra o‘z yo'lida mushaklar
birikishi natijasida hosil bo‘lgan va qirraga nisbatan
ko‘ndalang yo‘nalgan chiziqlar bilan kesishadi. Eng
yuqoridagi chiziq linea nuchae suprem e deyilsa,
pastki chiziq linea nuchae inferior deb ataladi. Bu
chiziqlar orasida esa linea nuchae superior joyla-
shadi. Chiziqlar orasida maydonlar - planum oc-
cipitale ko.‘rinadi. Pallaning ichki yuzasi xochsimon
tepa - em inentia cruciformis vositasida to‘rtta yu-
zaga bo‘lingan. Bu tepaning o‘rtasida ichki ensa bo‘r-
tig‘i - protuberentia occipitalis interna joylashadi.
Bu bo‘rtiqdan pastki tarafga ensa suyagining ichki
qirrasi - crista occipitalis interna, yuqori tarafga vena
tomirining egati - sulcus sinus marginalis yo‘naladi.
Ichki ensabo‘rtig‘ining ikki yon tarafiga ko‘ndalang
vena egati - sulcus sinus transversi joylashadi.
0 ‘z navbatida, bu egat - sulcus sinus sigmoidei
S-simon vena egatiga davom etadi. Ichki yuzada
21-rasm. Ensa suyagi:
1 - protuberantia occipitalis extema; 2 - linea
nuchea suprema; 3 - linea nuchea superior;
4 - linea nuchea inferior; 5 - crista occipitalis
extema; 6 - fossa condylaris; 7 - canalis condylaris;
8 - condylaris occipitalis; 9 - processus intrajugularis;
10 - pars basilaris; 11 - tuberculum pharyngeum;
12,13 - incisura jugularis; 14 - processus jugularis.
ensa vena sinusining egati - sulcus sinus occipitalis
ko‘rinadi. Ensa suyagining ichki yuzasida miyacha joylashadigan chuqurcha - fossa cerebellaris va
bosh miya joylashadigan chuqurcha - fossa cerebralis bo‘ladi.
• 3.4. PESHONA SUYAGI-OS FRONTALE
(22-rasm)
Peshona suyagida quyidagi qismlar tafovut qilinadi: serbar palla qismi - squam a frontalis, burun
qismi - p ars nasalis vajuft bo‘lgan ko‘z kosasi qismi - partes orbitales. Peshona suyagining pallasi
ikki yuzadan iborat: tashqi yuza - facies externa, ichki yuza - facies interna. Tashqi yuzada ikkita
bo'rtiq - tu b er frontale tafovut qilinadi. Bu bo‘rtiqlaming ostida yarimoysimon shakldagi qosh usti
ravog‘i - arcus superciliari joylashadi. Bo‘rtiqlar va ravoqlar orasidagi yuzaga burun usti sohasi -
glabella deyiladi. Peshona suyagining ikki yonida yonoq suyagi bilan birikadigan o ‘simtalar -
processus zygomaticus bo'ladi. Bu o'simtalardan yuqori tarafga chakka mushagi birikishidan
hosil bo'ladigan linea tem poralis yo'naladi. Peshona suyagi tashqi yuzasining ko‘z kosasiga
o'tish chegarasidagi qirracha m argo supraorbitalis deyiladi. Bu qirrada nerv va qon tomirlar
yo'nalishidan o‘yma hosil bo'lib, incisura supraorbitali deyiladi. Ba’zan bu o'ym a teshik foram en
suproorbitale sifatida uchraydi. Tashqi yuzada peshona o ‘ymasi - incisura frontalis yoki teshik -
foram en frontalis hosil bo'ladi. Peshona suyagining chakka yuzasi - facies tem poralis da chakka
mushaklari birikadigan linea temporalis chiziqlari ko‘rinadi. Uning tepa suyaklari bilan birikadigan
cheti m argo parietalis deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi