Bu davming asosiy belgilari sifatida chaqaloq og‘irligi (vazni)ning tug‘ilgan vazniga qaytish
muddati, kindik qoldiqlarining tushib ketish vaqti, kindik sohasidagi yaraning bitish vaqti belgila-
nadi. Yangi tug‘ilgan davrda chaqaloqlarda modda almashinishi bir me’yorga tushadi va chaqaloq
vazni o‘sa boshlaydi, nafas olish a’zolari
ishga tushib, qon aylanish doiralaridagi qon tomirlar o‘zga-
radi hamda hazm a’zolari, siydik chiqarish a’zolari o‘z vazifalarini boshlaydilar.
Bu anatomik o‘zgarishlar har bir chaqaloq uchun muddat bo‘yicha o ‘ziga xos bo‘lganligidan,
yangi tug‘ilgan davr bir necha haftaga to‘g‘ri keladi.
Tug‘ilganidan keyingi birinchi oyning yakuni yoki ikkinchi oyning boshlanishida ikkinchi -
ko‘krak sut bezi bilan ta’minlanish davriga o‘tadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlami ikki guruhga ajratish mumkin: 1) homila davrini to‘liq o‘tgan
chaqaloqlar; 2) homila davrini to‘liq o‘tmagan - muddatidan aw alroq tug‘ilgan chaqaloqlar.
Homilani to‘liq o‘tish davri onaning oxirgi hayz ko‘rish kunidan boshlab 10 oy aylanish mudda
ti, ya’ni 280 kunga to‘g‘ri keladi. Bunday muddatni o ‘tgan chaqaloqlar o‘z muddatida tug‘ilgan
guruhni tashkil etadi.
Muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar zaifroq bo‘lib, homila taraqqiyotining shu oylik
muddatiga mos holdagi holatida tug‘iladi.
1.5. ANATOMIK NOMENKLATURA
Anatomik nomenklatura (nomina anatomica) - ilmiy asoslangan, tartibga solingan anatomik
terminlaming tibbiyotda va biologiyada ishlatiladigan nomlaridir. Lotin tilidagi xalqaro anatomik
nomlanish bilan milliy anatomik nomlanish tafovut qilinadi. Anatomik nomlanish tarixi bu fanning
tarixi va rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Anatomik nomlanish ko‘p asrlar davomida grek hamda
lotin tillaridagi nomlar bilan boyitilib, anatomiya sohasidagi har bir yangi kashfiyot yangi nomlar bilan
to‘ldirilib borildi. Natijada, ayrim a ’zo va hosilalar lotincha nom bilan yoki kashfiyotchi olim nomi
bilan ataladigan bo‘ldi: eshituv nayi - Yevstaxiy nomi (B.Eustachius 1520-1574) bilan, arterial nay -
Botallo (L.Botallo 1530-1600) nomi bilan; bachadon nayi Fallopiy (G.Fallopius 1523-1562) nomi
bilan atala boshlandi.
Anatomik nomlanishni tartibga solishda Leonardo da Vinchining (1452-1519) xizmatlari
katta. Bu rassom va olim birinchilar qatorida mushaklaming vazifasi hamda joylashishini hi-
sobga olgan holda nomlab berdi. XVIII asr oxirlarida anatomik nomlaming soni 30 mingdan
oshib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, ilmiy asoslangan, hamma mamlakatlarda tan olinadigan anatomik
nomenklatura (nomlanish) kerakligini ko‘rsatdi. 1889-yilda anatoiri R.A.Kelliker boshchiligida
maxsus komissiya tuzildi. Bu maxsus olimlar guruhi tomonidan taqdim etilgan xalqaro nomla
nish 1895-yili Bazel (Shveysariya) shahridagi olimlar kengashida qabul qilindi va Bazel anatomik
nomenklaturasi (Baselen Nomina Anatomica - BNA) deb ataldi. BNA ga muvofiq odamning har
bir a’zosiga bitta qisqa, oddiy, esda qoladigan lotin tilidagi nomlanish asos qilib olindi va natijada
5600 anatomik nom qoldirildi. 1950-yili Oksford shahrida o‘tkazilgan V xalqaro anatomik kongress
qatnashchilarining qabul qilgan qaroriga asosan, anatomik nomenklaturani qaytadan ко‘rib chiqish
uchun komissiya tuzildi. Olimlar tarafidan yangitdan ko‘rib chiqilgan anatomik nomenklatura 1955-yi-
li Parij shahrida o ‘tkazilgan VI xalqaro anatomlar kongressi ishtirokchilari tarafidan qabul qilindi va
Parij anatomik nomenklaturasi - Parisiana Nomina Anatom ica (PNA) deb ataldi. Fan taraqqiyoti
va yangi ma’lumotlar, kashfiyotlar anatomik terminologiyani qo‘shimchalar bilan to‘ldirishni taqozo
qildi. Shu boisdan 1989-yilda yangi anatomik terminologiyani yaratadigan federativ komitet (FCAT)
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuzildi. FCAT a’zolari 11 davlat vakillari edi. 1994-yili FCAT a’zolarining soni 18 tagayetdi. 1997-yil
28-avgustda Braziliyaning San-Paula shahrida FCAT ning XIII yig‘ilishi o‘tkazildi. Bunda yangi
anatomik terminologiya
Do'stlaringiz bilan baham: