angulus subpubicus joylashadi. Chegara
sohasida hosil bo‘lgan kichik chanoqqa kirish teshigi -
apertura pelvis superior deyiladi. Kichik
chanoq bo‘shlig‘ining ostki qismida pastki chanoq teshigi -
apertura pelvis inferior hosil bo'ladi.
Chanoq o ‘lchovlari amaliyotda katta ahamiyatga ega. Uning ichki o‘lchovlarini o‘lchash murakkab
b o ‘lganligidan, chanoqning tashqi o ‘lchovlari o ‘tkaziladi (o‘lchanadi).
I.
Distantia intercristalis - ikki tarafdagi yonbosh suyak qirralari
(crista iliaca) orasidagi
masofa 28-29 sm.
II.
Distantia interspinosa - yonbosh suyaklaming oldingi yuqorigi o‘siqlari
(spina iliaca an terior superior) orasidagi masofa 25-27 sm.
Ш.
Distantia intertrochanterica - son suyaklarining katta ko‘st
(trochanter major) o‘simtalari
orasidagi masofa 30-32 sm.
IV.